Fan o’qituvchisi: Sodiqova Nargiza.
1-ilova
1.Ilk yosh guruhlarida qanday shakllarni ajratish o’rgatiladi?
2.Geometrik figuralar haqida birinchi ma’lumotni bolalar nimalar orqali oladi?
3.Ilk yosh guruhlarida qachonga kelib doira, kub, to’rtburchak kabi shakllarini farqlay boshlaydi?
4.Figuralar qanday yo’l bilan tushuntiriladi?
5. Shaklni tanishtirish va tegishli tasawurlarni hosil qilib borishda bolagan qanday figuralar kerak bo’ladi?
2-ilova
13.Mavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarni tevarak
atrofda mo`ljal olishga o`rgatish.
Reja:
1. Joyni bilish.
2. Atrof-muhit va joyni bilish.
Joyni bilish.
Kichik guruh dasturining shartlaridan biri bolalarni o'zidan oldinda (oldinga) -orqada (orqaga), chapda (chapga) - o'ngda (o'ngga) kabi fazoviy yo'nalishlarni ajrata olishga o'rgatishdir.
Fazoviy yo'nalishlarni farq qilishda bolalarning o‘z gavda qismlarini aniq farq qilishi va o'ziga nisbatan tomonlarni aniqlashga asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan: «Oldinda» deganda bola o'zining yuzi tomonni, «orqada» (orqadan) deganda esa gavdasining orqa tomonini tushunadi.
Bolalarning yuvinishi va kiyinishi vaqtida tarbiyachi ular bilan erkin suhbatlashib, gavda va yuz qismlari nomini aytadi: «Burniningni, qulog'ingni. engagingni yuv, peshonangni art». «Boshingga ro'mol o‘ra, «Bo'yningga sharf bog'Ia». Kichkintoylami o'zining gavda va yuz qismlarining nomini aytishga undash mu’him ahamiyatga ega.
Kichkintoylar yuz va gavda qismlari qayerdaligini bilib olganlaridan so'ng, ularga o'zlarining turli tomonlarini aniqlash o'rgatiladi. Tarbiyachi kichkintoydan so'raydi: «Sening orqangda nima bor?», «Oldingdachi?» (ko'krak, qorin, yuz) yoki «Sening o'rning qayerda?», «Ko'kragingchi?» «O'ng qo'ling qani?», «Chap qo'ling qayerda?»
Bolalarga ayni bir vaqtda o'zaro qarama-qarshi juft yo'nalishlami, ya’ni yuqorida — pastda, oldinda-orqada, chapda - o'ngda (chap-o'ng) degan tushunchalami farq qilish mashq qildiriladi.
chunki bolada ulaming biri haqida tasavvur hosil qilish ikkinchisi haqidagi tasavvurning shakllantirilishiga tayanadi.
Tarbiyachi nonushta yoki tushki ovqat vaqlida, mashg'ulotlar va boshqa paytlarda bolalar diqqatini nima qilayotganliklari va qaysi qo'llari bilan qilayotganliklariga bir necha daqiqa jalb etadi.
Kichkintoylar qaysi qo‘llarida qoshiqni, qaysi qo'llarida nonni, qaysinisida qalamni, mo'yqalamni, qaysinisida esa qog'ozni ushlab turganliklarini aytib berishlari kcrak.
O'ng va chap qo'lni bir-biridan farq qilish va nomini aytish mashqi boshqa harakatlarni bajarishda ham o'tkaziladi. Masalan, tarbiyachi musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida bolalalga o'ng qo'llariga havo rang bayroqchani, chap qo'llariga esa yashilini yoki o‘ng qo'llariga uzun tasmani, chap qo'lga esa kaltasini olishni taklif qiladi, kichkintoylardan qaysi qo'llarida qanday narsa borligini so'raydi.
O'ng va chap qo'lni farqlashga va nomini aylishga o'rgatish jarayonida o'zidagi turli tomonlarni: bosh yuqorida, oyoqlar pastda ekanligini, o'ng oyoq, chap oyoq; o'ng quloq, chap quloq va hokazolami bilish ko'nikmasini o'stirishga katta ahamiyat beriladi.
Pedagog (tarbiyachi)ning ko‘rsatmasiga binoan bolalar yo‘nalish ko’rsatkichlari bilan pastni, yuqorini, chapni, o‘ngni ko‘rsatadilar.
Ular aytilishi bilan oldinga engashishni, qo’llarini yuqoriga ko‘tarishni, pastga tushirishni va shu kabilarni o’rganadilar. «Bekinmachoq», «Koptokni qayerga tashladingiz» o‘yinlaridan foydalaniladi. Bunday o’yin mashqlarini 6—8 marta takrorlash lozim, ular uchun taxminan 4—5 minut vaqt ajratiladi.
Kichik guruhda bolalar qog‘oz betidagi har xil joyni bilish yuzasidan dastlabki ko‘nikmalarni hosil qiladilar. Mashg‘ulotlarda ularga narsalarni qog‘oz betining yuqorisiga va pastiga, yuqorigi va pastki doskaga, chapga va o‘ngga joylashtirish, narsalarni chapdan o‘ngga qarab tartib bilan qator qilib qo‘yib chiqish o‘rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |