RO‘YXATI
T/r
|
Loyihalar nomlanishi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Amalga oshirish muddati
|
Loyihaning baholangan qiymati, mlrd so‘m
|
Moliyalashtirish manbai
|
Loyiha tashabbuskori
|
Boshlash
|
Tugatish
| |
Jami:
| |
17 603,3
| | |
I. Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar
| |
Jami:
| | | |
13 616,4
| | |
1.
|
Respublika hududlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish maqsadida keng polosali telekommunikatsiya tarmog‘ini 800 ming portga kengaytirish
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
I chorak
|
470,4
|
Xitoy taraqqiyot banki kre�it mablag‘lari
|
“O‘zbektelekom” AK
|
2.
|
“O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” mobil aloqa operatorining sharqiy mintaqada keng polosali ulanish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish va DWDM transport tarmog‘ini kengaytirish, jumladan:
1 318 ta mobil aloqa baza stansiyalarini modernizatsiya qilish va 150 ta yangisini o‘rnatish;
5,0 Petabayt sig‘imli ma’lumotlar markazini joriy qilish;
transport tarmog‘i o‘tkazuvchanligini 40 Gbit/s.ga oshirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
I chorak
|
600,6
|
Uskuna yetkazib beruvchi kreditlari va ijroch? mablag‘lari
|
“O‘zbektelekom” AK
|
3.
|
NGN texnologiyasi asosida kommutatsiya uskunalarini 422,7 ming portga kengaytirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
I chorak
|
236,3
|
Uskuna yetkazib beruvchi kreditlari va ijrochi mablag‘lari
|
“O‘zbektelekom” AK
|
4.
|
“O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filialining g‘arbiy mintaqadagi 1 694 ta mobil aloqa baza stansiyalarida keng polosali ulanish tarmog‘ini modernizatsiya qilish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
II chorak
|
119,7
|
Uskuna yetkazib beruvchi kreditlari va ijrochi mablag‘lari
|
“O‘zbektelekom” AK
|
5.
|
“O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filialining g‘arbiy mintaqadagi mobil aloqa tarmog‘ini 431 ta qo‘shimcha baza stansiyalarni o‘rnatish orqali kengaytirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
II chorak
|
186,9
|
Uskuna yetkazib beruvchi kreditlari va ijrochi mablag‘lari
|
“O‘zbektelekom” AK
|
6.
|
Kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish, jumladan:
transport tarmog‘i o‘tkazuvchanligini 23 886 ta E1 portga yetkazish;
8 ta radiorele proletlarini mo�ernizatsiya qilish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
399,0
|
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki
|
“O‘zbektelekom” AK
|
7.
|
Magistral va multiservis ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish (DWDM), jumladan:
viloyat markazlarigacha 200 Gbit/s.;
tuman markazlarigacha 40 Gbit/s.gacha kengaytirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
588,0
|
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki
|
“O‘zbektelekom” AK
|
8.
|
100 Petabayt sig‘imli ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini (Data-tsentr) yaratish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
960,8
|
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki
|
“O‘zbektelekom” AK
|
9.
|
“O‘zbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini:
Toshkent shahrida 1 200 Gbit/sek.gacha;
Buxoro viloyatida 600 Gbit/sek.gacha kengaytirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
464,1
|
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki
|
“O‘zbektelekom” AK
|
10.
|
Respublika hududlarida telekommunikatsiya transport va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini:
viloyat markazlarigacha 400 Gbit/sek.gacha;
tuman markazlarigacha 60 Gbit/sek.gacha kengaytirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2022-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
285,6
|
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki
|
“O‘zbektelekom” AK
|
11.
|
Optik tolali aloqa kabellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
115,5
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
“O‘zbektelekom” AK
|
12.
|
Respublika bo‘ylab 12 ming km. uzunlikdagi opti? tolali aloqa liniyalarini qurish/kengaytirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
84,0
|
“O‘zbektelekom” AK mablag‘lari
|
Telekommunikatsiya operatorlari
|
13.
|
“Coscom” MChJ radiotarmog‘ining 482 ta radiorele uskunalarini modernizatsiya qilish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
178,5
|
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki mablag‘lari
|
“Coscom” MChJ
|
14.
|
“Coscom” MChJ avtomatlashtirish hisob-kitob tizimini yangilash (billing tizimi).
|
Apparat dasturiy ta’minot
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
525,0
|
“Coscom” MChJ mablag‘lari
|
“Coscom” MChJ
|
15.
|
“Coscom” MChJ negizida qo‘shma korxona tashkil etish.
|
Qo‘shma korxona ustav fondini shakllantirish
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
1 050,0
|
Qo‘shma korxona ta’sischilari mablag‘lari
|
“Coscom” MChJ
|
16.
|
“Universal Mobile Systems” MChJ mobil aloqa tarmog‘ining
6 240 ta mobil aloqa baza stansiyalarini modernizatsiya qilish va kengaytirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
1 313,6
|
Xitoy Eksimbanki kredit mablag‘lari
|
“Universal Mobile Systems” MChJ
|
525,0
|
“Universal Mobile Systems” MChJ mablag‘lari
|
17.
|
“Unitel” MChJ mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 3 240 ta mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
1 291,5
|
“Unitel” MChJ mablag‘lari
|
“Unitel” MChJ
|
18.
|
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlarda telefon aloqasi tizimi hamda konferens aloqa va sinxron tarjima tizimlarini takomillash-tirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
I chorak
|
49,4
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
|
“RMAB” DUK
|
19.
|
Telekommunikatsiya tarmoqlarida tezkor qidiruv tadbirlari tizimini takomillashtirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2020-yil
IV chorak
|
215,3
|
Telekommunikatsiya operatorlari mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
20.
|
Radiochastota spektrini monitoring qilish tizimini kengaytirish va modernizatsiya qilish.
|
Apparat dasturiy ta’minot
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
96,6
|
“EMMM” DUK mablag‘lari
|
“EMMM” DUK
|
21.
|
Milliy ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini tashkil etish.
|
Apparat dasturiy ta’minot
|
2020-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
346,5
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
22.
|
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy tizimlarni joriy etish (“Xavfsiz shahar” ADK).
|
Apparat dasturiy ta’minot
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
I chorak
|
364,4
|
“Atlas International” kompaniyasi mablag‘lari
|
“Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi
|
23.
|
Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” tizimini barpo etish.
|
Apparat dasturiy ta’minot
|
2020-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
3150,0
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
“Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘m�klashish markazi
|
II. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish loyihalari
| |
Jami:
| |
3 902,9
| | |
24.
|
Toshkent shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (Texnopark) rezidentlari uchun zamonaviy infratuzilmalarni qurish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2022-yil
IV chorak
|
2 100,0
|
Texnopark rezidentlari,
ijrochilar mablag‘lari
|
Texnopark direksiyasi
|
25.
|
Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 1 500 ta tez tibbiy yordam avtomashinalari bilan ta’minlash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
1 627,5
|
Xitoy Eksimbanki kredit mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
26.
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab hududida Texnopark filiali binosini qurish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
73,5
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Texnopark direksiyasi
|
27.
|
“UNICON.UZ” DUKning maxsus kriptografiya vositalarini ishlab chiqarish uchastkasini kengaytirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
I chorak
|
32,6
|
Budjet va ijrochilar mablag‘lari
|
“UNICON.UZ” DUK
|
28.
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining elektron ovoz berish tizimini takomillashtirish, jumladan:
350 ta ovoz berish qurilmalari;
350 ta planshetlar;
2 ta keng formatli ekranlar bilan ta’minlash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2020-yil
IV chorak
|
25,2
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
29.
|
Mudofaa vazirligi Qurolli kuchlar akademiyasi obyektlarini telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlash (2-bosqich).
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2020-yil
IV chorak
|
14,7
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
30.
|
Mudofaa vazirligi AKT va aloqa harbiy instituti o‘quv moddiy texnik bazasini takomillashtirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
3,2
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
31.
|
Milliy gvardiyaning Harbiy texnika institutida Situatsion markazni axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2020-yil
IV chorak
|
26,3
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
III. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan loyihalar
| |
Jami:
| |
84,0
| | |
32.
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning 1 — 4 sinflar uchun o‘quv binosi va o‘quvchilar uchun yotoqxona qurish (2-bosqich).
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
42,0
|
“INNOVA MAX” MChJ
va ijrochilar mablag‘lari
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
33.
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1 000 ta o‘quv o‘rinli yangi o‘quv binosini qurish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
IV chorak
|
21,0
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
34.
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali yotoqxona binosini kapital ta’mirlash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
I chorak
|
4,2
|
Ijrochilar mablag‘lari
|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
35.
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv binosini rekonstruksiya qilish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil
II chorak
|
2021-yil
I chorak
|
16,8
|
“ZTE Corporation” kompaniyasi va ijrochilar mablag‘lari
|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
Izoh. Loyihalarni amalga oshirishning yakuniy qiymati loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangandan hamda tender (konkurs) savdolari o‘tkazilgandan so‘ng aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga
9-ILOVA
2020-2021-yillarda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
T/r
|
Chora-tadbirlar
|
Amalga oshirish shakli
|
Amalga oshirish muddati
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha tadbirlar
|
1.
|
“Aqlli qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil avgust
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
2.
|
Qishloq xo‘jaligida quyidagilarni nazarda tutuvchi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish:
“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasini (e-agriculture.uz) yaratish;
qishloq xo‘jaligi yerlarining birinchi va ikkinchi ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib “onlayn hosil” yagona axborot bazasini yaratish;
Qishloq xo‘jaligi vazirligining belgilangan shtat birliklari doirasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tarkibiy tuzilma tashkil qilish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil dekabr
|
Qish�oq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
3.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
qishloq xo‘jaligi tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish;
qishloq xo‘jaligining holati va tarkibi to‘g‘risidagi rasmiy statistik axborotlarni shakllantirish;
qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini kiritish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil avgust
|
Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
4.
|
Qishloq xo‘jaligi, xususan oziq-ovqat bozoridagi konyunkturani kuzatib borish imkonini beruvchi va xizmatlarni onlayn shaklda taqdim etuvchi veb-sahifa yaratish.
|
Texnik loyiha
|
2021-yil noyabr
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi
|
5.
|
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat tizimlarini respublika miqyosida keng joriy etish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2021-yil mart
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi
va viloyatlar hokimliklari
|
6.
|
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini identifikatsiyalash, ularning harakatini kuzatish
va monitoring qilish tizimini yaratish ishlarini tashkil etish.
|
Texnik loyiha
|
2021-yil dekabr
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
7.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida Agrosa�oat kompleksida yagona axborot dasturi yuritilishi uchun mas’ul tashkilot tuzish;
agrosanoat majmuiga tegishli barcha davlat idoralari va tashkilotlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni Yagona dasturda ishlash tartibi;
agrosanoat majmuiga tegishli barcha vazirlik va idoralar axborot tizimlarining Yagona dastur bilan integratsiyasini ta’minlash.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil avgust
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
8.
|
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirish rejasini qabul qilish. Bunda:
sohada qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar
va ma’lumotlar bazalarini baholash;
moddiy-texnik bazani modernizatsiyalash hamda ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilishni bosqichma-bosqich raqamlashtirish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil sentyabr
|
Davlat statistika qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
9.
|
Qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va servis xizmatlari ko‘rsatish tizimini quyidagilarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirish:
qishloq xo‘jaligi texnikasini GPS-navigatsiya qurilmalari bilan jihozlashni davom ettirish;
buyurtmachi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasida hujjat almashuvini elektron tarzda amalga oshirish;
ko‘rsatilayotgan mexanizatsiya va servis xizmatlarini online-rejimda kuzatib borish tizimidan samarali foydalanish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil dekabr
|
“O‘zagrotexsanoat-xolding” AJ,
“O‘zagroservis” AJ,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
10.
|
Eksport bozorlari va ustuvor mahsulotlarga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish.
|
Kompleks
chora-tadbir
|
2021-yil iyun
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
|
II. Suv xo‘jaligi sohasi bo‘yicha tadbirlar
|
11.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 — 2030-yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish:
suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish;
suv xo‘jaligi obyektlarini boshqarish jarayonlarini, suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimini avtomatlashtirish;
barcha nasos stansiyalarining elektr energiya sarfini “onlayn” monitoring qilish tizimiga o‘tish;
loyiha tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash va ularning salohiyatini oshirish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil iyul
|
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
vazirlik va idoralar
|
12.
|
Smart texnologiyalardan (mini o‘lchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”) foydalanish orqali suv xo‘jaligi tashkilotlarining suvni yetkazib berish va uni suv iste’molchi�ari (suvdan foydalanuvchilar) o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmati uchun samarali to‘lov tizimini ishlab chiqish choralarini ko‘rish.
|
Texnik hujjatlar loyihasi
|
2021-yil avgust
|
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Moliya vazirligi,
GUP “O‘zbekgidrogeologiya”,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
13.
|
Yerlarning meliorativ holati va sho‘rlanish darajasini zamonaviy texnologiyalar asosida monitoring qilib borish choralarini ko‘rish.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Suv xo‘jaligi vazirligi,
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
14.
|
Respublika miqyosidagi barcha suv resurslari hisobi va hisobotini yuritishning yagona tizimini tashkil etish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2020-yil sentyabr
|
Uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi,
“O‘zgidromet” markazi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi
|
III. Ekologiya va o‘rmon xo‘jaligi sohasi bo‘yicha tadbirlar
|
15.
|
Quyidagilarni hisobga olgan holda atrof- muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga e’tiborni kuchaytirish:
Raqamli texnologiyalarni keng joriy etgan holda sanoat rivojlanishining ekologiyaga ta’siri oldini olish bo‘yicha 2025-yilgacha mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
ishlab chiqarish jarayonini ekologik nazorat qilishni takomillashtirish;
har bir hudud va korxona bo‘yicha ekologiyani yaxshilash, chiqindilarga doir ishlar yuzasidan dasturlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil avgust
|
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari
|
16.
|
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida yagona elektron bazani shakllantirish.
|
Texnik loyiha
|
2021-yil avgust
|
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
|
17.
|
Suv, yer va yer resurslari hamda yer osti boyliklarini muhofaza qilish doirasida yagona avtomatlashtirilgan tizimni yaratish.
|
Texnik loyiha
|
2021-yil dekabr
|
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
|
18.
|
Ekiladigan ko‘chatlar to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini muntazam ravishda to‘ldirib borishni ta’minlash va tizimni takomillashtirish choralarini ko‘rish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil iyul
|
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
IV. Geoaxborot va kadastr yo‘nalishi bo‘yicha tadbirlar
|
19.
|
Respublika qishloq xo‘jaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlarni o‘zida jamlaydigan axborot tizimini yaratish va uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil sentyabr
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
|
20.
|
Qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish samaradorligini oshirish, ularni o‘zboshimchalik bilan egallashning oldini olish maqsadida kosmosuratlar bilan ishlash, ularni deshifrovka qilish va Milliy geoaxborot tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil sentyabr
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
21.
|
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish hamda yerdan foydalanish va mulk huquqlarining hisobini yuritish uchun ko‘chmas mulkka egalik huquqini hisobga olish tizimi bilan yagona axborotlashtirilgan tizimga ulanishini ta’minlash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2021-yil aprel
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
22.
|
Milliy geoaxborot tizimini qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish hamda yer va suv resurslari bo‘yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash.
|
Kompleks
chora-tadbirlar
|
2020-yil may
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
23.
|
Tadbirkorlar uchun yer uchastkalariga oid ma’lumotlarni ochiq va haqqoniy yetkazish tizimini takomillashtirish.
|
Tashkiliy
chora-tadbirlar
|
2020-yil iyul
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Davlat aktivlarni boshqarish agentligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi
|
24.
|
Geografik obyektlarning nomlari Davlat reyestri ma’lumotlar bazasini Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalash hamda geografik obyektlarning joylashgan joyi, nomi to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi veb-portalni ishga tushirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2020-yil iyun
|
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4699/0520-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son; 25.02.2021-y., 07/21/5006/0151-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son; 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 26.08.2021-y., 07/21/5234/0826-son, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |