VI. Xalqaro savdoda xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish va ichki bozordagi raqobat muhitini rivojlantirish
13.
Reeksport bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalar raqobatbardoshligini oshirish uchun ularga xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarini erkin tanlash imkoniyatini yaratish.
1. Xususiy sektorda reeksportni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish.
2. Xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan xomashyo va yarimtayyor mahsulotlarga qo‘yilgan bojxona bojlarini qayta ishlangan mahsulot reeksport qilingan taqdirda qaytarish tizimini yaratish.
Tashqi savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (savdogarlar) daromadlarini legallashtirish orqali xufyona iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish.
1. Tashqi savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (savdogarlar) faoliyatining xufyona iqtisodiyotda qolayotganligiga sabab bo‘layotgan asosiy omillarni aniqlash va tahlil qilish.
2020-yil
avgust
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Davlat bojxona qo‘mitasi
2. O‘rganishlar natijasida aniqlangan salbiy omillarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
3. Daromadlarini deklaratsiyalagan tashqi savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga (savdogarlar) milliy va xorijiy valyutada tijorat kreditlarini berishning yengillashtirilgan mexanizmini ishlab chiqish va amalda qo‘llash.
2021-yil
fevral
Markaziy bank,
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi
15.
Soliqlar va subsidiyalarning raqobatga ta’sirini chuqur tahlil qilish va mahalliy bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquqli va sog‘lom raqobat muhitini yaratish.
1. Alohida tarmoqlarda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalarning raqobatga salbiy ta’sirini chuqur o‘rganish.
2020-yil
avgust
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
2. Imtiyoz va preferensiyalarni optimallashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish, jumladan tovar va moliya bozorlarida faoliyat yuritayotgan alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga imtiyozlar va preferensiyalar berish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar normalarini bekor qilish.
2020-yil
dekabr
16.
Tashqi savdo hajmining o‘sishiga to‘sqinlik qilayotgan to‘siqlarni aniqlash va bartaraf etish. Bojxona boji stavkalarini optimallashtirish.
1. Respublikada aniqlangan notarif to‘siqlarni bosqichma-bosqich inventarizatsiya qilish va ularni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2020-yil
dekabr
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi,
Davlat bojxona qo‘mitasi
2. Respublikaning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida bojxona boji stavkalarini yanada optimallashtirish.