45.Moddiy resurslardan samarali foydalanish masalalari
Ijtimoiy ishlab chiqarish va uning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan korxona faoliyatining samaradorligini oshirishda moddiy resurslardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Moddiy resurslardan foydalanishning juda ko‘p yo‘llari mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
Moddiy resurslardan kompleks (har taraflama) foydalanish;
CHiqindilardan yoki ikkilamchi xomashyo va materiallardan foydalanish.
Xomashyo va boshqa aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash uchun dastavval fan va texnika taraqqiyotini jadallashtirish kerak. Eski texnikani yangi texnika bilan almashtirish, ayniqsa, hozirgi zamonda rivojlangan xorijiy mamlakatlar texnologiyasini joriy etish zarur. Bu borada hozirgi paytda respublikada anchagina ishlar amalga oshirilmoqda. Rossiya, Germaniya, AQSH, YAponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Italiya va boshqa bir qator davlatlar bilan hamkorlikda sanoat korxonalari texnik va texnologik jihatdan yaxshilanmoqda. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayonini kompyuterlashtirish kuchaymoqda. Ba’zi bir mashina- mexanizmlar modernizatsiya qilinmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlari takomillashmoqda. Bu esa korxonalarda ishlovchilarning malakasini oshishiga ta’sir ko‘rsatmoqda, oqibatda har bir mahsulot birligiga sarflanayotgan mehnat buyumi kamaymoqda. Xomashyo, yoqilg‘i, energetika resurslari, ya’ni aylanma fondlarning yaxshi ishlatilishi tufayli katta samara olish borasida faqat texnikaviy omillargina katta o‘rin tutmasdan, ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham etarli rol o‘ynaydi.
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda xo‘jalik mexanizmining ahamiyati katta. Xususan, rejalashtirish, baholash, moliyalash, kreditlash, xo‘jalik hisobini yuritish, boshqarish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish kabi xo‘jalik mexanizmining elementlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma fondlardan oqilona foydalanish uchun raqobatni joriy etish kerak. Raqobat esa mahsulotni eng sifatli, eng arzon va ko‘plab ishlab chiqarish vositasidir. Raqobat bo‘lishi uchun bir xil mahsulotni ishlab chiqaradigan korxonalar soni ko‘p bo‘lishi kerak.
Aylanma fondlardan rejaviy foydalanishni tashkil qilishda ularning ayrim turlarini mahsulot birligiga sarf etishni ilmiy asosda normallashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Bu ishni bajarish ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelligini oshirish, moddiy texnika ta’minotini tashkil etish, texnika va texnologiyani takomillashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Barcha normalar ilmiy jihatdan asoslangan va o‘zlarining xususiyatlari bo‘yicha ilg‘or davr talabiga javob beradigan bo‘lishi zarur.
Moddiy resurslarni sarflash normalari turlicha bo‘lishi mumkin:
Foydalanish muddatiga normalar, a) istiqbolli; b) yillik va operativ normalar.
Qo‘llanish miqyosi bo‘yicha normalar ikki xil: shaxsiy normalar va rasmiylashgan normalar bo‘ladi.
Normallashtirilayotgan mablag‘ning detallashtirish darajasi: tayyor mahsulot yoki uning ayrim qismlari bo‘yicha ajratilishi mumkin.
Materiallarni detallashtirish bo‘yicha yig‘ma normalar, yiriklashgan normalar bo‘lishi mumkin.
Moddiy resurslarni to‘g‘ri, oqilona sarflashni normallashtirish uchun ularning tarkibini belgilash katta ahamiyatga ega.
Normalar tarkibida quyidagilar e’tiborga olinadi:
- mahsulot birligiga sarflanadigan foydali xomashyo va materiallarning miqdori.
- zaruriy texnik chiqindi va boshqalar. Masalan, kiyim tikish jarayonida qiyqimlar chiqadi. Normalar tajriba, laboratoriya, texnikaviy, analitik, hisob, statistik usullar bilan tuziladi. Bu usullarning eng muhimi birinchisi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |