Institut bu jamiyat azolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi.
Norma institutsional muhitda individlarning o`z tanlovini amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funksiyasiga ega; o`zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o`zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma amal qilishi uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat:
individlarning guruhlanish belgilari;
muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas);
maqsad;
norma harakatda bo`lgan shart-sharoitlar;
sanksiyalar.
Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini cheklash imkonini beradi, yani g`amkorlik strategiyasini, xususan, normaning o`zini (tor manoda) va qoidalarni. Norma xillari quyidagilarga bo`linadi:
Hamkorlik strategiyasi q belgi Q maqsad Q shart-sharoit;
Norma q belgi Q muqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit;
Qoida q belgi Qmuqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit Q sanksiya.
Shaharda yoki supermarketda bir-birlarini yo`qotgan odamlarni qidirish hamkorlik strategiyasiga misol bo`ladi. Bunda: individlarning guruhlanish belgisi bir-birini yo`qotganlik fakti; maqsad - bir-birini topish; shart-sharoit uchrashish ehtimoli yaqin bo`lgan ko`zga tashlanuvchi narsa yoki buyumning mavjudligi bo`ladi.
Torroq manoda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv ko`rsatmasini bajarish o`ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o`tishda ko`rsatmalarni bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo`qoladi,yani bunda sanksiya ishga tushadi.Normaning inson xatti-harakatiga tasiri haqidagi munozara sotsiologiya va iqtisodiy nazariya o`rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo`lgan qarama-qarshilik bilan bog`liq. Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan berilgan va ekzogen xususiyatga ega bo`lgan mutlaq naimjasini ko`radilar. Homo sociologicus xatti-harakati umuman olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan aniqlanadi. Normalarning o`zlari esa, sotsiologlarning fikriga ko`ra, jamiyat xususiyatlaridan hosil bo`lgan va uni takror ishlab chiqarish vazifasini ko`zlaydi.
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning bunday talqin etilishiga qo`shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno etadi. Homo economicus o`z tanlovida, shu jumladan norma tomonidan qo`yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs tanlovining institutsional cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo`lishini umuman inkor etadi. Yoki normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog`i, ularda tashqaridan berilgan xatti-harakat natijasini emas, balki anglab yetilgan tanlov natijasini ko`rishga intiladi.Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti-harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |