1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi


Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning



Download 0,51 Mb.
bet33/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)

26. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning
omillari va yo‘llari
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning juda ko‘p, xilma-xil omillari va asosiy yo‘nalishlari mavjud. Barcha omillar uch belgiga asosan guruhlarga bo‘linishi mumkin: man­ba bo‘yicha, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha, omillarning o‘rni va amalga oshirish darajasi bo‘yicha.
Omillarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbalari bo‘yicha tasniflash nimalar hisobiga ijtimoiy mehnatni tejashga erishish mumkinligini yoki erishilganligini aniqlashga yordam beradi. SHu nuqtai nazardan asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi, fond sig‘imi hamda kapital mablag‘ talablikni kamaytirish, tabiiy resurslardan ratsional foyda­lanish va vaqtni tejash. Lekin bunday tasniflash talabga javob bermaydi. Bu savollarga javob topish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning barcha omillarini ish­lab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishning aso­siy yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlash kerak. Ular ijtimoiy mehnatni tejashga qaratilgan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora-tadbirlar kompleksidan iborat. Bu yo‘nalishlar g‘oyat xilma-xildir. Eng muhimlariga quyidagilar kiradi:
-ishlab chiqarish strukturasini yaxshilash;
-fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotning texnik-iqtisodiy darajasini ko‘tarish, fan va texnika yutuqlarini joriy etish muddatini qisqartirish;
-ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, mahalliylashtirish va hududiy joylashtirish darajasini oshirish;
-boshqarishning strukturasini, moliyalash, baholash va kreditlash hamda rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
-inson omilini kuchaytirish asosida mehnatkashlarning ijodiy faolligini va tashabbusini oshirishni yo‘lga qo‘yish.
Sanoat ishlab chiqarishini erkinlashtirish tarmoqda islohotlarni chuqurlashtirish, samaradorlikni oshirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Sanoat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini yuqori darajaga ko‘tarishda inson omilining roli beqiyosdir. Insonlarning tashabbusi, kuch-g‘ayrati, jonli ijodiyoti har qanday taraqqiyotning qudratli kuchi va eng muhim manbai hisoblanadi. SHu sababli ham insonni jamiyatning asosiy ish­lab chiqaruvchi kuchi deb ataydilar. U barcha yangiliklarni, shu jumladan, yangi, ilg‘or texnika-texnologiyalarni yaratadi, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etadi, ilmiy va amaliy kashfiyotlar qiladi. Barcha ishlab chiqarish vositalari inson mehnati bilan harakatga keltiriladi, foydali narsalar hosil qilinadi. Bu faoliyat yo‘nalishi va natijalari hodimning o‘z faoliyatida qanday o‘y-fikrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy yo‘l-yo‘riqlarga amal qilishiga bog‘liq. SHu sababli inson omilining mohiyati, ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson haqidagina emas, balki avvalo inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimo­iy munosabatlarning butun tizimi bilan belgilanuvchi ijtimo­iy sifatlar, faoliyatni rag‘batlantiruvchi omillar va muddaolar haqida borishi kerak.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish