Inflatsiyani quyidagi sabablar keltirib chiqaradi:
1. Davlat o`z xarajatlarini o`z daromadi hisobidan qoplay olmay qolganholatda, muomalaga qo`shimcha pul chiqarish orqali qoplaydi. Natijada muomaladaTovar va xizmatlar bilan taminlanmagan pul paydo bo`ladi, bu esa o`z navbatidapulning qadirsizlanishiga olib keladi. 2.Ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish pasayganda muomaladagi pul kamaymaydi, tovarlar miqdori esa kamayadi, natijada narx oshadi pul qadri pasayadi.
3. Mamlakatda chetdan keltirilgan {emport} tovarlar narxining ko`tarilishi. Bu o`z navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan o`xshash va o`rinbosar tovarlar narxini oshiradi.
4. Kreditning haddan tashqari rivojlanib ketishi. Moddiy nematlar yaratish bilan bog`liq bo`lmagan sohalarga berilgan kreditlarning tez suratlar bilan o`sishi muomaladagi pul massasining ko`payishiga olib keladi.
5. Pulga nisbatan xalq ishonchining yo`qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning ko`payib ketishi, mamlakat to`lov balansi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |