16.2- rasm. Pulga bo‘lgan talab egri chizig‘ining siljishi Daromadlar darajasining oshishi pulga bo‘lgan talabni oshiradi, natijada talab egri chizig‘i o‘ngga siljiydi. Bunda foiz stavkasi oshadi (r2) (16.2.- rasm.).
16.3 - rasm. Pul taklifi chizig‘ini siljishi Markaziy bank tomonidan pul taklifining kamaytirilishi pul taklifi egri chizig‘ining chapga siljishiga olib keladi foiz stavkasi oshadi. (r2)
Pul bozorida foiz stavkasi (nominal, real) pulning muqobil narxidir. Foiz kreditining bozor narxi bo‘lib, qarz pulidan vaqtincha foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq. Kreditning arzon yoki qimmatligini foiz darajasi belgilaydi. Uzoq davr mobaynida aniqlanadigan foiz stavkasi o‘rtacha foiz stavkasi, har kuni shakllanadigan foiz stavkasini bozor foiz stavkasi deb yuritiladi. Unga kapital miqdori, kapitalning unumdorligi va kapitalga bo‘lgan talab va taklif nisbati ta’sir etadi. Shuningdek nominal va real foiz stavkasi farqlanadi. Nominal foiz stavkasi bank foizini aks ettiradi, reali esa inflyatsiyaga inobatga olingan holda o‘rnatilgan foiz stavkasidir.
Pul taklifini oshirish bilan Markaziy bank ularni vaqtinchalik ko‘p bo‘lishini ta’minlaydi natijada foiz stavkasi pasayadi, kapital qo‘yilmalar va iqtisodiy faollik oshadi. Pul massasini kamaytirish esa aks holatni vujudga keltiradi – muomala uchun pul yetishmaydi, foiz stavkasi ko‘tariladi, kapital qo‘yilmalar kamayadi, iqtisodiy faollik susayadi.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlarini kredit sifatida mijozlariga berish orqali yangi pullarni hosil qiladilar. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining bu faoliyatlarini majburiy zaxira me’yorlarini o‘rnatish orqali cheklaydi. Nima uchun shunday qilinadi? Tijorat banklari o‘zlarining joriy xarajatlarini qoplay olishlari va mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida qilinadi. Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. Ushbu jarayon markaziy banklar tomonidan majburiy zaxira stavkalari yordamida pul-kredit siyosati doirasida tartibga solinadi. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi. Pul massasi o‘sishi pul multiplikatori qiymatiga ham bog‘liq, odatda bu ko‘rsatkich majburiy zaxiralar meyoriga proporsionaldir. Pul taklifi multiplikatori - bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmining majburiy zaxiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati bo‘lib, pul mablag‘larining bir birlikga ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga oshishini ko‘rsatadigan ko‘rsatkich. Pul taklifi multiplikatori quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
m= Ms/ R m = 1/ r
bu yerda: m - pul multiplikatori koeffitsiyenti;
Ms-bankdagi depozitlarni qo‘shimcha ravishda o‘sgan qismi;
R- majburiy zaxiraning qo‘shimcha hajmi;
r - majburiy zaxiraning foizdagi me’yori
Majburiy zaxira normasi qancha past bo‘lsa, barcha tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning umumiy hajmi shuncha ko‘p bo‘ladi.
Albatta, hayotda barcha narsa shunchalik ravon o‘tmaydi. Qarz oluvchi kredit miqdorini to‘liq yoki qisman naqd pulda olishi mumkin va pul depozitlarga qaytmaydi. Mijozlari bankdagi pullarini qaytarib olishlari mumkin, bu ham kredit berish imkoniyatini pasaytiradi. Shunday qilib, multiplikatsiyaviy samara sezilarli darajada kamayishi mumkin.