faktoring – mijozga aylanma kapital uchun kredit berish bilan birgalikda o‘tkaziladigan savdo - vositachilik harakatlarining bir turi.
- injenering – tijorat qoidalariga asoslangan injenerlik – maslahat xizmatlari: ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot sotishni uyushtirish, ishlab chiqarish obyektlarini qurib ishga tushirish yuzasidan maslahat berish.
- trast operatsiyalari – mijozlarni kapitalini boshqarish bo‘yicha operatsiyalar.
Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi uchun bank tizimi barqaror bo‘lishi lozim. Bank tizimi barqarorligining buzilishi sabablari quyidagilardir :
- milliy valyuta kursining barqaror emasligi;
- Markaziy bankning muvaffaqiyatli bo‘lmagan pul – kredit siyosati;
- oqilona bo‘lmagan soliq siyosatini yurgizish;
- depozitlarni sug‘urtalash tizimining mavjud emasligi.
Kredit – bank tizimining barqarorligini ta’minlash choralari quydagilardan iborat:
- bank qonunchiligini takomillashtirib borish;
- bank rezervlarining minimal darajasini hisob stavkasining darajasiga muvofiqlashtirish;
- kredit – bank xizmati yangi turlarining sig‘imini tartibga solish.
17.3. Tijorat banklarining rentabelligi va likvidligi Foyda hajmi har doim ham bank faoliyati darajasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bermaydi. Bank faoliyatining pirovard natijalarini uning rentabelligi yoki foyda me’yori ko‘rsatadi. Rentabellik ko‘rsatkichlari foydaning xarajatlarga nisbatini anglatadi va shu ma’noda bank faoliyati natijalarining, ya’ni uning moliyaviy resurslarining samaradorligini tavsiflaydi. Rentabellik ko‘rsatkichining umumiy iqtisodiy ma’nosi shundaki, ular bank tomonidan har bir sarflangan (o‘zining va qarzga olingan) so‘midan olinadigan foydani tavsiflashida namoyon bo‘ladi. Tijorat bankining rentabellik ko‘rsatkichlari quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
R= Foyda / Bank aktivlari qiymati * 100%
Masalan 1 yanvar 2020 yilga bankning sof foydasi 321891079 ming so‘mni, sof aktivlarning qiymati esa 10975636300 ming so‘mni tashkil qildi. Binobarin aktivlarning rentabelligi yoki bankning rentabelligi 2.9% tashkil etdi.
« Likvidlik» tushunchasi moddiy boyliklarni va boshqa aktivlarni tez sotish va moliya vositalariga aylantirish qobiliyatini anglatadi. Ushbu tushunchaga ohangdosh bo‘lgan «to‘lov qobiliyati» bank tomonidan o‘z to‘lov majburiyatlarining vaqtida va to‘liq bajara olish qobiliyatini bildiradi. Demak, likvidlik to‘lov qobiliyatining zaruriy va majburiy sharoitidir. Ya’ni, tijorat banki likvidligi deganda — aktivlarni naqd pul sifatida ishlata olish yoki zudlik bilan ularni naqd pulga aylantirish imkoniyati yoxud qobiliyatini tushunamiz.
Likvidlik birinchidan, moliyaviy vositachi sifatida bank faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir, ikkinchidan esa likvidlik kredit muassasasining nafaqat joriy, balki istiqboldagi holatini ham tasniflaydi. Tijorat banklari tomonidan likvidlikka alohida e’tibor qaratilishi Markaziy bank tomonidan qo‘yilgan qat’iy talablar bilan ham izohlanadi. O‘rnatilgan me’yorlarning bajarilmasligi bankka nisbatan juda jiddiy sanksiyalarning qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bank majburiyatlari real va shartli bo‘lishi mumkin. Real majburiyatlar bankning balansida depozitlar, muddatli omonatlar, jalb qilingan banklararo resurslar va kreditorlar mablag‘lari ko‘rinishida aks ettiriladi. Balansdan tashqari majburiyatlar bank tomonidan berilgan kafolatlar, mijozlarga ochiq kredit liniyalari va boshqalar bilan ifodalanadi.
Real majburiyatlar depozitlar, banklararo kreditlar, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida tegishli balans hisoblarida aks ettiriladi.
Shartli majburiyatlar bankning balans hisob varaqlarida aks ettirilgan majburiyatlari hisoblanadi. Bu muayyan holatlarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar, masalan, bank tomonidan berilgan kafolatlar.
Tijorat bankining likvidligini belgilaydigan omillar ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki omillar quyidagilardan iborat:
- bank aktivlarining sifati;
- jalb qilingan mablag‘larning sifati;
- aktivlar va majburiyatlarning muddatlari bo‘yicha mosligi;
- bankning boshqaruvi va imidji.
Kuchli kapital bazasi, o‘z kapitalining mutlaq qiymatining mavjudligini anglatadi. Bank kapitalining asosiy qismi bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan qonuniy va boshqa fondlardan iborat. Bankning o‘z kapitali qanchalik katta bo‘lsa, uning likvidligi shunchalik baland. Bankning likvidligiga ta’sir qiluvchi yana bir omil — uning aktivlarining sifati.
Bank likvidligiga ta’sir etuvchi tashqi omillar quyidagilardan iborat:
-mamlakatdagi umumiy siyosiy va iqtisodiy vaziyat;
-qimmatli qog‘ozlar bozori va banklararo bozorni rivojlantirish;
- Markaziy bank tomonidan tijorat banklarni moliyalashtirish tizimini;
- Markaziy bankning nazorat funksiyalarining samaradorligi