Kadrlar (xodimlar) – bu muayyan kasbni egallash bo‘yicha tayyorgarlikni o‘tgan, amaliy tajriba va mehnat ko‘nikmasiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohasida ish bilan band bo‘lgan kishilardir.40
Kadrlarga bo‘lgan talabni aniqlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan oqilona foydalanish, kadrlarning mehnati bo‘yicha rejalashtirish va hisobga olish va boshqa yo‘nalishlar bilan mujassamlashtirish uchun xodimlarni guruhlarga ajratish kerak bo‘ladi, ya’ni tasniflash zarur.
Sanoat xodimlari quyidagicha tasniflanadi41:
Ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan funksiyalariga binoan personal oltita kategoriyaga bo‘linadi: ishchilar (asosiy va yordamchi), muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar, kichik xizmat ko‘rsatuvchi personal, shogirdlar, qorovullar.
Faoliyat turining xarakteriga binoan xodimni u yoki bu kategoriyaga kiritishga uning ma’lumoti emas, balki egallab turgan lavozimi asos bo‘la oladi.
Texnologik jarayonda ishchilarning ishtiroki tamoyili bo‘yicha: mahsulot ishlab chiqarishda ishtiroki bo‘yicha ishchilar asosiy va qo‘shimcha ishchilarga bo‘linishadi, muhandis-texnik xodimlar esa – rahbarlar, mutaxassislar va texnik ijrochilarga bo‘linishadi.
Ishlash muddati bo‘yicha: doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik xodimlarga bo‘linadi.
Moddiy ishlab chiqarishning barcha xodimlari ikki guruhga bo‘linadi:
asosiy faoliyatda band bo‘lgan personal (sanoat-ishlab chiqarish personali)
asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan personal yoki boshqa personal: ushbu kategoriyaga korxona tarkibiga kiruvchi nosanoat tashkilotlarining personali kiradi.
Ishlab chiqarish tarkibi o‘ta murakkab bo‘lgan sharoitlarda mehnat xarajatlarini aniq hisobga olish va boshqarish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. SHu sababdan, ishchi-xodimlarni asosiy mahsulot ishlab chiqarishda ishtiroki darajasidan kelib chiqib 5 guruhga bo‘linadi:
“A” kategoriyasi - korxona ishlab chiqarishining asosiy maqsadi bo‘lgan mahsulotni bevosita ishlab chiqarishda qatnashuvchi ishlab chiqarish
ishchilari.
“B” kategoriyasi – “A” kategoriyasi ishchilarining ish joylariga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi yordamchi ishchilar. Ularga – sozlovchilar, nazoratchilar, kranchilar, ishlarni taqsimlovchilar va bevosita ishlab chiqarish uchastkalarida band bo‘lgan yordamchi ishchilar.
“Ca” kategoriyasi – mehnat vositalari (instrument, jihozlar, texnologik uskunalar)ni yaratish, ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishchilar.
“Cb” kategoriyasi – “B” kategoriyasidagi ishchilarning ishlarida band bo‘lgan ishchilar, lekin “Ca” kategoriyasi ishchilarining ish o‘rinlariga bevosita xizmat ko‘rsatuvchilar.
“D” kategoriyasi – umumzavod xizmatlari (laboratoriya, aloqa va boshq.) ishchilari.
Tarmoq va korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil etishda, ayniqsa mehnat unumdorligini hisoblash, o‘rtacha ish haqini aniqlash, kadrlar qo‘nimsizligini aniqlash uchun xodimlarning o‘rtacha soni ko‘rsatkichi ko‘p ishlatiladi.
Kadrlar salohiyatini miqdoriy baholash bilan birgalikda ularni sifat jihatdan ham tavsiflash kerak bo‘ladi. Bu jihatlar xodimlarning professional va malakaviy fazilatlari bilan belgilanadi. Bu borada, birinchi o‘rinda
«mutaxassislik», «ixtisoslik», «malaka» degan tushunchalar yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |