21)Dadli Nors va David Yum qarashlari
Taniqli ingliz iqtisodchi R.Kantilon (1680-1734) va D.Yum (1711-1776)lar ham merkantilistlar g'oyasining noto'g'ri ekanligini isbotlab berdilar. Sof avtomatik mexanizmlar savdo qilayotgan davlatlar o'rtasidagi «pul metallarining tabiiy taqsimlanishi»ga va ichki baholar darajasining shunday o'rnatilishiga olib keladiki, har bir mamlakat eksporti uning importiga teng bo'ladi. Alohida mamlakatda har bir qo'shimcha oltin qazib olish hajmlari boshqa mamlakatlarga nisbatan ichki baholar darajasini oshiradi. Importning eksportdan ortiqligi oqibatida oltinning oqib ketishi bilan qoplanishi kerak. Bu jarayon savdo qilayotgan barcha davlatlarda eksport va import o'rtasida oltinga yuqoriroq talabga mos bo'lgan yangi tenglik paydo bo'lguncha davom etadi. Tashqi savdo va oltin, tutash idishlardagi suv bir sathda bo'lishga intilgani kabi, aktiv savdo balansi ortidan quvish o'z-o'zini inkor etadi. Dastlab pulning metallik nazariyasi angliya iqtisodiy nazariyachilarining ta’limotlarida paydo bo‘lgan. Metall pul nazariyasi tarafdorlari sifatida U.Stafford (1554 – 1642) T.Men (1571 – 1641), D.Nors (1641 – 1691)larni ta’kidlash mumkin. Ularning pul nazariyasi asosida metall pullar ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida tabiiy ravishda vujudga keladigan jarayon sifatida emas, balki metall pullarni vujudga kelishini kishilik jamiyatining ma’lum davrida shakllangan, rivojlangan va chuqurlashib borayotgan ayirboshlash natijasi sifatida qarashgan. Metall pul nazariyasining taniqli asoschilari sifatida Fransua Kene va Adam Smitlar ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiq. Klassik maktabining fiziokratlar yo‘nalishining asoschisi Fransua Kene o‘zining ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish munosabatlariga bag‘ishlangan asarida metall pul nazariyasiga yetarlicha e’tibor qaratadi. Xususan, u takror ishlab chiqarish qo‘shimcha xarajat (investitsiya)lar hisobiga uzluksiz yangilanib turadi. Qo‘shimcha xarajatlar metall ko‘rinishida pullar hisobiga amalga oshirilib, metall pullar ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda ayirboshlash vositasi sifatida ishtirok etadi, iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar ayirboshlash jarayonida bir marta ishtirok etganidan so‘ng ushbu jaryonni tark etadi va iste’mol qilinadi. Biroq, pullar esa ayirboshlash jarayonida takror va takror ishtirok etadi, aynan shu jarayonda pullarning metalll tangalardan iborat bo‘lishi, birinchidan ular o‘zining dastlabki xossasini yo‘qotmaydi, ikkinchidan ularda pulning haqiqiy qiymati o‘z aksini topgan ta’limot asosida metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |