1.Intensivlik va Koordinatsiya nisbiy miqdori Intensivlik nisbiy miqdori hodisa va jarayonlarning tarqalish zich- ligini. voyilishini xarakterlaydi. Intensivlik nisbiy miqdoriga aholining zichligini (aholi soni/hudud), tug'ilish, o'lish. tabiiy va mexanik harakat ko'rsatkichlari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Koordinatsiya nisbiy miqdori to’plamdagi bo’laklarning bir-biriga nisbati bilan aniqlanadi va bevosita o’zaro bog'langan hamda qisman o'xshash bo'lgan ko'rsatkichlarni tipik jihatdan xarakterlaydi. Masalan. shahar va qishloq aholisi nisbati. ayollar va erkaklar nisbati. iste'mol va jamg'arma fondlari nisbati va h. k.
misol Restoranning bir kunlik oboroti 1160 ming so'm. Shundan 780000 so'mga o'zida ishlab chiqarilgan mahsulot sotilgan. qolgani (380000 so'm) sotib olgan tovarlarni sotish bo'yicha oborot. Bu yerdan:
KNM = 780/380= 2,05 so'm
Demak, restoranda bir so'mlik sotib olingan tovarlarni sotish oboroti ga 2.05 so‘mlik o'zida ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish to'g'ri ke- layapti. Bu degani. restoran asosan spirtli ichimliklar va sigaret sotish bilan emas. balki o'zida tayyorlangan mahsulotlarni (tavyorlangan ovqa- tlarni)xaridorlarga sotish bilan shug'ullangan.
2.Regressiya tenglamasini boholash Regressiya tenglamasi statistik bog‘lanishni ifodalaydi, ya’ni bu tenglama У belgining o‘rtacha darajasining o‘zgarishiga x belgining o‘zgarishi ta’siri ostida o‘zgarishini ifodalaydi.
Bu omil belgining turli qiymatlarida natija belgining guruh o‘rtachalarining matematik kutishini aniqlab beradi. To‘g‘ri chiziqli bog‘lanish mavjud bo‘lganda natijaviy belgi omil belgi ta’sirida bir tekis o‘zgaradi. Regressiya tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Уx = a0 + a1x Bu yerda Уx - natijaviy belgining tekislangan qiymati (o‘zgaruvchan o‘rtacha).
Agarda emperik ma’lumotlar omil belgining ko‘payishi natijaviy belgining tezroq o‘tishiga olib kelsa, regressiya tenglamasi sifatida ikkinchi tartibli parabola tenglamasi olinadi.
Tenglama quyidagi ko‘rinishga ega
Уx = a0 + a1x + a2x2 Ko‘p omilli (chiziqli) regressiya tenglmasi esa quyidagi ko‘rinishga ega:
Уx = a0 + a1x1 + a2x2 + … + anxn Korrelyatsiya regressiya o‘rtasidagi tahlilida bog‘lanishlar shaklini tanlash muhim bo‘lib hisoblanadi, chunki keyingi hisob kitoblar qanchalik yaxshi amalga oshirilmasa, agarda bog‘lanish shakli to‘g‘ri tanlanmagan bo‘lsa, natija noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. Bog‘lanishlar shakli dastavval sifat tahlili natijasida aniqlangan. Bu o‘rinda regressiya emperik chizig‘ining grafigidan foydalaniladi.