«Uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so'zlari haqida tasawur hosil qilish.
Bolalar «yaqinroq», «uzoqroq», «yaqin», «uzoq» so'zlari haqidagi tasavvurlarga o'yinchoqlar va narsalar bilan u yoki bu ishlami bajarish davomida ega bo'ladilar. «Kimning koptogi uzoqroqqa yumaladi? Qani, kim uzoqqa otdi?» — kabi savollar bolalar e’tiborini masofaga jalb etadi. Ular yaqinroq, uzoqroq, yaqin, uzoq kabi so'zlaming ma'nosini asla-sekin o'zlashtira boradilar.
Qog'oz varag'ida va stol yuzasida tasawur qila bilishga o'rgatish. O'rta guruhdagi matematika mashg'ulotlarida bolalarda qog'oz varag'ida va stol yuzasi ustida tasavvur qilishni o'stirishga katta e’tibor beriladi. Birinchi mashg'ulotlardan boshlaboq ularga sanoq kartochkasining yuqorigi va pastki doskasini topish, ma’lum miqdordagi predmetlarni yuqoriga hamda pastga yoki chap va o'ngga terib qo'yish topshiriladi.
Qog'oz varag'ida va stol yuzasida tasavvur qila bilishga o'rgatish. O'rta guruhdagi matematika mashg'ulotlarida bolalarda qog‘oz varag'ida va stol yuzasi ustida tasavvur qilishni o'stirishga katta e’tibor beriladi. Birinchi mashg'ulotlardan boshlaboq ularga sanoq kartochkasining yuqorigi va pastki doskasini topish, ma’lum miqdordagi predmetlarrii yuqoriga hamda pastga yoki chap va o'ngga terib qo'yish topshiriladi.
Stol ustida geometrik figuralarning fazoviy joylanishini aniqlashga va belgilashga, joylanishni eslab qayta tiklashga bolalarni o'rgatish maqsadida maxsus mashg'ulotlar o'tkaziladi. Namuna ma'lum tartibda ko'rib chiqiladi. Bolalar avval markazda (o'rtada) joylashgan figuraning, keyin esa uning yuqorisida va pastida yoki chap hamda o'ng tomonida joylashgan figuraning nomini aytadilar; bezakni ularni tegishli tartibda taxlaydilar. 3 dan 5 tagacha bo'lgan geometrik figura tasvirlangan ko'rgazmalardan foydalaniladi. Mashqlar ham ommaviy, ham bolalaming kichik guruhlari bilan o‘tkaziladi.
Tekislikda mo'ljal olish, rasmlami chapda, o'ngda yoki o‘rtada, yuqorida va pastda o‘zaro joylashuvini aniqlash ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun «Juft suratlar» tipidagi o'yinlar o'ynaladi. Bola avval ko‘rgazmada tasvirlangan 3 ta o'yinchoqning qanday joylashganligini ta’riflab berishi, keyin esa juft rasmlarni topishi kerak.
Fazoda mo'ljal ola bilish vaziyatlaridan foydalanish. Fazoda mo'ljal ola bilishni o'rgatish uchun maxsus mashqlar bilan bir qatorda, turli xil hayotiy vaziyatlardan ham keng foydalaniladi. Fazoviy yo'nalishlarda mo'ljal olish har qanday amaliy harakatning zaruriy komponentidir.
Tegishli mashqlar uchun fizkultura va musiqa mashg'ulotlari, ertalabki gimnastika hamda harakatli o'yinlar katta imkoniyat beradi.
Fazoda aniq mo'ljal qila bilish harakatli mashqlarni to'g'ri bajarishni ta’minlaydi. Pedagog harakat yo'nalishini doimo ko'rsatib turadi: «Chapga (o'ngga) buriling, yuqoriga ko'taring!» va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |