1. “Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi Institutsional matritsa


Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi



Download 146 Kb.
bet4/7
Sana13.12.2022
Hajmi146 Kb.
#884598
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rasmiy va norasmiy normalarni muvofiqlashtirishning zarurati

2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
Institutsionalizmning asoschilaridan biri D.Nort institutlar tarkibida ularni uchta asosiy qismga ajratadi:
- rasmiy qoidalar (konstitutsiyalar, qonunlar, sud qarorlari, ma’muriy hujjatlar va b.);
- norasmiy normalar (an’analar, urf-odatlar, ijtimoiy shartlilik);
- qoidalarga amal qilinishini ta’minlovchi (sudlar, politsiya va h.k.) majburlash mexanizmlari (masalan, jazolash tizimi).
“Institut”ning yuqorida keltirilgan ta’rifidan kelib chiqib, institutlar inson tomonidan ongli ravishda yaratilgan turli hujjatlar (konstitutsiyalar, qonunlar va h.k.) ko`rinishidagi rasmiy, “yozilgan” qoidalarda ifodalanishi mumkin. Shu bilan birga ular umumiy qabul qilingan shartlilik, xatti-harakat kodekslarida, ya’ni norasmiy, “yozilmagan” normalarda namoyon bo`ladigan, jamiyatning barcha sohalariga kirib borib, an’analar, urf-odatlar ko`rinishida yoki boshqa shaklda amal qilinadigan inson ongining mahsulini o`zida namoyon etishi mumkin.
Agar rasmiy qoidalar tizimi insonlar (davlat)ning qonun ijodkorligi faoliyatini o`zida aks ettirsa, u holda norasmiy normalar tizimi qay tarzda shakllanadi, degan savol tug`iladi.
T.Veblenning konsepsiyasiga ko`ra,institutlarning o`zgarishi tabiiy tanlab olish qonuniga muvofiq ravishda kechadi. Insonning jamiyatdagi hayoti, huddi boshqa turdagi hayot kabi – bu yashash uchun kurashish va, o`z navbatida, tanlab olish va moslashish.Uning fikriga ko`ra,ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi ijtimoiy institutlarni tabiiy tanlab olish jarayoni bo`ldi. Institutlar – inson jamiyati va inson tabiatining rivojlanishda davom etishi va shu nuqtai nazarda erishilgan taraqqiyotni umumiy ko`rinishda eng ko`p moslashgan tafakkur tarzini tabiiy ravishda tanlash va individlarni jamiyat rivojlanishi bilan izchil o`zgarib turadigan yangi sharoitlarga majburiy moslashtirish jarayoni,deyish mumkin.Shunday qilib, T.Veblenning talqinida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish(“ijtimoiy tuzum evolyutsiyasi”) turli xildagi institutlarni “tabiiy tanlash” jarayonini amalga oshirish sifatida namoyon bo`ladi.T.Veblenning nuqtai nazari F.Xayek1ning nuqtai nazariga ham yaqin. Xayekning fikriga ko`ra, jamiyatda qaror topgan ahloq qoidalari va normalarini tanlashni biologik tanlovga qiyoslash mumkin. Uning hisoblashicha, rasmiy qoidalar bilan bir qatorda (an’analar va urf-odatlar ko`rinishida) norasmiy normalarning mavjud bo`lishi shu bilan shartlanganki, “tanlab olish jarayonida, shakllangan urf-odatlar va ahloqda haqiqiy holatlar soni hisobga olinishi mumkin – individlar qabul qilishi mumkin bo`lgan narsalardan ko`proq; buning oqibatida, an’ana ma’lum jihatlarda inson ongidan ustun turadi”. Jamiyat qanchalik ko`p xilma-xillikka yo`l qo`ysa, ijtimoiy maqsadga muvofiq institutlarni tanlab olish shunchalik samarali kechadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shu narsa kelib chiqadiki, agar rasmiy qoidalar sun’iy tarzda o`ylab topilishi va majburan joriy etilishi mumkin bo`lsa, F.Xayekning ta’kidlashicha, norasmiy normalar “qandaydir o`tmishdagi voqealar bilan belgilanadi, lekin qandaydir tuzilma yoki model (institutsional matritsa)ning ongsiz tarzda o`zini o`zi tashkil etishi jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi”2. Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar – bu shartlilik, o`zini o`zi qo`llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o`z o`zidan bajariladigan qoidalardir.Ta’kidlash lozimki, “evolyutsiya” atamasidan foydalanilsa-da, tabiiy tanlash nazariyasi izchil institutsional o`zgarishlarga nisbatan hamma vaqt ham qo`llanilmaydi.Chunki eng “yaxshi” institut hamma vaqt ham yashovchan bo`lmaydi. Ikkinchi tomondan, institutlarning bir holatdan ikkinchi holatga doimiy ravishda o`tishi hamma vaqt ham tashqi omillar ta’siri ostida kechmaydi.Ba’zi bir institutlar normativ tarzda mustahkamlanib norasmiy turdan rasmiy institutlarga aylanadi,boshqalari esa, rasmiy institutlar sifatidagi avvalgi ahamiyatini yo`qotib va huquqiy tizimdan chiqarilgan holda norasmiy ko`rinishga ega bo`lishi mumkin.Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, ko`p holatlarda norasmiy normalar jamiyatda “tartibni” ta’minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g`oyat katta rol o`ynaydi. Bunga qator omillar xizmat qiladi:
1. Har qanday jamiyatda faoliyatning alohida sohalari rasmiy qoidalar mavjud bo`lmaganda faqat norasmiy normalar bilan tartibga solinadigan vaziyatni kuzatish mumkin. Xo`jalik yuritishning jamoa shakli paydo bo`lishi davrida urug`doshlik va ular a’zolari o`rtasidagi munosabatlar yoki mafiya (kriminal) guruhlar o`rtasidagi munosabatlar, O`zbekistonda mahallada yashovchi aholi orasida keng tarqalgan odatlar va qoidalar bunga misol bo`lib xizmat qiladi.
Qoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko`p sub’ekt mavjud bo`lib, ular o`rtasida qandaydir munosabatlar yuzaga kelgan taqdirda, tug`iladi. Bunda sub’ektlarning turli guruhlaridagi qoidalar bir xil bo`lishi ham, bir-biridan yaqqol farq qilishi ham mumkin. Alohida oila yoki alohida jamoa doirasidagi munosabatlar ana shunday qoidalarga eng oddiy misol bo`lib xizmat qiladi. Oila doirasidagi munosabatlar norasmiyligicha qoladi, jamoaning qarindoshlar bo`lmagan a’zolari o`rtasidagi munosabatlar esa, aksariyat hollarda shartnoma yoki boshqa hujjat ko`rinishida (fuqarolik kodeksida davlat doirasida) rasmiy tarzda mustahkamlandi.
2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin paydo bo`lib, ko`p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar uchun asos bo`lib xizmat qildi. Norasmiy normalarning rasmiy qoidalar sifatida mustahkamlanishiga istalgan mamlakatning tarixida ko`plab misollarni uchratish mumkin.



Download 146 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish