-ishlab chiqarish funktsiyalar bo’yicha prognozlantirish bosqichlariga tavsif berish;
-bir necha resursli ishlab chiqarish funktsiyalariga ta’rif berish.
Ishlab chiqarish funktsiyasi yozuvining umumiy formasi quyidagichadir:
bunda: Y - mahsulot chiqarish xajmi;
x1, x2,..., xn - ishlab chiqarish omillari;
- tasodifiy miqdorlar.
Qo’shimcha mahsulot umumiy mahsulotga ishlab chiqarish resurslarining har bir keyingi biriligi tomonidan qo’shilgan kattalikni harakterlaydi. Xi resursi uchun qo’shimcha mahsulotlar (ishlab chiqarish sirti og’ish burchagining tangensi yoki harajatlar - chiqarishning egri chizig’i) quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
i va j resurslar almashinuvining so’ngi normasi quyidagicha aniqlanadi:
Bunday tenglamalar izokvant tenglamalari (xarajat kombinatsiyalari turlicha bo’lganda bir xil darajadagi harajatlar) deyilib, ishlab chiqarish darajasidan bir resurs xarajatini boshqa resursning chiqarish va xarajat darajasi funktsiyasi tarzida ifodalash yo’li bilan keltirib chiqariladi, ya’ni:
bunda funktsionaldir.
Izoklinallar tenglamasi mahsulot chiqishining ortishi uchun xarajatlar kombinatsiyasidagi o’zgarishlarning yo’nalishini ko’rsatadi:
bunda k - qayd qilingan miqdor.
Amaliy hisob-kitoblar resurslarning optimal kombinatsiyalarini topish uchun eng so’nggi samaradorliklar nisbati ular narxining nisbati bilan qiyoslanadi, shuning uchun k qo’llanayotgan resurslar narxining nisbatini ifodalaydi.
41 Bir necha resursli ishlab chiqarish funktsiyalari
Faktorlararo bog‘lanishni faqatgina bitta ishlab chiqarish funksiyasi orqali qarab chiqmasdan, ularni ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida tahlil etish mumkin.Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo‘linadi:a) tizimga bir-biri bilan bog‘lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida yechilib, umumiy iqtisodiy-matematik modelni bir qismi bo‘lib koladi;b) tizimga bir-biri bilan bog‘langan statistik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga bir nechta omillar, ya’ni ishchilar soni va asosiy fondlar o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatadilar. O‘z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo‘yilmalar bilan bog‘langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin:Y = f (OPF,PPP) PPP = f (L) OPF = f (KK), bu yerda Y - asosiy ko‘rsatkich, RRR - ishchilar soni, OPF - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni, KK - kapital qo‘yilmalar.v) tizimga dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Bu tizimga kiradigan tenglamalar faqatgina har biri vaqt davrida bog‘lanishi borligini aniqlamasdan, ilgari bo‘lgan omillararo bog‘lanishini borligini ham tahlil qilish mumkin (t-1). Masalan, bir jarayon tahlil etish uchun va uni asosiy ko‘rsatkichlarni prognoz davriga hisoblash uchun berilgan ma’lumotlar asosida, ya’ni yalpi mahsulot (VAL), ishchilar soni (RRR), asosiy fondlar (OPF), ish xaqi fondi (ZAR), kapital qo‘yilmalar (KV), har yili ishga kirgizadigan asosiy fondlar (OWF) kabi ko‘rsatkichlarni tenglamalar tizimi orqali yezib chikamiz: VAL = f(OPF,PPP) PPP = f(VAL,ZAR)
ZAR = f(VAL,KV) (3) OWF = f(KV,OPF) (4) OPF = f(OPF(-1),KV) (5) KV = f(FN) (6) FN = f(ND) (7) Yuqorida keltirilgan tenglamalar tizimi bir biri bilan bog‘lanib, ketma-ket hisoblanadi, ya’ni (7) tenglama yyechilib, uni natijalari omil sifatida (6) tenglamaga kapital qo‘yilmalar hisoblash uchun ishlatiladi. O‘z vaqtida (6) tenglamani natijalari (5) tenglamani yyechish uchun ishlatiladi.Bu ekonometrik tenglamalar tizimida prognoz vaqtiga bir ko‘rsatkich aniqlanib, uni natijasi orqali qolgan asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin. Model iqtisodiyotga mos bo‘lgan yo‘nalishlarni, bog‘lanishlarni aks etirishi kerak.Iqtisodiy o‘sishni natijaviy ko‘rsatkichi - bu milliy daromadni dinamikasi. Ishlab chiqarish jarayoniga va iqtisodiy o‘sishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan asosiy omillarga ishchilar soni, ishlab chiqarish fondlari, tabiat resurslari kiradi. Yaratilgan milliy daromad yoki pirovard mahsulot iste’mol fondi va jamg‘arish fondidan iborat.
42 Iqtisodiy ko’rsatkichlarni bashoratlashda ishlab chiqarish funksiylaridan foydalanish
Ishlab chiqarish funksiyalari xo‘jalik faoliyatining ishlab chiqarilgan mahsulotlari hajmi, mehnat va kapital sarfi, fondlar qaytimi mehnat unumdorligi kabi ko‘rsatkichlararo bog‘liqliklarni modellash hisoblanadi.
Umumiy holda mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi funksiya ko‘rinishida berishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |