9. Davlat kadastrlari palatasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati;
Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari.
3-bob. Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallarining asosiy vazifalari va funksiyalari
1-§. Davlat kadastrlari palatasining asosiy vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
davlat kadastrlarini yuritish;
geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
11. Davlat kadastrlari palatasi o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Milliy geoaxborot tizimi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;
ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini (pasportini) tayyorlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishda teng sharoitlar yaratadi;
kadastr muhandislari va ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning reyestrini yuritadi;
ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda Davlat kadastrlari palatasining tarkibiy tuzilmalari hamda kadastr muhandislari faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoringini amalga oshiradi;
ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritadi;
ko‘chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini ta’minlovchi geokodlar beradi;
respublika darajasida ko‘chmas mulk obyektlari geokodlari ko‘rsatilgan holda elektron kartalarni shakllantiradi;
ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridan ma’lumotlar beradi;
bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmalar beradi;
foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlaydi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumotlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlovchi axborot tizimini yaratadi, qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning shaffof va ommaga ochiq tizimining ishlashini ta’minlaydi;
kadastr muhandislari faoliyatini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini, Milliy geoaxborot tizimini, Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Integratsion axborot tizimi) yaratadi, yangilaydi va rivojlantirishni tashkil etadi hamda amalga oshiradi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri samarali yuritilishini ta’minlaydi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish sohasidagi faoliyatning ilmiy-tadqiqot va metodik ta’minotini tashkil etadi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat yordami va axborot beradi;
ko‘chmas mulk obyektlari kadastr hujjatlarining arxiv hujjatlarini raqamlashtirilgan holda yuritadi;
b) davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Davlat kadastrlari yagona tizimi va hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta’minlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geoaxborot tizimida shakllantiradi;
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlari Milliy geoaxborot tizimiga taqdim etib borilishi monitoringini olib boradi;
davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan soha faoliyatiga oid axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash va yangilash yo‘li bilan Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;
Milliy geoaxborot tizimini yuritadi;
Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining bazaviy fazoviy ma’lumotlar banki, maxsus fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar bazalari shakllantirilishini amalga oshiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro elektron aloqalar orqali geofazoviy ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradi;
davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik birlashmalariga, yuridik va jismoniy shaxslarga axborot ta’minoti va fazoviy ma’lumotlarni, shu jumladan, davlat kadastrlari to‘g‘risidagi axborotni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etadi;
ko‘chmas mulkka oid geoportallarni yaratadi, yuritadi va qo‘llab-quvvatlaydi;
kadastr muhandislariga geoaxborot tizimlari orqali ishlash va davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlaridan foydalanishga imkoniyatlar yaratadi;
doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmog‘ini boshqarish, ular monitoringi va takomillashtirilishini amalga oshiradi;
geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiradi;
davlat va maxsus geoaxborot tizimlarini ishlab chiqadi;
geofazoviy ma’lumotlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat beradi;
geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatning ilmiy-tadqiqot va metodik ta’minotini tashkil etadi;
v) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish va geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va qatnashadi.
Davlat kadastrlari palatasi qonun hujjatlarga muvofiq boshqa funksiyalarga ham ega bo‘lishi mumkin.