1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmiy еtika tushunchalari



Download 142,5 Kb.
bet6/9
Sana14.05.2022
Hajmi142,5 Kb.
#603778
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu. Ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, fanning maqsad va vazifalari

Kompilyativ talqin obyekt (predmet)ning real holatini berkitish, muallifga yoki taqrizchiga tilyog‘lamalik qilish, «men senga tegmayman, sen ham menga tegma» qoidasidan kelib chiqadi. Kompilyativ talqin yakunda yo‘q ijobiy sifatlarni bor qilib, bo‘rttirib ko‘rsatishga olib keladi. Bu obyekt (predmet)ning real muammolarini ko‘rib-ko‘rmaslikka olib keladi. Kompilyativ talqin faqat salbiy jihatgagina ega emas. Mustaqil yondashishni esdan chiqarmagan kompiliyativ talqin hurfikrlilikni rivojlantiradi, obyekt (predmet)ni xolisona baholashga yordam beradi.



  1. Filolog faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.

Filologik tadqiqotlar filologik tizimning muayyan qismini tashkil qiladi. Tizimlilik filologiya fanlarining o‘zaro aloqadorligida ko‘zga tashlanadi. Zamonaviy filologiyaning sohalari sifatida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, matnshunoslik, tarjimashunoslik kabi aspektlar belgilanar ekan, ularni alohida mustaqil fan sifatida qabul qilish barobarida o‘zaro aloqadorligiga suyanish va biri ikkinchisini taqozo qilinishi nuqtai nazaridan yondashish zarur. Bunday qarash tarixda ilmi adab va uning tarkibiga kirgan fanlarda aks etgan. Ilmi adab G‘arb istilohida poetika deb atalib, eng muhim ilmlar majmuasi hisoblanib, quyidagi filologik sohalarni o‘z ichiga oladi:

  1. lug‘at;

  2. sarf, ya’ni morfologiya;

  3. ishtiqoq – so‘z yasalishi;

  4. nahv – sintaksis;

  5. maoniy;

  6. bayon ilmi;

  7. aruz;

  8. qofiya;

  9. insho.

Qayd etilgan ilmi adabni egallaganlar adib - yunoncha filolog deb yuritilgan. Demak, filologiya fanlariga ilmiy tizim sifatida qarash o‘tmish fanshunosligida ham bo‘lgan, X asrda unga Ibn Mu’tazz ismli arab olimi asos solgan. Biroq mana shu sohalarning biri ikkichisini taqozo etadigan va bir obyektga munosabatda ularni birvarakayiga tizimli jihatdan qo‘llash XX filologiyasining hosilasidir.
Filologik tadqiqotlardagi tizimlilik matnga bo‘lgan munosabatda aniq ko‘zga tashlanadi. Chunki bir matnni filologiyaning turli sathlari bo‘yicha tahlil qilgandagina uning aniq jihatlariga erishish mumkin. Muammolar yechimiga kirishishda quyidagi bosqichlardan o‘tiladi:
– muammoni aniqlash va belgilash (formulirovka qilish);
– maqsadni aniqlash;
– maqsadga erishish kriteriylari (o‘lchovlari)ni belgilash;
– modellashtirish: yechimni asoslash uchun modelni qurish;
– yechimning optimal variantini izlash;
– yechim (qaror berish)ga kirishish;
– qaror (yechim)ni amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash;
– yechim (qaror)ni tasdiqlash;
– yechim realizatsiyasi jarayonini boshqarish;
– yechimning samaradorligini tekshirish1.
Filologiyaning yo‘nalishlari orasida dastlab tilshunoslikda faol iste’molda bo‘lgan “matn tilshunos uchun muayyan xususiyatlar majmuiga ega bo‘lgan, tabiiy (milliy) tilni qo‘llash aktidir”. Lingvistik ta’limotda matnning mantiqiy aloqadorigi va shakliy tugallanganligi asosiy xususiyat sanaladi. Shuning uchun ham unga “ma’no aloqadorligi asosida birlashgan verbal (so‘z) belgi birliklarining tizimi, uning asosiy xususiyati bog‘liqlik va yaxlitlikdir” deb ta’rif beradilar2. Til ilmida matnning ma’noviy va shakliy qurilishiga alohida ahamiyat qaratiladi. Shuning uchun matn tilshunosligi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. S.Valerning yozishicha, matn lingvistik namuna sifatida 3 ma’noviy jihatni qamraydi:
1) chiziqli (sintaktik ma’no) → nima haqda (xabar);
2) referension (semantik ma’no) → nima bilan (aloqa vositasi);
3) utilitar (pragmatik ma’no) → nimani (tavsiya etilayotgan oeallik, mavzu bo‘lishi mumkin) gapiradi.
Shu jihatdan matn vositasida uch savolga javob olinadi: 1) matn nima haqda gapiradi (matn mazmunidagi xabar); 2) matn nima bilan gapiradi – til (aloqa vositasi); 3) nimani gapiradi (tavsiya etayotgan reallik kontseptsiyasi). Tilshunos matnni grammatik ko‘rinishdagi gaplar, konstruktsiyalangan leksik va stilistik birliklar jihatidan tahlil qiladi. Sof lisoniy munosabat belgining belgiga va til tizimi doirasidagi belgilarga yoki matnga munosabatidir. Har qanday verbal, ya’ni so‘z yordamida hosil qilingan matn:
- kommunikativ – xabar berish;
- evristik – ma’lumot to‘plash;
- konseptual - matn yuboruvchining nuqtai nazarini bildirish;
- emotsional – his-tuyg‘ularni ifodalash belgilariga ega3.
Ilmiy-nazariy masalalarning amaliyotidagi yechimi konkret metod yoki metodologik yondashuv natijasida erishilgan xulosa va qarorlar bilan belgilanadi. Masalan, M.Baxtinning «Tilshunoslik, filologiya va boshqa gumanitar fanlarda matn muammosi» nomli maqolasida matn bilan ish ko‘radigan gumanitar fanlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borishi ko‘rsatiladi. Uning fikricha, filologiya fanlarida matn dastlabki ma’lumot sifatida qabul qilinadi. «Matn fikr va tuyg‘ularning shunday borlig‘idirki, undan barcha gumanitar fanlar oziqlanadilar. Qayerdaki matn bo‘lmasa, u yerda tafakkur va tadqiq etiluvchi obyekt ham bo‘lmaydi»4. Avval matnning birlamchi ekaniga ishonch bo‘lishi kerak, so‘ngra uning talqiniga o‘rin beriladi. Shuning uchun ham tadqiqot maqsadi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, boshlang‘ich nuqta matndan boshlanadi.



Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish