1. Iqtisodiyot / Davlat kadastri


-§. Hududiy boshqarmalarning huquqlari va javobgarligi



Download 289,91 Kb.
bet18/24
Sana15.05.2023
Hajmi289,91 Kb.
#939104
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
66 12.02.2021

3-§. Hududiy boshqarmalarning huquqlari va javobgarligi
22. Hududiy boshqarmalar o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) Davlat soliq qo‘mitasi va Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan, shuningdek, davlat organlari hududiy bo‘linmalari va ularning mansabdor shaxslaridan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni so‘rash va tekin olish;
2) ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni kiritish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hududlar davlat kadastrini yuritish, kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklif kiritish;
3) tegishli ma’lumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
4) tuman (shahar) filiallari boshliqlari ishtirokida kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish;
5) tuman (shahar) filiallarining ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatini o‘rganish;
6) ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini sifatli tayyorlash davlat xizmatini ko‘rsatish masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
23. Hududiy boshqarmalar:
1) Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
2) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hududlar davlat kadastri yuritish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritilishini samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
(23-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 09/22/35/0045-son)
3) tuman (shahar) filiallari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi va himoya qilinishini ta’minlash;
4) kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlari ko‘rsatishda teng sharoitlar yaratish;
5) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari ishini tashkil qilish;
6) Davlat kadastrlari palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, shuningdek, boshqa hujjatlarni sifatli tayyorlash;
7) hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallari tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
8) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.

Download 289,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish