III. Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini va tarif siyosatini takomillashtirish, xususiy sektor ulushini oshirish
18.
Tashuvchilarni “bosib o‘tilgan yo‘l”, “yo‘lovchi oqimi” va “sifat” mezonlariga asosan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda moliyalashtirishning yangi tizimini (Pool system) joriy etish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
1. “Jamoat transporti faoliyatini moliyalashtirishning yangi tizimi to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Hisob-kitoblarga asosan
Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari
2022-yil 1-may
Toshkent shahar hokimligi
(J. Artikxodjayev),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Transport vazirligi
(I. Maxkamov)
2. Tashkil etilayotgan yangi avtobus yo‘nalishlariga ushbu tizimni bosqichma-bosqich tatbiq etish.
2022-yil 1-oktabr
3. Ushbu tizimni joriy etish orqali avtobus yo‘nalishlariga xususiy sektorni keng jalb etish.
2022 — 2025-yillar
19.
Shahar yo‘lovchi transporti yo‘nalishlarining magistral, halqa, bog‘lovchi va yetkazib beruvchi turlari joriy qilinishini inobatga olgan holda tariflarning yangi, tabaqalashgan turlarini joriy etish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.
Loyihada:
avtobus yo‘nalishlari turidan kelib chiqqan holda tabaqalashgan tariflarni joriy etish;
yo‘lovchi transportida yo‘lkira haqi to‘lovlari elektron to‘lovlar orqali amalga oshirilganda tarif bo‘yicha chegirmalar joriy etish;
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
-
-
2022-yil 1-iyul
Transport vazirligi
(I. Maxkamov), Moliya vazirligi
(T. Ishmetov), Toshkent shahar hoki?ligi
(J. Artikxodjayev)
20.
“Toshshahartransxizmat” AJ faoliyatiga ERP (Enterprise Resource Planning — korxona resurslarni rejalashtirish) tizimini joriy etish.
Amaliy chora-tadbirlar.
1. Shahar yo‘lovchi tashish transporti boshqaruvida BPR (Business process reingineering) biznes jarayonlarini optimallashtirish. Bunda:
jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining maksimal samaradorligiga erishish uchun mavjud biznes-jarayonlarini tubdan qayta k?rib chiqish hamda ularni optimal biznes-jarayonga aylantirish;
ishlab chiqarish va boshqaruv samaradorligini 20 — 25 foizga oshirish, ma’muriy va operatsion xarajatlarni o‘rtacha 12 — 14 foizga kamaytirish va umumiy zarar miqdori o‘rtacha 10 foizga qisqartirilishiga eri�ish;
moliyaviy hisobot va ma’lumotlarni shakllantirish vaqtini 3 barobarga qisqartirish.
2. Jamiyat moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining maksimal samaradorligiga erishish bo‘yicha mavjud biznes-jarayonlarini optimal biznes-jarayonga aylantirish.