-uchinchi, texnologik ixtisoslashtiriish. Bu ixtisoslashtirishning eng oliy shakli bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining ma’lum operatsiyalarini bajarishni o‘zida mujassamlashtiradi. Korxona-larda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarining kengayishi ixtisosla-shishning doimo rivojlanishi va mukammallashuvining zarurligini ifodalaydi. Masalan, mashinasozlikda buyumlar bo‘yicha ixtisoslashish - ma’lum ishlab chiqarish tarmoqlari yoki ish turlari (paxta terish, yo‘l qurilishi) uchun mashinalar ishlab chiqarishning mujassamlashuvi yo‘nalishida rivojlanmoqda. Bunday ixtisoslashish konstruktorlarga ayrim tarmoqlarda mashinalarning ishlash sharoitlarini chuqurroq o‘rganish hamda mukammalroq texnika yaratish imkonini kengaytiradi. Bir korxona miqyosida tugallangan holatda mahsulot ishlab chiqarishning tashkil etilishi unga doimo xizmat qilib, zarur qismlarni etkazib beruvchi ixtisoslashgan korxonalar tashkil etilishini taqozo etadi. CHunki barcha turdagi mahsulot ishlab chiqarishni bir korxonaga to‘plash mumkin emas. SHu tufayli qismlar yoki mahsulotning bo‘laklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy korxonalar tashkil etilgan. Bu xil qismlar bo‘yicha ixtisoslashgan korxonalar ko‘proq mashinasozlikda ko‘rinadi.
Qismlar yoki mahsulot bo‘laklarini ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarga sharikopodshipniklar, porshen ishlab chiqaruvchi zavodlar, karbyurator zavodi, reduktor, asbob-anjomlar, quyma, ehtiyot qismlar, televizor transformatorlari, televizorga futlyarlar, kondensatorlar, yuqori bosimli nasoslar, divan-krovatlar uchun oyoqlar va boshqalarni ishlab chiqarish misol bo‘la oladi. Masalan, sharikopodshipniklar, porshenlar, reduktorlar, motorlar va boshqalar tayyorlaydigan turli jarayonlarga tashkiliy jihatdan bo‘linishi mumkin.
Korxonalarning texnologik ixtisoslashuviga mashinasozlik zavodlari uchun tayyor qismlar ishlab chiqaruvchi, quyuvchi va temirchi-presslovchi zavodlar, to‘qimachilik fabrikalari uchun ip-yigiruv fabrikalari misol bo‘la oladi.
Ixtisoslash darajasining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
-ixtisoslashgan korxonalar ishlab chiqargan mahsulotining shu mahsulot turining umumiy hajmidagi salmog‘i;
-ishlab chiqarilgan, texnologik jihatdan o‘xshash bo‘lgan assortimentdagi buyumlarning guruhlari, turlari.
Korxona tarkibidagi ixtisoslashuvni ta’riflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
-dastgohlar ilg‘or turlarining ushbu korxona yoki sex dastgoh-larining umumiy miqdoridagi salmog‘i;
-potok liniyalarda o‘rnatilgan dastgohlarning salmog‘i. Masalan, potok usulida ishlab chiqarishda band bo‘lgan metall qirquvchi dastgohlarning hamma asbob-uskunalar qiymatiga nisbati (foiz hisobida);
-korxona ishlab chiqaradigan turli mahsulotlarda unifikatsiyalash- tirilgan yoki bir shaklga keltirilgan detallar va qismlar salmog‘i.
Ixtisoslashgan korxona (firma)lar va ularning bo‘limalari sonining o‘sishi ham ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash - bu ishlab chiqarishning tobora yirik korxonalarda jamlanish jarayonidir. Ishlab chiqarish konsentratsiyasi darajasi katta korxonalarning butun tarmoqda umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotlardagi solishtirma og‘irlik ko‘rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Ko‘p ukladli va ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotida kichik va o‘rta korxonalar mahsulotlarining solishtirma og‘irligini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Katta, o‘rta, kichik korxonalarni birga olib borish ijtimoiy taraqqiyotning ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini to‘g‘ri echish uchun yordam beradi Sanoatning ixtisoslashuvi muayyan mahsulot ishlab chiqaruvchi va o‘ziga xos ishlab chiqarish apparati, texnologik jarayon va ixtisoslashgan kadrlar bilan tavsiflanuvchi tarmoq va ishlab chiqarishning ajratilishi bilan ifodalanadi.
Ishlab chiqarishni kooperativlashtirish - bu muayyan bir mahsulotni hamkorlikda ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |