1. Iqtisodiyot / Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]


yuqori texnologiyali tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari)



Download 381,66 Kb.
bet29/32
Sana15.02.2022
Hajmi381,66 Kb.
#449372
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
104 20.02.2020

yuqori texnologiyali tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) — reklamani namoyish qilishning texnologiyasi hamda video ekran, proyeksiyali moslama va axborot tasvirlarini skrollerli o‘zgartirish tizimi (reklama maydonining ichki yoritilishi va reklama xabarlarini dinamik ravishda o‘zgartiruvchi reklama tizimi) kabi reklamani namoyish qilishda reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) axborot maydonidagi xabarlarni dinamik ravishda almashtirib turuvchi tizimlari bilan farqlanadigan reklama obyektlari (konstruksiyalari).
3. Yig‘im miqdorlari ushbu Nizomga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
4. Yig‘im tariflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘lovchilarga ommaviy axborot vositalari, vakolatli organning, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlari orqali yetkaziladi.
2-bob. Yig‘imlarni hisoblash va to‘lash tartibi
5. Har bir joy uchun yig‘im tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) maydonidan kelib chiqib, unda reklama joylashganidan qat’i nazar, reklama joyining pasportida ko‘rsatib o‘tilgan joy uchun belgilangan tariflar bo‘yicha har oyda hisobot oyining 25-kuniga qadar to‘lanadi.
6. Yig‘im to‘lovchining joylashgan joyidan qat’i nazar, tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) joylashgan hudud bo‘yicha quyidagi nisbatda taqsimlanadi:
45 foiz — tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) joylashgan (o‘rnatilgan) tuman (shahar) budjetiga;
45 foiz — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga;
10 foiz — “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasining tegishli bo‘limlariga.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining ajratilgan mintaqalarida joylashgan yer uchastkalarida va inshootlarida tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun oylik to‘lovlarning (yig‘imlarning) 60 foizi miqdorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari bosh moliya boshqarmalari huzuridagi hududiy maqsadli jamg‘armalarga, 40 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasini rivojlantirish va faoliyatini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
7. Yig‘im tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) axborot maydoni o‘lchamlaridan yil hisobida undiriladi.
8. Har bir tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) uchun tariflar milliy valyutada — 1 kv. metr axborot maydoni uchun belgilanadi.
Agar tashqi reklama — tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) axborot maydoni o‘lchamlaridan 1 kv. metrdan ortiq chetga chiqsa, qo‘shimcha haq olinadi.
Yig‘im tariflari yiliga ko‘pi bilan bir marta Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorga Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
9. Yuqori texnologiyali tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) o‘rnatilgan hollarda, yig‘im summasiga 0,7 koeffitsiyent qo‘llaniladi, video ekranli qurilmalar bundan mustano.
12 oylik yig‘im oldindan to‘langan hollarda, yig‘im summasiga 0,8 koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan holatlar yuz bersa 0,7 ga teng yagona koeffitsiyent qo‘llaniladi.
10. Yig‘imlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, to‘lovchidan kechiktirilgan har bir kun uchun yig‘im summasining 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
To‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun undirilgan penya mablag‘lari tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetlariga kelib tushadi.
11. 90 kun davomida yig‘imlarni to‘lamaslik sud tartibida reklama joyining pasporti va shartnomani bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Reklama joyining pasportini va shartnomasini bekor qilish to‘lovchini yig‘im va penyani to‘lashdan ozod qilmaydi.
12. Yig‘imlar quyidagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun to‘lanadi:
a) yer uchastkalarida o‘rnatilgan alohida turuvchi konstruksiyalar:
kichik formatdagi (2,19 kv.metrgacha);
o‘rta formatdagi (2,2 dan 12 kv. metrgacha);
katta formatdagi (12 dan 18 kv. metrgacha);
o‘ta katta formatdagi (18 kv. metrdan ortiq);
0,3 x 0,3 metrdan katta hajmli-fazoviy qurilma;
maydoni 2 kv. metr va undan ko‘p bo‘lgan yorug‘li-diodli monitorlar (video ekranlar);
bayroqli reklamalar to‘plami (kompozitsiya);
reklama modullariga ega ko‘rsatkichlar;
umumiy maydoni 3 kv. metrdan ortiq afisha devorlar;
b) binolar, inshootlar va qurilmalardagi reklama konstruksiyalari:
binoning tashqi qismida joylashtirilgan konstruksiyalar;
binolarning tom qismlaridagi konstruksiyalar — me’moriy shakl (haykallar);
tom usti yorug‘li reklama konstruksiyalari;
maydoni 2 kv. metr va undan ortiq bo‘lgan yirik konstruksiyalar;
pavilonlardagi konstruksiyalar;
ko‘cha mebeli, xususan, reklama moduli o‘rnatilgan o‘rindiqlar;
maydonli to‘siqlardagi konstruksiyalar;
ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlar, quvur liniyalari, yoritish tirgaklarida o‘rnatilgan konstruksiyalar;
proyeksiyali uzatma;
markizlar;
konsol panellar;
imidjli reklama va axborot qurilmalari;
reklama bloklari;
elektr ekranlar (video ekranlar, “yuguruvchi satrlar” displeylari va boshqalar);
yorug‘li diodli mediafasadlar;
v) tashqi reklama vaqtinchalik obyektlari (konstruksiyalari):
qurilish maydonchalaridagi 2 kv. metr va undan ko‘p bo‘lgan vaqtincha reklama to‘siqlari;
alohida turuvchi va yorug‘li kronshteynlar;
2 kv. metr va undan ko‘p bo‘lgan umumiy ovqatlanish va savdo nuqtalaridagi reklama;
vaqtincha turdagi kiosklar va pavilonlardagi reklama;
plakatlar, chodirlar, soyabonlar, kanoplar, bayroqlar, osma bayroqlar, yelkanli bayroqlardagi reklama;
nostandart shakldagi konstruksiyalar;
promoqurilmalar.
13. Ortiqcha to‘langan yig‘im summasini qaytarish (hisobga o‘tkazish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Yig‘imlarning tabaqalashtirilgan stavkalari
14. Yuridik va jismoniy shaxslar uchun tabaqalashgan stavkalarni belgilashda tashqi reklama obyekti (konstruksiyasi) joylashgan joyi, muhandislik tarmoqlari bilan ta’minlanganligi, yirik shaharlar, tuman markazlari, xalqa yo‘llari va halqaro ahamiyat kasb etuvchi avtomobil yo‘llari, hamda ovul va qishloq joylari arxitektura va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib hududlarga bo‘linadi.
15. Viloyat markazlari majburiy tartibda uchdan beshgacha (3 — 5) zonalarga, viloyat markazlari, qishloqlar va qishloq joylari esa ikki (2) zonaga bo‘linishi mumkin.
Toshkent shahrida zonalar sifatida yer solig‘i hisoblanadigan hududlar hisoblanadi.
Boshqa hududiy zonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan belgilanadi.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining hududiy zonalari koeffitsiyentlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
17. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qarab O‘zbekiston Respublikasining hududlari 5 guruhga bo‘linadi:
1-guruh — Toshkent shahri;
2 guruh — Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari;
3 guruh — Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy va Xorazm viloyatlari;
4 guruh — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari;
5-guruh — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari.
18. Nukus shahri va viloyat markazlarida o‘rnatilgan yig‘im stavkalari Toshkent shahri uchun belgilangan stavka miqdorlaridan oshmasligi kerak.
19. Barcha yuridik va jismoniy shaxslar hamda mahsulot turlari uchun bir xil to‘lovlar belgilanadi.
Bunda qishloqlar va qishloq joylarda o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovada belgilanganidan pastroq koeffitsiyentlar qo‘llanilishi mumkin.
20. To‘lov miqdori quyidagicha belgilanadi:

Download 381,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish