1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi



Download 0,51 Mb.
bet52/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)

Mineral xomashyolar. Er ostidan qazib olinadigan mineral birikmalar mineral xomashyolar deyiladi54. Iqtisodiyotda ishlatiladigan minerallar uch turga bo‘linadi: a) rudali; b) rudasiz; v) yonuvchi mineral xomashyolar. Bu minerallarning ko‘pi qattiq holda bo‘ladi. Suyuq mineral boyliklarga faqat neft hamda tuz eritmalari, gaz holdagisiga esa tabiiy gaz kiradi.
Rudali mineral xomashyolar foydali jinslar bo‘lib, metallar olish uchun asosiy manbadir.
Rudasiz mineral xomashyolar ham tog‘ jinslari bo‘lib, ular metall olish uchun ishlatilmaydi. Bunday mineral xomashyolar hech qanday kimyoviy qayta ishlanmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiyotda yoki metallsiz ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Rudasiz minerallar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • qurilish materiallari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki fizik-kimyoviy qayta ishlangandan so‘ng qurilish ishlarida ishlatiladigan mineral xomashyo;

  • industriya xomashyolari – kimyoviy qayta ishlanmasdan sanoatning turli tarmoqlarida ishlatiladigan xomashyo.

  • kimyoviy mineral xomashyolar – kimyoviy qayta ishlash uchun ishlatiladigan minerallar;

  • qimmatbaho va rudasiz minerallar – tabiiy holda yoki mexanik qayta ishlangandan so‘ng bezak uchun ishlatiladigan minerallar.

YOnuvchi mineral xomashyolar yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan foydali qazilma boyliklardir. Bularga tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir, torf, yonuvchi slanetslar, neft hamda tabiiy yonuvchi gazlar kiradi. YOnuvchi gazlar, neft va ko‘mir eng arzon hamda foydalanish uchun qulay yoqilg‘igina bo‘lmay, balki kimyo sanoatida qimmatbaho xomashyo hamdir.
O‘simlik va hayvonot xomashyolariga yog‘och, zig‘ir, kanop, yog‘lar, o‘simlik moylari, hayvonot terilari va shunga o‘xshashlar kiradi. Bular iqtisodiyotda ishlatilishiga ko‘ra ozuqabop va texnik xomashyolarga bo‘linadi. Ozuqabop xomashyolarga ozuqa sifatida ishlatiladigan birikmalar

  • o‘rmonchilik, baliqchilik va qishloq xo‘jalik mahsulotlari kiradi.

O‘simlik va hayvonlardan olinadigan texnik xomashyolarga yuqorida ko‘rsatilgan iqtisodiyot tarmoqlarining oziq uchun yaramaydigan mahsulotlari kiradi. Bunday mahsulotlarni mexanik va kimyoviy usulda qayta ishlash orqali, ulardan turmushda va sanoat ishlab chiqarishida ishlatiladigan xomashyolar olinadi.
Umuman fan va texnikaning nihoyatda tezlik bilan rivojlanishi yangidan-yangi materiallarni, shuningdek, yangi xomashyo materiallarini qidirib topish masalasini qo‘yadi. Bu masala asosan olti yo‘l bilan amalga oshiriladi:

  • iloji boricha arzon xomashyolarni qidirib topish va ishlatish;

  • xomashyodan kompleks foydalanish;

  • konsentrlangan xomashyo va mahsulotlar ishlatish;

  • juda toza mahsulotlar ishlatish;

  • texnika maqsadlari uchun ishlatiladigan ozuqabop xomashyolarni noozuqabop xomashyo bilan almashtirish;

  • iloji boricha mahalliy xomashyolardan foydalanish.

Hozirgi vaqtda kimyo va kimyoviy texnologiyaning yutuqlari muhim texnika xo‘jalik mahsulotlarini noozuqabop xomashyolardan olishga imkon beradi. Bunday xomashyolar sifatida toshko‘mir, torf, slanets, neft, tabiiy gazlar, yog‘och, o‘simlik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chiqindilari ishlatilmoqda. Masalan, sovun yuvuvchi mahsulotlar, izolatorlar ishlab chiqarishda, to‘qimachilik sanoatida, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda, charm sanoatida, korroziyaga qarshi kurashishda, betonlarni suv o‘tkazmaydigan qilishda, metallarni silliqlashda, metallarni qirqishda sovutgichlar sifatida har yili bir necha ming tonnalab qimmatbaho ozuqabop moylar ishlatiladi.
Sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida keng miqyosida ishlatiladigan etil spirt ishlab chiqarish uchun ham juda ko‘p miqdorda yuqori sifatli don va kartoshka ishlatiladi. Xuddi shu singari sanoatda un, kraxmal, sut kabi mahsulotlar texnika maqsadlari uchun ishlatiladi. Masalan, kazein-oqsil modda sutda bo‘ladi, kazein elim ishlab chiqarishda, qog‘oz va charm sanoatida bo‘yoqchilikda hamda muqovalar qilishda asosiy mahsulot sifatida ishlatiladi. Bu maqsadda kazein ishlab chiqarish uchun har yili bir necha yuz ming tonna yog‘sizlangan sut sarflanadi.
Kraxmal to‘qimachilik sanoatida, rezina va kimyo sanoatida, gugurt sanoatida, elektrodlar olishda keng qo‘llaniladi. Hozir sanoatda kraxmal poliakrillamid hamda Sellulozaning suvda eruvchan efirlari – karboksilmetil Selluloza (KMS) bilan muvofaqqiyatli almashtirilgan. SHu bilan birga KMS ko‘p miqdorda kraxmal o‘rnida, to‘qimachilik, qog‘oz va gugurt sanoatida ozuqabop un o‘rnida ishlatilmoqda.
Hozir etilendan va yog‘ochdan olinayotgan sintetik etil spirt tarkibi va sifati jihatidan ozuqabop xomashyolardan olinadigan etil spirtdan farq qilmaydi va shu bilan birga ancha arzon hisoblanadi. SHuning uchun iqtisodiyotning ko‘p tarmoqlarida bunday etil spirt ko‘p ishlatilmoqda. SHuningdek, gaz va neftni qayta ishlash mahsulot-laridan sirka kislota, glitserin va yog‘lar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlarni bu yo‘l bilan ishlab chiqarishda ko‘p miqdorda ozuqabop xomashyolar tejab qolinadi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi bir muncha arzonlashadi.
Sanoatni yanada rivojlantirish, texnika taraqqiyoti sur’atlarini jadallashtirish va sanoat mahsulotlarining turlarini ko‘paytirish vazifalari sun’iy materiallar ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirishni taqozo etadi.
Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va uni sanoatda qo‘llash quyidagi hollarda iqtisodiy samarador hisoblanadi:

      1. sun’iy material yagona xomashyo bo‘lgan tarmoqda ishlab chiqarishning jadal sur’atlari bilan va keng masshtabda rivojlantirishga sabab bo‘lsa;

      2. qayta ishlovchi tarmoqlar texnika bazasining mukammallashuviga sabab bo‘lsa;

v) ushbu materialni iste’mol qiladigan tarmoqlar mahsulotining sifatini yaxshilashga va assortimentni kengaytirishga sabab bo‘lsa;
g) qayta ishlash tarmoqlarida texnologik jarayonlarni jadallashtirishga va uskunalarni mukammallashtirishga sabab bo‘lsa;

  1. tayyor sanoat mahsuloti ishlab chiqarish uchun sarflanadigan ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishga sabab bo‘lsa;

  2. sun’iy materiallardan ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini kamaytirsa.

Sun’iy materiallar ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda vaqt omilini, ya’ni qisqa vaqt ichida kerakli miqdorda sanoat mahsulotini ishlab chiqarishga erishish mumkinligini e’tiborga olmoq lozim. Bu sohada sun’iy materiallar behad afzalliklarga ega, chunki tabiiy xomashyo bo‘lgan paxta, jun, teri va boshqalarni ishlab chiqarishga oylab vaqt ketsa, sun’iy materiallarni ishlab chiqarishga kunlab va soatlab vaqt kifoya qiladi.
Sun’iy materiallar ishlab chiqarishga tabiiy materiallarga nisbatan ancha kam ijtimoiy mehnat sarf qilinadi. Masalan, 1 tonna yuvilgan jun ishlab chiqarishga 7000 odam/soat sarflansa, sintetik tolaga 225-1400 odam/soat sarflanadi.
Sun’iy materiallar sanoatning qo‘shimcha xomashyo bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Sun’iy materiallar ishlab chiqarishda jarayonlarni kimyolashtirish, ayniqsa, organik sintezni rivojlantirish katta rol o‘ynaydi. Turli tarmoqlarda kimyoviy metodlarni qo‘llash tabiatda ko‘p tarqalgan mahsulotlardan sifati tabiiy materiallarnikidan ancha ustun bo‘lgan juda ko‘p yangi tur sun’iy materiallar ishlab chiqarish imkonini beradi.
Zamonaviy texnika sintetik materiallarga turlicha talablar qo‘yadi. Sintetik materiallar juda ko‘p o‘ziga xos afzalliklarga ular uzoq vaqt o‘ta yuqori va o‘ta past temperaturaga, yuqori bosim va juda katta elektr kuchlanishlariga chidamli bo‘ladi. Sun’iy materiallar ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni tez sur’atlar bilan rivojlantirish sanoatni rivojlantirish va sanoat xomashyo bazasini kengaytirishning asosiy yo‘llaridan biridir.
Sanoatni rivojlantirishda plastmassalar, sintetik kauchuk, sun’iy va sintetik tolalar, sun’iy charmlar va charm o‘rnini bosuvchi materiallar, sintetik yuvish vositalari va ozuqa xomashyosi o‘rnini bosuvchi sun’iy materiallar, muhim rol o‘ynamoqda.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish