Buyumlarning o'lchami o'rtasidagi munosabatni aniqlashga o‘rgatish.
Bolalar 2 ta narsaning o'lchami (uzunligi, kengligi, balandligini taqqoslashni o'rganib olganlaridan so'ng 3-5 ta narsaning o'lchami o'rtasidagi munosabatni aniqlashni mashq qilishga o‘tadilar. Bolalar narsalarning uzunligi, kengligi, balandligi, qalinligi va nihoyat, umuman hajmi ortib yoki kamayib borishiga qarab bir qatorga terishni o'rganadilar. Taqqoslanayotgan ikkala narsaning o'lchami (uzunligi, kengligi va hokazolar) orasidagi tafovut oldin 5-6 sm bo'lgan bo'lsa, keyin asta-sekin 2 sm. ga tushib qoladi.
Avval bolalar tartibga keltirilgan qator namunasiga qarab 3 ta narsani teradilar. Keyinchalik esa ular qoidaga muvofiq harakat qilishni o‘rganadilar. Bolalar, masalan, qolgan narsalarning har gal eng uzunini tanlab olib, narsalarning eng uzunidan boshlab tartib bilan qator qilib terib borish mumkinligini bilib oladilar. Eng uzun (yoki qisqa) deb tanlab olingan narsa uning oldidagi qatorga joylashtirilgan narsadan kaltaroq (uzunroq) bo‘lib chiqqanligiga doir bolalar e’tibori jalb etiladi. Bolalar har bir narsani uning bevosita oldida va orqasida turgan narsalar bilan juftlab taqqoslab ko‘rishlari kerak. Shu asosda ular narsalarning o'lchamiga beriladigan baho nisbiy xarakterga ega ekanligini tushunib olishni o'rganadilar.
Pedagog bolalarga narsalarning o‘lchamlarini ularning «joylashish tartibiga qarab» aytishni, ular ongida qator yo'nalishining aniqligini belgilagandek (navbatdagi har bir narsa oldingisidan katta yoki kichkina) bo'lib, «zinacha bo'уlab yuqoriga va pastga qadam tashlash»ni taklif qiladi.
Bolalar turli uzunlikdagi doskalar va boshqa narsalarni terib qo‘yayotganlarida ularning chap tomondagi chetlarini tekislaydilar, (turli kenglikdagi narsalarni terib qo'yayotganda esa ularni bitta to'g'ri chiziq ustiga joylashtirish maqsadida yuqori yoki pastki chetlarini tekislaydilar (joylashtiradilar). Ba’zi bolalar narsaning bir tomondagi chetlarini tekislashda qiynaladilar. Ularga, masalan, chap cheti bo'ylab vertikal chiziq o'tkazilgan qog'oz varaqlarini berish (doskalarni uzunasiga qarab taqqoslashda) maqsadga muvofiqdir; ular mana shu varaqlar yordamida doskalarni tekislaydilar.
Bolalarning ko‘z bilan chamalash qobiliyatini o'stirishga katta ahamiyat beriladi. Masalan, ularga 4-5 ta narsa ichidan namunaga qaraganda katta (kichik) narsani, namuna bilan teng narsani ko‘z bilan chamalab topish taklif qilinadi. Bolalar o'lchovga teng narsalar topishni o'rganadilar. O'lchovdan endi taqqoslanayotgan narsalarni yonma-yon qo'yib, o'lchashdan ko‘z bilan chamalab o'lchashga o'tish maqsadidagi oraliq vosita sifatida foydalaniladi.
Avval bu mashqlar mashg'ulotlarning asosiy qismini tashkil etadi, keyinchalik esa ular uchun dasturning boshqa bo'limlaridagi materialni o'rgatishga bag'ishlangan mashg'ulotlarning ikkinchi yoki uchinchi qismida 4-6 minut vaqt ajratiladi.
Bolalarning matematika mashg'ulotlarida olgan bilim va ko'nikmalarini muntazam ravishda mustahkamlab borish va ular faoliyatining har xil turlarida tatbiq etish zarur. Bolalar uzunligi va kengligi teng hamda teng bo’lmagan tasmalar, yo'lkachalar rasmini chizishlari, kitoblarni, qutichalarni ta’mirlash uchun kerakli o'lchamdagi doskalarni tanlab olishlari, tabiat burchagidagi o'simliklarni parvarish qilib, ularni poyasining yo'g'onligini, barglarining uzunligi, kengligi va qalinligini va hokazolami taqqoslashlari mumkin.
Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda tegishli bilim, malaka, ko'nikmalarni mustahkamlash va o'stirishga imkon beruvchi didaklik o‘yinlarni goh-gohida o'tkazib turish maqsadga muvofiqdir.
3-ilova
1.O’rta guruh yoshidagi bolalarga kattalik haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda qanday usullardan foydalanish kerak?
2. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda tegishli bilim, malaka, ko'nikmalarni mustahkamlash va o'stirishga imkon beruvchi qanday o‘yinlarni goh-gohida o'tkazib turish maqsadga muvofiq?
3. materialni o'rgatishga bag'ishlangan mashg'ulotlarning ikkinchi yoki uchinchi qismida necha minut vaqt ajratiladi?
4. Pedagog bolalarga narsalarning o‘lchamlarini ularning nimasiga qarab aytishni o’rgatishi lozim?
5. Bolalar 2 ta narsaning o'lchami (uzunligi, kengligi, balandligini) taqqoslashni o'rganib olganlaridan so'ng nechta narsaning o'lchami o'rtasidagi munosabatni aniqlashni mashq qilishga o‘tadi?
4-ilova
Uyga vazifa: FSMU metodi yordamida vaqtni chamalash ko’nikmasini shakllantirishni tushuntirib berish. Yangi mavzu bayoniga tayyorgarlik ko’rish.
5-ilova
1.N.U.Bikbayeva “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish” O’qituvchi. Qo’llanma.-1995.
2.M.E.Jumayev. “Bolalarda boshlang`ich matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi” Toshkent. «Ilm-Ziyo» Qo’llanma - 2013
3.ZiyoNET. Ta`lim portali. www.ziyonet.uz.
2.www.google.uz.
3.O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazi; www.markaz.uz.
4.www.TEACHER.uz.
5.www.vospitatel.com.ua.
6.www.dovosp.ru.
7.www.obruch.ru.
“TASDIQLAYMAN ”
O’TIBDO’_________M.Qo’ldoshev
Sana _______________
Do'stlaringiz bilan baham: |