1-ilova
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika mashg’ulotlarini tashkil etish nechaga bo’linadi?
2.Matematika mashg’ulotlarini yillik rejalashtirishni qamday tushunasiz?
3.Matematika mashg’ulotlarini olib boorish haqida nimalarni bilasiz?
4.Kichik guruh bolalarini o'qitish qanday usulda olib boriladi?
2-ilova
5.Mavzu: Matematika mashg’ulotlariga qo’yilgan didaktik talablar.
Reja:
1. Didaktika haqida tushuncha.
2. Matematika mashg’ulotlariga qo‘yilgan didaktik talablar.
3.”STEAM” yangi ta’lim yondashuvi
1.Didaktika haqida tushuncha.
Didaktika (yun. didaktikos — oʻrga-tuvchi, taʼlim beruvchi) — pedagogikaning tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan shugʻullanadi. "D." atamasi ilk bor Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining "Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab chiqdi. Nemis pedagogi A. Disterveg oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35) asarida D.ning ped.da taʼlim nazariyasini bayon etuvchi alohida qism ekanligini taʼkidlagan. Shundan keyin D.ga taʼlim nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida D.ga oid maxsus monografiyalar paydo boʻla boshladi.
Matematikadan mashg'ulotlar haftaning ma'lum bir kunida o‘tkazilishi kerak.
Mashg’ulotning har bir maqsadi aniq bo’lib, bilimda aniq bir sifat o’zgarishni ko’zda tutgan bo’lishi kerak. Bolada masalalar yechish uchun tegishli ko’nikma va masalalar, mantiqiy hamda ijodiy fikrlash faoliyati to’la shakllangan bo’lishi kerak.
Tarbiyachi savol yordamida bolani rag’batlantirish, mashg’ulotlarda muammoli jarayonlar yaratish, erkin ijodiy mashg’ulotlar tashkil qilishi kerak. Bu ishlarni amalga oshirishda quyidagi qator shartlarga rioya qilishi kerak.
-Tasodifiy “bo’shliqqa” yo’l qo’ymaydigan mashg’ulotning boorish tezligini saqlab turish;
-Ishning boshlanishiga qadar barcha tushuntirishlar, buyruq va ko’rsatmalar aniq qilingan bo’lishi kerak;
-Pedagog (tarbiyachi) o’z tushuntirishlarida bolalarning individual javoblari vaqtida bolalarning fikrlash faoliyatini doimiy ravishda faollashtirib borishi kerak;
-Bolalarning barchasi ishlayotgan paytda ularni ortiqcha gaplar bilan chalg’itmaslik, sinf xonada aylanib yurmaslik va ayrim guruh bolalariga beriladigan tanbehlar yuqori ovozda aytilmasligi kerak;
-Ishning shakli va ko’rinishi har xil bo’lishligi;
-Muhokama qilinayotgan materialni tahlil qilishda har xil strategic usullarni tashkil qilishdan foydalanish;
-Maktabga tayyorlov guruhida ish tajribasi shuni ko’rsatadiki, bir masalani turli usullar bilan og’zaki yechish bolalarning mantiqiy fikrlashini, uddaburonligini,tezda tiklay olishini, paydo bo’lgan har xil muammolarni og’zaki bajarishning to’g’ri yo’lini topa bilishlik qobiliyatini yanada rivojlantiradi va shakllantiradi
Maktabgacha ta’limda har bir mashg’ulot tugallanadigan maqsadni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Mashg’ulot yetarli darajada qoniqarli va muvoffaqqiyatli o’tishi uchun tarbiyachi mashg’ulotning umumiy ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifasini, uni amalga oshirish usullarini aniq tushungan va egallagan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |