1. Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]



Download 381,66 Kb.
bet32/32
Sana15.02.2022
Hajmi381,66 Kb.
#449372
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
104 20.02.2020

T/r

Shaharlar nomi

Yirik shaharlar

Aylanma yo‘llar

I zona

II zona

III zona

IV zona

V zona

1.

Toshkent shahri*

3,0

2,8

2,6

2,4

2,2

2,2




T/r

Shaharlar va tumanlar nomi

Yirik shaharlar

Shahar va tumanlar

Xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari

Qishloqlar (posyelkalar)

Qishloq joylari

I zona

II zona

III zona

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus shahri

1,8

1,7

1,6

-

0,8

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

1,6

0,8

1,0

1,0

3.

Andijon viloyati

Andijon shahri

2,4

2,2

2,4

-

1,0

-

-

Asaka shahri

2,2

2,0

1,8

-

1,0

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

1,8

1,0

1,0

1,0

4.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Kogon shahri

2,5

2,2

1,8

-

1,0

-

-

G‘ijduvon tumani

2,3

2,0

1,6

-

1,0

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

1,6

1,0

1,0

1,0

5.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

2,0

1,8

1,6

-

0,7

-

-

Zomin tumani

1,8

1,6

1,4

-

0,7

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

1,4

0,7

1,0

1,0

6.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

2,5

2,3

2,1

-

0,7

-

-

Shahrisabz shahri

2,3

1,1

1,8

-

0,7

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

1,8

0,7

1,5

1,5

7.

Navoiy viloyati

Navoiy shahri

2,4

2,2

2,0

-

0,7

-

-

Zarafshon shahri

2,2

2,0

1,8

-

0,7

-

-

boshqa shahar va tumanlar

1,6

0,7

1,0

1,0

8.

Namangan viloyati

Namangan shahri

2,4

2,2

2,0

-

0,8

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

2,0

0,8

1,5

1,5

9.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

2,3

1,0

1,5

1,5

10.

Sirdaryo viloyati

Guliston shahri

2,0

1,8

1,6

-

1,0

-

-

Sirdaryo shahri

1,8

1,6

1,4

-

1,0

-

-

Yangiyer shahri

1,8

1,6

1,4

-

1,0

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

1,4

1,0

1,5

1,5

11.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

2,5

2,3

2,1

-

1,0

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

2,1

1,0

1,6

1,6

12.

Toshkent viloyati

Olmaliq shahri

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Angren shahri

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Chirchiq shahri

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Bekobod shahri

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Yangiyo‘l shahri

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Ohangaron shahri

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Nurafshon shahri

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Zangiota tumani

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Qibray tumani

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Toshkent tumani

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Yangiyo‘l tumani

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

Bo‘stonliq tumani

2,7

2,5

2,3

-

1,0

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

2,0

1,0

1,5

1,5

13.

Farg‘ona viloyati

Farg‘ona shahri

2,4

2,2

2,0

-

1,0

-

-

Qo‘qon shahri

2,2

2,0

1,8

-

1,0

-

-

Marg‘ilon shahri

2,0

1,8

1,6

-

1,0

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

1,6

1,0

1,0

1,0

14.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

2,4

2,2

2,0

-

1,0

-

-

Xiva shahri

2,4

2,0

1,8

-

1,0

-

-

boshqa shahar va tumanlar

-

-

-

1,6

1,0

1,5

1,5

* Toshkent shahrida yer solig‘ini hisoblash uchun belgilangan zonalar asosiy (tayanch) hisoblanadi.
O‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun to‘lov miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) berilgan pasportlar, guvohnomalar, sertifikatlar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlarga muvofiq avval tuzilgan shartnomalar muddatini uzaytirish uchun undiriladigan bir martalik yig‘im miqdorlari

(1kv.metr uchun)

T/r

Hudud nomi

Reklama obyekti (konstruksiyasi) joylashgan joy

Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) nomi (formati)

kichik format*
(xajmi 2,19 kv.metrgacha)

o‘rta format
(2,2 dan 12 kv.metrgacha)

katta format
(12,1 dan 18 kv.metrgacha)

juda katta format
(18 kv.metrdan yuqori)

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

erda

Ss x 8

Ss x 7

Ss x 6

Ss x 6

binoda**

M x 4

M x 3

M x 2

M x 2

2.

Andijon viloyati

erda

Ss x 11

Ss x 10

Ss x 9

Ss x 8

binoda

M x 6

M x 5

M x 4

M x 3

3.

Buxoro viloyati

erda

Ss x 12

Ss x 11

Ss x 10

Ss x 9

binoda

M x 7

M x 6

M x 5

M x 4

4.

Jizzax viloyati

erda

Ss x 8

Ss x 7

Ss x 6

Ss x 6

binoda

M x 4

M x 3

M x 2

M x 2

5.

Qashqadaryo viloyati

erda

Ss x 10

Ss x 9

Ss x 8

Ss x 7

binoda

M x 5

M x 4

M x 3

M x 3

6.

Navoiy viloyati

erda

Ss x 11

Ss x 10

Ss x 9

Ss x 8

binoda

M x 6

M x 5

M x 4

M x 3

7.

Namangan viloyati

erda

Ss x 11

Ss x 10

Ss x 9

Ss x 8

binoda

M x 6

M x 5

M x 4

M x 3

8.

Samarqand viloyati

erda

Ss x 12

Ss x 11

Ss x 10

Ss x 9

binoda

M x 7

M x 6

M x 5

M x 4

9.

Surxondaryo viloyati

erda

Ss x 10

Ss x 9

Ss x 8

Ss x 7

binoda

M x 5

M x 4

M x 3

M x 3

10.

Sirdaryo viloyati

erda

Ss x 8

Ss x 7

Ss x 6

Ss x 6

binoda

M x 4

M x 3

M x 2

M x 2

11.

Toshkent viloyati

erda

Ss x 12

Ss x 11

Ss x 10

Ss x 9

binoda

M x 7

M x 6

M x 5

M x 4

12.

Farg‘ona viloyati

erda

Ss x 11

Ss x 10

Ss x 9

Ss x 8

binoda

M x 6

M x 5

M x 4

M x 3

13.

Xorazm viloyati

erda

Ss x 11

Ss x 10

Ss x 9

Ss x 8

binoda

M x 6

M x 5

M x 4

M x 3

14.

Toshkent shahri

erda

Ss x 14

Ss x 13

Ss x 12

Ss x 11

binoda

M x 9

M x 8

M x 7

M x 6

* Tashqi reklamaning boshqa obyektlarini (konstruksiyalarini) hisoblash kichik formatlar uchun belgilangan formulaga muvofiq amalga oshiriladi.
** Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar.
Ss — to‘lovlarni to‘lash (to‘lov) sanasida tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkasi (1 kv.metr uchun);
M — to‘lovlarni hisoblash (to‘lash) sanasida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlangan, davlat ko‘chmas mulki uchun belgilangan reklama xizmatlarning minimal darajasi (1 kv.metr uchun).
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qaroriga
5-ILOVA
[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);

2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.06.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 09.10.03.00 ga qarang)]

Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining
UMUMIY TEXNIK REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur reglament tashqi reklama obyektlari (qurilmalari) xavfsizligining texnik reglamenti talablariga rioya etilishini ta’minlash tartibini belgilab beradi va tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) loyihalash, ishlab chiqarish, joylashtirish, o‘rnatish, to‘g‘rilash, foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, modernizatsiyalash, utilizatsiya qilish munosabatlarini tartibga soladi va ularning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini baholaydi.
2. Ushbu Reglament quyidagilarga amal qiladi:
ishlab chiqarilgan davlatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘rnatiladigan: yerda, tashqi devorlarda, tomlarda, bino, qurilish va inshootlarning tashqi tomonlarida va konstruktiv elementlarida, shuningdek, bino, qurilish, inshootlardan tashqarida joylashgan tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga);
bino va inshootlarning funksional belgilariga hamda tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga);
xavfsizlik talablariga zid kelmaydigan texnologik jarayonlar xavfsizlik talablarini ta’minlash qismida yerda, tashqi devorlarda, tomlarda, bino, qurilish va inshootlarning tashqi tomonlarida va konstruktiv elementlarida joylashgan, tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatishda, to‘g‘rilashda, ta’mirlashda yuzaga keladigan munosabatlarga.
3. Ushbu Reglament quyidagilarga xavfsizlikning minimal shartlarini belgilaydi:
ushbu Reglamentning 2-bandida keltirilgan tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga), shuningdek:
mexanik xavfsizlik talablari;
inson salomatligi uchun bino, qurilish va inshootlar tashqarisida harakatlanish va faoliyat yuritishning xavfsizlik shartlari talablari;
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) utilizatsiya qilish jarayonida atrof-muhitga xavfsiz ta’siri talablari;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) o‘z xavfsizligini ta’minlash va ularni joylashtirish, o‘rnatish, tuzatish, ma’lum hududda, shuningdek, bino, qurilish va inshootlarda foydalanish xususiyatlari bilan bog‘liq hududiy joylashtirish talablari.
4. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) — tijorat va ijtimoiy reklamalarni tarqatish uchun mo‘ljallangan bino, qurilish va inshootlar tashqi devorlariga, tomlariga va boshqa qismlariga yoki ulardan tashqarida o‘rnatiladigan va joylashtiriladigan, alohida turadigan hamda reklama qilinayotgan obyektlarga borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi shitli qurilmalar, stendlar, tumba, kronshteynli panellar, devor pannolari (brandmauerlari), cho‘ziladigan (tortib bog‘lanadigan) bannyerlar, elektron panellar (videoekranlar), proyektli, lazerli va boshqa texnik vositalar. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) kapital qurilish obyektlari bo‘lib hisoblanmaydi;
reklama yuzasi (maydoni) — reklamani tarqatish (joylashtirish) uchun mo‘ljallangan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) yuzasi, shuningdek, tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik pasporti bo‘yicha o‘rnatilgan konstruksiyalar maydoni doiralaridan chetga chiquvchi o‘rnatilgan yuzalar;
tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) elektr qurilmasi (keyingi o‘rinlarda elektr qurilmasi deb ataladi) — tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) bilan o‘zaro mos keluvchi istalgan elektr qurilmasi;
foydalanish uchun mas’ul — foydalanish hujjatlari, shuningdek, tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanishda texnik xavfsizlik talablari bajarilishiga mas’ul bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
loyihalash hujjatlari — grafikli va matnli hujjatlar bo‘lib, alohida yoki birgalikda tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) tarkibi va tuzilmalarini belgilab beradi va ularni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat qilish, foydalanish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan, shuningdek, tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tayyorlashdan utilizatsiya qilish vaqtigacha bo‘lgan davrda ularni xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi chizmalar va hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi;
vakolatli organ — tuman (shahar) hokimligi;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) egasi — tashqi reklama joyi pasporti rasmiylashtirilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
tashqi reklama obyektilarining (konstruksiyalarining) texnik pasporti — reklama qurilmasi identifikatsiyasi va uning texnik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat hujjat.
5. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) shunday xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakki, undan foydalanishda insonlar hayotiga, sog‘ligiga va ularning mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga xavf tug‘dirmasligi kerak.
6. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xizmat davri mobaynida mexanik barqaror va chidamli bo‘lishi kerak.
2-bob. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligini ta’minlovchi loyihalash va ishlab chiqarish talablari
7. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) loyihalarini ishlab chiquvchi loyihalash davomida ishlab chiqilayotgan buyumning mustahkamlilik va boshqa xususiyatlariga ta’sir etuvchi barcha omillarni hisobga olishi kerak.
8. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) loyihalari egasi obyektdan foydalanishning butun davri davomida uning hujjatlarini saqlashi va loyihani mukammallashtirish bilan bog‘liq hujjatlarga o‘z vaqtida o‘zgarishlar kiritilishini ta’minlashi lozim.
9. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) qismlari ko‘rikdan o‘tkazish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun maksimal qulay bo‘lishi kerak.
10. Loyihalashtiruvchi tomonidan zarurat tug‘ilganda loyihalash bosqichida qo‘llanma ishlab chiqishi lozim, ushbu qo‘llanmada tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) va uning tarkibiy qismlarini o‘rnatish, tuzatish, ishga tushirish, tartibga solish, tekshirish va topshirish hamda obyekt o‘rnatiladigan joyda foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
11. Loyiha hujjatlarida tashqi reklama obyektlarining (qurilmalarining) xizmat muddati ko‘rsatilishi lozim.
12. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik holatini tekshirish undan kelgusida foydalanish xavfsizligini, shuningdek eskirish darajasini va foydalanish jarayonida yuzaga kelgan nosozliklar tufayli loyihadan chetga chiqish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
13. Tashqi reklama obyektlarida (konstruksiyalarida) elektr uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xavfsizlik talablari qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
14. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) ishlab chiqaruvchilar loyiha va konstruktorlik hujjatlarida keltirilgan barcha texnik, texnologik va tashkiliy talablar bajarilishini ta’minlashi lozim.
15. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) ishlab chiqaruvchilarning loyiha hujjatlaridan har qanday chetga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan materiallar konstruksiya detallarini tayyorlashda ishlatiladigan materiallar sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi kerak.
17. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egalari undan foydalanishdan avval tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) texnik pasportini rasmiylashtirishga majbur.
Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik pasporti konstruksiyadan foydalanish boshlangan vaqtdan uni utilizatsiya qilingunga qadar yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
a) tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) egalari, shuningdek, ularning yuridik nomi va pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
b) tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) nomi;
tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) loyiha hujjatlari yoki uning nusxasi;
elektr o‘rnatgichlar (mavjud bo‘lgan holda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) texnik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
gabarit o‘lchamlari;
maydoni;
qurilma og‘irligi (poydevoridan tashqari);
poydevor o‘lchamlari;
poydevor og‘irligi;
g) tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) asosiy qismlari ro‘yxati, shuningdek, ularning nomlanishi, belgilanishi, miqdori, foydalanishga topshirilgan sana;
d) tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish va ishga tushirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
o‘rnatish sanasi;
konstruksiyaning joriy holati ko‘rsatilgan holda tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) o‘rnatish, tuzatish bilan shug‘ullangan tashkilot nomi;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) xizmat muddati to‘g‘risidagi ma’lumot;
e) tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) tekshirish sanasi (mavjud bo‘lgan holda);
j) tashqi reklama obyektida (konstruksiyasida) tekshirish ishlarini (mavjud bo‘lgan holda) olib borish huquqiga ega bo‘lgan mustaqil tashkilot nomi (tekshiruv laboratoriyalari, markazlar).
19. Tashqi reklama obyektidan (konstruksiyasidan) foydalanish boshlangandan so‘ng, konstruksiya egasi tomonidan konstruksiya va uning qismlari texnik holatiga (foydalanishga) mas’ul shaxs biriktirilishi kerak.
20. Tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanishga tegishli xizmat turlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlar jalb qilinishi mumkin.
21. Foydalanishga mas’ul quyidagilarni ta’minlashi lozim:
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) soz holatda saqlash;
tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) o‘z vaqtida va sifatli texnik xizmat ko‘rsatish;
tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) ishonchli ishlashi va ulardan foydalanish xavfsizligi;
tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanishda atrof-muhitni muhofaza qilish;
konstruksiya mexanizmlari, bog‘lamalaridagi nosozlik holatlarini hisobga olib borish, tahlil qilish va tekshiruv ishlarini olib borish va nosozliklar sabablarini bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’mirlash va boshqa ishlarni, ish maydonini to‘siqlar bilan chegaralash va xavfsizlik choralarini ko‘rish orqali amalga oshirish.
22. Tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) loyihalash va foydalanish hujjatlariga muvofiq texnik xizmat ko‘rsatishda amalga oshirilgan ishlar, o‘zgarishlar to‘g‘risida tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi, bu to‘g‘risida tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) texnik pasportiga zarur belgilar qo‘yiladi.
23. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasi tashqi reklama obyektidan (konstruksiyasidan) foydalanish davri mobaynida tegishli hujjatlarni (texnik pasport va unga ilovalarni) ziyon yetkazmasdan saqlanishini ta’minlashi lozim.
24. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik holatini tekshirish davriyligi vakolatli organ tomonidan tekshirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, besh yilda bir martadan kam va ikki yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan muddatda belgilanadi.
25. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) holatini tekshirish vizual va zarurat tug‘ilganda tegishli uskunalar bilan nazorat qilish usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
26. Tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) texnik holatini tekshirish quyidagilarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi:
konstruksiya ustunlari va yerdagi asosini deformatsiyalashuvi natijasida yuzaga kelgan konstruksiya tuzilishidagi o‘zgarishlar;
tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanish natijasida yetkazilgan zararlarni aniqlash maqsadida konstruksiyani mahkamlash yoki unga vaqtincha ustun vazifasini o‘taydigan devorlar, ustunlar va moslamalar holati;
ulagichlar holati va cho‘ziluvchanlik darajasi;
korroziya (emirilish) zararlari darajasi;
payvandlash ulamalari holati;
konstruksiya elementlarida mexanik zararlarning mavjudligi;
korroziyaga qarshi va boshqa himoya qatlamlarining holati;
beton va temirbeton buyumlardagi nosozliklar va ularning darajasi.
27. Tashqi reklama obyektida (konstruksiyasida) elektr qurilmalaridan foydalanilgan bo‘lsa, konstruksiya egasi vaqti-vaqti bilan elektr qurilmalari texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlashi lozim.
28. Elektr qurilmalari texnik holatini tekshirish vizual ko‘rikdan o‘tkazish hamda uning elektr ko‘rsatkichlarini o‘lchash orqali amalga oshiriladi va quyidagilarni aniqlashni talab qiladi:
o‘rnatilgan elektr qurilmalarining loyiha hujjatlarida ko‘rsatilgan xususiyatlarini (himoya vositalari, kommutatsiya apparatlari) va kabel liniyalari xususiyatlariga muvofiqligi;
kabel liniyalari va apparatlarda nosozliklarning yo‘qligi;
himoya o‘tkazgichlarining mavjudligi va to‘liqligi;
o‘zgaruvchan tok bo‘yicha tegishli himoya apparatlarining ishga yaroqliligi;
tekshirishlar natijasida olingan ko‘rsatkichlarning loyiha hujjatlaridagi elektr ko‘rsatkichlariga muvofiqligi.
29. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) texnik holatini tekshirish jarayonida deformatsiya, siljish, egilish, ustunlar cho‘kishi, burchaklar o‘zgarishi, tebranish, yoriqlar va boshqa nosozliklar aniqlangan hollarda, konstruksiya egasi o‘z kuchi va mablag‘lari hisobidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi zarur. Aks holda, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilgunga qadar tashqi reklama obyektlaridan (konstruksiyalaridan) foydalanish to‘xtatilishi lozim.
30. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasi zarurat tug‘ilganda, unga tegishli bo‘lgan qurilmani quyidagi muddatlarda yuvishi va tozalashi kerak:
to‘xtash majmualarida va piyodalar yo‘li to‘siqlaridagi reklama modullarini — haftada ikki marta;
kichik formatdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) (shahar yorug‘lik bilan ta’minlash ustunlaridagi kronshteyn, ko‘priklarlardagi konstruksiyalar, yo‘l ko‘rsatkichlari, reklama modulli o‘rindiqlar, siti-format, tumbalar) — bir oyda ikki marta;
o‘rta formatdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) — ikki oyda bir marta;
yirik, o‘ta yirik va nostandart formatdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) — bir yilda ikki marta (aprel-mart va avgust-sentyabr oylarida).
31. Tasvirli reklama konstruksiyasi bosma materiallaridagi nosozliklar konstruksiya egalari tomonidan nosozlik aniqlanishi bilanoq va (yoki) vakolatli organlarining murojaatiga (xabarnomasiga) ko‘ra (telefonogramma va boshqa elektron xabarlariga muvofiq) bartaraf etilishi lozim.
32. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tegishli ko‘rinishga keltirish zarurati tug‘ilganda, uning egasi konstruksiyani yuvishi va bo‘yashi lozim.
33. Tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) egasi konstruksiya tashqi ko‘rinishini muvofiq holatda saqlanishini ta’minlashi lozim.
Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) tashqi ko‘rinishini muvofiq holatga keltirish ularning egalari tomonidan zarurat tug‘ilganda, favqulodda ob-havo (to‘fon, kuchli yomg‘ir, qorbo‘ron va hokazolar) sharoitlarida esa, ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ish tartibi tezkor xizmatlar va vakolatli organlar xatlari (telefonogramma va boshqa elektron xabarnomalari) orqali belgilanadi.
3-bob. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish, o‘rnatish va tuzatishda xavfsizlik talablari
34. Tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari):
erda, tashqi devorlarda, tomda va bino, qurilish, inshootlarning boshqa tarkibiy elementlarida, himoya ekranlarida, qurilish to‘siqlarida;
avtomobil yo‘llari chetlarida;
aylana yo‘llar oralig‘idagi o‘tloq yerlarda avtomobil yo‘llarining harakat qismidan chiqmagan (oshmagan) uzoqlikda;
istirohat bog‘lari, xiyobon va piyodalar yo‘llari hududlarida joylashtirilishi mumkin.
35. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tarmoq ustunlariga yoki kronshteynli yorug‘lik ustunlariga mahkamlash moslamalaridan foydalanilganda, reklama yuzasi o‘tish yo‘li tarafga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin emas.
36. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) bino, qurilish, inshootlar tashqi devorlarida yoki tomlarida joylashtirishda reklama konstruksiyasi mahkamlanayotgan obyektlar ustunlari yoki asoslari texnik holatining yomonlashishiga olib kelmasligi kerak.
37. Tashqi reklama va uning vositalarini quyidagi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim:
nomuvofiq texnik holatda bo‘lishi, binolar (inshootlar) tashqi arxitektura ko‘rinishini buzilishiga;
yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan o‘xshash ko‘rinishga, tasvirga, ovoz effektiga ega bo‘lmasligi, ularni ko‘rishga ta’sir qilmasligi, shuningdek, yo‘llarda transport vositalari, piyoda yoki boshqa bir obyekt bor ekanligi to‘g‘risida taassurot uyg‘otmasligi va shu bilan harakat xavfsizligi darajasining pasayishiga;
texnik normativ-huquqiy hujjatlar yoki qonun hujjatlaridagi boshqa normativlar bilan belgilangan shovqinning mumkin bo‘lgan darajalaridan oshishga;
aholi turar-joy binolari oynalariga bevosita yaqinlikda joylashish, xonadon egalari dam olishlariga xalaqit berishi, tashqi reklama o‘z yorug‘ligi va aksi bilan iste’molchilarga ortiqcha noqulayliklar tug‘dirishiga;
yo‘l-muxandislik inshootlarida tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatishda yo‘l-muxandislik inshootlari o‘tish yo‘llarini qisqarishiga;
temir yo‘llari liniyalari ajralgan joylarda, shuningdek reklama hududi bo‘lmagan maydonda o‘rnatilishiga (joylashtirilishiga);
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) va uning vositalarini qonun hujjatlariga muvofiq joylashtirish (qurish) talablarini buzgan holda o‘rnatishga;
avtomobil yo‘llari va ko‘chalar yuzasiga qurilish materiallari, bo‘yoqlar, yo‘l chizmalaridan foydalanish orqali joylashtirilishiga;
tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) inshootlarga qotirish va shu orqali ularning mustahkamliliga zarar yetkazishga.
38. Suniy yo‘l inshootlari tepasida joylashgan inshootlarda o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) o‘tish yo‘li va uning tepa kismi oralig‘idagi masofani qisqartirmasligi lozim.
39. Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) quyidagi holatlarda o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi:
avtomobil yo‘llarining ajratuvchi bo‘lagida, xususan yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan baland va (yoki) yotiq chizig‘i bilan belgilangan qismida hamda trotuar va piyodalar yo‘lkalarida;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) yuzasi (tashqi sirti) va ularning ustuni avtomobil yo‘llarining harakat qismiga chiqishiga;
tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari)ning ustuni hamda kichik va o‘rta o‘lchamli formatdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) yuzasi (tashqi sirti) piyodalar yo‘lakchasiga chiqishiga;
katta va juda katta xajmdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) ustuni reklama yuzasi (tashqi sirti)ning teng yarmi qismida o‘rnatilmagan bo‘lsa;
bino yoki inshootlarning tomlarida, qurilish balandligi binoning yoki inshootning umumiy balandligining uchdan biridan ko‘prog‘iga teng bo‘lsa;
yo‘l harakatini tashkil etish uchun mo‘ljallangan har qanday qurilmalarda, tungi ko‘cha yoritish ustunlarida, yo‘l belgilari va svetoforlarda, ularning ustunlarida;
temir yo‘l kesishmalarida va aholi yashash punktlaridan tashqarida joylashgan yer osti tunellariga kirish joyida 50 metrdan kam bo‘lmagan masofada, aholi punktlarida 10 metrdan kam bo‘lmagan masofada, shuningdek yo‘l o‘tkazgichlari tagida;
ko‘prik va estakadalar yurish yo‘laklariga chiqish hududlarida;
yirik va o‘ta yirik formatdagi reklama konstruksiyalarini estakada va ko‘priklarda;
past balandlikdagi devorlarda, daraxtlarda.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/104/0197-son)

Download 381,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish