V. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki infratuzilmasini kengaytirish
10.
|
Texnopark yangi infratuzilma o?yektlarini qurish ishlarini tashkil etish.
|
1. Texnopark hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investorlarni tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish.
2. Tanlangan investorlar bilan investitsiya shartnomalarini tuzish.
3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini nazorat qilish.
|
2020-yil may — noyabr
tanlov natijalariga ko‘ra
2020 — 2022-yillar
|
Axborot texnologiyalari vazirligi,
vazirlik va idoralar,
Direksiya
|
11.
|
Texnoparkda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish.
|
1. Qurilishning bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Qurilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
|
2020-yil avgust
2020-yil oktyabr
|
Direksiya,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Qurilish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi,
Bosh pudratchi tashkilot
|
12.
|
Mirzo Ulug‘bek tumani 6-yong‘in-qutqaruv qismini ko‘chirish choralarini ko‘rish.
|
1. Mirzo Ulug‘bek tumani 6-yong‘in-qutqaruv qismini ko‘chirish uchun tegishli bino va inshootlarni ajratish.
2. Binoni yong‘in xavfsizligi faoliyati uchun moslashtirish maqsadida rekonstruksiya ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.
|
2020-yil may
2020-yil noyabr
|
Toshkent shahar hokimligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Moliya vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi
|
13.
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (keyingi o‘rinlarda — Ixtisoslashtirilgan maktab) hududida Texnopark filialini tashkil etish.
|
1. Ixtisoslashtirilgan maktab hududida Texnopark filiali binosini qurish bo‘yicha yer maydoni ajratish va filial binosini qurish hamda loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolash.
2. Texnopark filiali binosini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
3. Texnopark filiali binosini qurilishini tashkil etish.
|
2020-yil avgust
2020-yil avgust
2020-yil yakuniga qadar
|
Axborot texnologiyalari vazirligi
Qurilish vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi,
Direksiya
|
14.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida Texnoparkning filialini tashkil etish.
|
1. Texnopark hududiy filiallarini qurish bo‘yicha yer uchastkalarini ajratish hamda filial binolarini qurish bo‘yicha buyurtmachi, bosh loyihalash, va pudratchi tashkilotlarni belgilash.
2. Texnopark hududiy filiallari binolarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.
3. Texnopark hududiy filiallari binolarini qurilishini yakunlash.
|
2020-yil sentyabr
2020-yil oktyabr
2021-yil iyul
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Samarqand, Buxoro, Xorazm, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Direksiya
|
|