1. Iqtisodiy talimotlar tarixni fanining predmeti va uslubi


). Fransiyaning 17 18 -asrlardagi iqtisodiy rivojlanishi öziga xos xususiyatlari



Download 87,38 Kb.
bet21/55
Sana17.08.2021
Hajmi87,38 Kb.
#150094
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
Wpargalka.fm

22). Fransiyaning 17 18 -asrlardagi iqtisodiy rivojlanishi öziga xos xususiyatlari

Frantsiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy muxit Аngliyanikidan keskin farq qilar edi. Frantsiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli boʼlib, qirollar («qirol - quyosh - Lyudovik XIV») va uning atrofidagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolьber tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, ammo bu ish qishloq xoʼjaligining ziyoniga oʼtkazildi, feodal munosabatlar toʼla saqlab turildi (eslang, Аngliya burjua inqilobi XVII asrda boʼlib oʼtdi, vaholanki Frantsiyada bu inqilob XVIII asr oxirida roʼy berdi), bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga toʼsiq edi. Manufakturalar paydo boʼldi, ammo rivoj topmadi. Sex tizimi saqlangan boʼlib, rivojga toʼsiq edi. Frantsiyaning XVII asr oxiri - XVIII asr boshidagi sotsial-iqtisodiy ahvoli klassik iqtisodiyotning Frantsiyadagi asoschilaridan biri boʼlgan Pьer Buagilьber (1646-1714) ning iqtisodiy qarashlariga katta taʼsir koʼrsatdi. Pьer Lepezan - iqtisodchining asl familiyasi boʼlib, de Buagilьber - bu oila yer pomestьesining nomi edi. Lekin tarixda Pьer Buagilьber nomi saqlanib qoldi. Pьer Lepezan de Buagilьber dvoryan normand oilasidan chiqqan, u yaxshi maʼlumot olgach, adabiyot bilan shugʼullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar sudьya (hakam) lavozimini egalladi; dehqonlar ishini olib bordi; oʼz koʼzi bilan ularning nochor ahvoliga guvox boʼldi; u bu lavozimni umri oxirigacha saqlab qoldi va katta ugliga topshirdi; oʼzini «qishloq xoʼjaligining advokati - himoyachisi» deb atadi. 1691 yilda u Frantsiyani ogʼir iqtisodiy ahvoldan chiqarish tizimini taklif etdi. Dastlabki fikrlari buyicha turli islohotlar oʼtkazib (ular burjua-demokratik harakterga ega boʼlishi kerak edi), 1707 yilda esa uning gʼoyalari yetilib, quyidagi uch qismdan tarkib topdi: 1. Soliq tizimini oʼtkazish. Soliq tizimining dehqonlar mehnatidan manfaatdorlik tamoyiliga asoslanishi, undan tashqari soliq barchaga tegishli boʼlishi kerak edi. 2. Ichki savdoni har hil cheklashlardan ozod qilish (ichki savdo erkinligi); bu chora ichki bozorni kengaytirish, mehnat taqsimotining oʼsishini taʼminlash, tovar-pul muomalasini kuchaytirishi kerak edi; 3. Donning erkin sotilishiga yoʼl berish, donga tabiiy baho taʼsirini cheklamaslik. Gap shundaki, mamlakatda donga sunʼiy ravishda baho belgilangan boʼlib, ishlab chiqarish harajatlari qoplanmas edi, don yetishtirish oʼsmay qoʼygan edi. Buagilьberning fikricha, iqtisodiyot erkin rakobat sharoitida rivojlanishi va tovarlar bozorida «haqiqiy qiymat»ga ega boʼlishi kerak edi. U davlat bu sohada dehqonlarga xomiylik qilishi zarur, deb hisobladi.




Download 87,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish