Bolalar yuzasidan oilalar bilan muloqot yuritish – pedagogik jamoa vazifalarining eng muhim qismi. Har bir oila bolalarning kamol topishi, ularning yaxshi va bajonidil o‘qishidan manfaatdordir. Ehtimol, MTM – bu bolalarning oldindan tashqaridagi ilk tajribasi bo‘lgani uchun oila a’zolari uning yutuqlaridan boxabar bo‘lishni istaydi. Pedagoglar bola haqidagi tasavvurlarni chuqurlashtirish va yanada samarali faoliyat yuritish uchun ota-onalar bilan bolaning uydagi va maktabdagi mashg‘ulotlari, uning kuchli va zaif tomonlari, tashvishlantirayotgan jihatlari haqida bajonidil muhokama etishlari zarur.
Albatta, muloqot ochiq-oshkora va ishonchli bo‘lishi uchun vaqt talab etiladi. SHuning uchun boshidanoq ota-onalar bilan suhbatlashish, oiladan taqdim etilayotgan ma’lumotlar naqadar muhim ekanini tushuntirishlari kerak. Diqqat bilan tinglay olish – ochiq muloqotning muhim negizidir.
Muloqot chog‘ida pedagoglar ota-onalar uchun tushunarli, aniq tilda so‘zlashishi, savollar berish uchun ularga imkon qoldirishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |