1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha Inflyatsiyaning turlari va uning kelib chiqish sabablari Inflyatsiya sabablari


Asosiy qism 1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha



Download 138,97 Kb.
bet2/15
Sana16.01.2022
Hajmi138,97 Kb.
#374258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5330149732545205437

Asosiy qism

1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha

INFLYATSIYA (lot. infl atio — shishish, bo’rtish, ko’tarilish), pulning qadrsizlanishi—tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xo’jalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qog’oz pullar mikdorining ko’payib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan us-tunligi natijasida tovar bilan ta’minlanmagan pullarning paydo bo’lishi.

Inflyatsiya birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar nyarxining ko’tarilishi ko’rinishida, shuningdekoltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar i. ch. ning to’lov qobiliyatiga ega talab o’sishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko’payib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qo’shimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining ko’plab kirib kelishi va boshqa omillar Inflyatsiyani yuzaga keltiradi. Inflyatsiya jarayoni narxlarning o’sishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir.

«Inflyatsiya» termini dastlab 1861—65 yillarda Shim. Amerikada, so’ngra Fransiya va Germaniyada qo’llanilgan. Tovarpul muvozanatiga ko’ra, pul massasi (M) pul miqdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra ko’paytmasi bo’lib, bu tovar massasi (T)ga, ya’ni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra ko’paytmasiga teng bo’lishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil bo’ladi. Agar pul ko’payib ketsa M>T, ya’ni pulning bir qismi ortiqcha bo’ladi.

Agar pul miqdori o’zgarmaganda tovar mikdori qisqarib ketsa Tnarx tovar birligiga beriladigan pul miqdoridir. Inflyatsiya bu faqat pul bilan bog’liq hodisa emas, balki iqtisodiyot yuksalganda qisqaradigan, tushkunlik paytida kuchayadigan iqtisodiy holat mahsuli.

Oltin va kumush muomalada bo’lgan sharoitlarda Inflyatsiya yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar xarid uchun zarur bo’lganidan ortiq bo’lsa, ortiqcha pul xazina sifatida to’planadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar ko’payib pulga ehtiyoj bo’lganda ular jamg’armadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qog’oz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qog’oz pullar boylik vazifasini o’tay olmaydi va ularning ortiqchaligi Inflyatsiyaga sabab bo’ladi. Shu sababli pul jamg’armalarini ko’chmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yo’li bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. 

G’arb ilmiy manbalarida yillik Inflyatsiya sur’ati 10% gacha bo’lganda qisman (mo’tadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. sur’ati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyatsiyatsa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.

Inflyatsiyaning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq Inflyatsiya erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis o’sishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yo’qotmaydi. Iqtisodiyot bozor o’zgarishlariga o’z aks ta’sirini ko’rsa-taveradi va turli bozorlar muvozanat yo’nalishiga o’zi moslashadi.

Yashirin inflyatsiya sharoitida vaziyat boshqacha bo’lib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi ma’muriy nazorat o’rnatadi. Yashirin Inflyatsiya bozorning o’z-o’zini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar i. ch. xarajatlari yuqori bo’lgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yo’qqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qoldiqlari ham chiqib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning ko’tarilishiga sabab bo’ladi.

Ochiq inflyatsiyaning quyidagi shakllari mavjud: talab inflyatsiyasi, xarajatlari, tuzilmaviy inflyatsiya va boshqalarning bu turlari bozorning o’zi tomonidan yaratiladi.

Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan inflyatsiya yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) o’zgarmaydi, xarajatlar ortishiga qarab narxning o’sishi firmalarning foyda olib ishlashini ta’minlaydi.

Inflyatsiya pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat xarajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini ta’minlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qog’ozlar bozoriga tortish va boshqalardan iborat. Inflyatsiyaga qarshi siyosat yuritiladi. Inflyatsiya jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Mac, sur’atlari 1980-yilda AQSHda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-yilda tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi.

Inflyatsiya shiddati narxlarning o’sish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks O’zbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000-y.) narxi o’zgarishlarini hisobga oladi.

Inflatsiyaga nima ta'sir qiladi?


Yuqori inflyatsiya kabi bunday jarayon pulning sotib olish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin va shaxsiy shaxsning shaxsiy daromadi unga bevosita bog'liq emas. Daromadlar aniqlanganda turmush darajasi pasayadi. Bu nafaqaxo'rlar, talabalar va nogironlar uchun amal qiladi. Iqtisodiy inqiroz tufayli, ushbu toifadagi odamlar kambag'al bo'lib qolmoqda, shuning uchun qo'shimcha daromad olishni yoki xarajatlarni kamaytirishga majbur. Daromadlar belgilanmagan bo'lsa, odam bu vaziyatda o'z vaziyatini yaxshilash uchun bunday imkoniyatga egadir. Bu kompaniyaning menejerlari tomonidan ishlatilishi mumkin.

Misol tariqasida, mahsulot narxi oshib borishi va resurslarning narxi bir xil bo'lib qolishi mumkin. Shunday qilib, sotishdan olingan daromad xarajatlarni oshiradi va daromadlar oshadi.




Download 138,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish