Kichik guruhda son- sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish.
Son-sanoq. Bolalarga alohida predmetlardan guruh hosil qilishni (barcha qizil, barcha sariq, barcha yumaloq va boshqa predmetlarni guruhlash), guruhdan bir predmetni ajratishni, “ko‘p”, “bitta”ni farqlashni, xonada qaysi predmetlar ko‘p, qaysi bittaligini, “bittadan”, “bitta ham” iboralarini tushunishni o‘rgatish.
To‘plam tarkibiga kiruvchi predmetlarning miqdoriga ko‘ra guruhlarning tengligi va teng emasligini farqlash, bir predmetni ikkinchisining ustiga yoki ostiga qo‘yib taqqoslashni o‘rgatish.
“Ko‘p”, “kam”, “teng”, “shuncha” kabi so‘zlarni tushunish va nutqda o‘z o‘rnida qo‘llashni, “qancha?” so‘rog‘ining ma’nosini tushunishni o‘rgatish.
Sanashni bilmaganligi sababli, kichkintoylar faqat hissiy idrok asosida ko’p har xil tovushlar chiqaradilar: chapak chaladilar yoki qo’llarini ko’taradilar, yoki tarbiyachi bolg’acha bilan necha marta taqillatgan bo’lsa shuncha marta taqillatadilar.
Tarbiyachi avval bir marta taqqilatadi, bolalar topshiriq ma’nosini tushunib oladilar, shundan keyin ularda bittadan uchtagacha taqillatish talab qilinadi.
“ TASDIQLAYMAN ”
O’ va TIBDO’_________M.Qo’ldoshev
Sana _______________
Fan nomi:Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |