1. iqtisodiyotga kirish



Download 20,98 Mb.
bet146/236
Sana23.05.2022
Hajmi20,98 Mb.
#607480
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   236
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

3. Resurslarni taqsimlash. Bu vazifani bajarishda Hukumatning iqtisodiy hayotni tashkil etishning makroiqtisodiy tarafi namoyon bo‘ladi. Nima ishlab chiqarish kerak? Qanday ishlab chiqarish kerak? Davlat iqtisodiyotni sanoat, agrar, xizmat ko‘rsatish sohalarining samarali rivojlantirishni ta’minlashi kerak bo‘ladi. Shu bois, mamlakatning ehtiyoji va imkonyatlarini inobatga olgan holda tarkibiy va investitsiyaviy siyosat ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilish lozim bo‘ladi.
4. Daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi. Bozor mexanizmi mehnat qilish va daromadlarni olish huquqini kafolatlay olmaydi. Natijada esa jamiyatda tabaqalanish mavjud bo‘ladi, ya’ni aholinining ta’minlangan qismi bilan bir qatorda kam taminlangan qismi mavjud bo‘ladi. P.Samuelson ta’biri bilan aytganda, bozor tizimi mavjud tengsizlikni takror hosil qiladi. Jamiyat davlat timsolida byudjet daromadlarini qayta taqsimlash orqali kam ta’minlangan aholining ijtimoiy himoyasini o‘z zimmasiga oladi. Buning uchun ijtimoiy dasturlar ishlab chiqiladi va hayotga tatbiq etiladi. Masalan, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar va shu kabilar.
13.4 Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish usullari va vositalari

Iqtisodiyotga ta’sir etish mexanizmini tashkil etuvchi tadbirlarning barchasidan foydalangandagina davlat o‘z vazifalarini bajara oladi. Bozoriqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari:


- byudjet - soliq (fiskal) siyosat - davlatning soliqqa tortish, davlat xarajatlari va davlat byudjetini tartibga solish sohasidagi faoliyati umuman byudjetini shakllantirish, tasdiqlash va bajarishni o‘z ichiga oladi. Bu davlat tomonidan tartibga solish mexanizmi barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, inflyatsiyaning oldini olish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.
- mamuriy tartiblash, litsenziyalash, kvoatalash, monopoliyalarning ko‘lamlariga majburiy ta’sir etishni nazarda tutadi.
Davlatning byudjet mablag‘larini taqsimlash bilan bog‘liq siyosati fiskal siyosati deyiladi va uning ikki tarafi mavjud: birinchi tarafi – soliq tizim orqali byudjetni tarkib toptirish, ikkinchi tarafi esa – uni sarflashdir, ya’ni aniq maqsadlar yo‘lida ishlatish.
Soliq siyosati soliq mexanizmidan foydalanib byudjetga pul tushirib uni shakllantirishga qaratilgan. Unga binoan soliq turlari aniqlanadi, soliq stavkalar, soliq solinadigan obyektlar, soliq imtiyozlari, soliq undirish tartibi belgilanadi. Rivojlangan mamlakatlarda byudjet shaklida davlat juda katta moliyaviy resurslarni jamlaydi.
Iqtisodiyotni makroiqtisodiy barqarorlashtirishda fiskal siyosat muhim vositadir. Davlat xarajatlar va soliqlarni o‘zgartirish yo‘li bilan tadbirkorlarning faoliyatini rag‘batlantiradi. Ishsizlik va inflyatsiyaga ta’sir etadi.

Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish