1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmiy еtika tushunchalari



Download 142,5 Kb.
bet1/9
Sana14.05.2022
Hajmi142,5 Kb.
#603778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu. Ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, fanning maqsad va vazifalari


1-Mavzu: Ilm-fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, fanning maqsad va vazifalari


Reja:
1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari.
2. Ilm-fan, ilmiy bilim, ilmiy tadqiqot, ilmiy еtika tushunchalari.
3. Ilmiy tavsiflash va tasniflash, ilmiy talqin qilish turlari.
4. Filologik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari.
Tayanch so‘z va iboralar: ilm-fan, ilmshunoslik, ilmiy ilmiy izlanish, ilmiy bilish, ilmiy tadqiqot, ilmiy etika, differentsiatsiya, integratsiya, tavsiflash, tasniflash, talqin - interpretatsiya, ilmiy talqin, ijodiy talqin, tanqidiy talqin, kompilyativ talqin, dogmatik talqin, ratsional va irratsional talqin, badiiy talqin, erkin talqin, filologik tadqiqotlar, ilmi adab, nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik, matnshunoslik, zamonaviy yo‘nalishlar, til o‘qitish metodikasi.



  1. Ilmshunoslik fanining maqsad va vazifalari.

Har qanday davlat rivojlanish yo‘liga ilm-fanni taraqqiy ettirish, yoshlarning ilm olishlari, dunyo tanishga bo‘lgan urinishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali chiqadi. Yoshlarning ilmli, bilimli bo‘lishga intilishi, ilm-fanni chuqur o‘rganishga harakat qilishi mamlakatning intellektual boyligi hisoblanadi. Yaponiya, Koreya kabi mamlakatlar oz fursat ichida aynan intellektual zahirasi tufayli jahondagi eng rivojlangan mamlakatlarga aylangani hech kimga sir emas. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan barcha islohotlar intellektual boyligimizni oshirish, yoshlarni ilm egallashga qiziqtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini kuchaytirishga qaratilgan.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va iqtidorli yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar buyuk ajdodlarimizga munosib komil insonlarni yetishtirishga qaratilgan. Shu bois bugungi kunda o‘qituvchi va murabbiylar oldida turgan eng muhim vazifa yoshlarni ilm va hunar egallshga qiziqtirish, ular ilmiy faoliyat olib borishga yo‘naltirish, ilmiy izlanishlarini to‘g‘ri tashkillashtirishga ko‘maklashishdan iborat. Mazkur fan dasturi mazmunida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga ilmiy tadqiqot olib borish sir-asrorlarini o‘rgatish, ularni ilmiy uslubga xos xususiyatlar bilan tanishtirish, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, ilmiy izlanish va ilmiy tadqiqot olib borishga o‘rgatish orqali talabalarda ilmiy tadqiqiy faoliyat yuritish malakasini shakllantirish maqsadi ko‘zda tutiladi.
Ma’lumki, inson ongi-shuuri va tili bilan boshqa jonzotlardan farqlanib turadigan oliy mavjudotdir. Buyuk mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiyning quyidagi mashhur aforizmida aynan shu ta’kidlanadi: Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, Bilki guhari sharifroq yo‘q ondin. Tilning “guhari sharif”ligi yana shundaki, inson aynan tili va ongi vositasida nafaqat boshqa jonzotlar ajraldi, balki dunyoni bilishga, uni o‘zgartirishga, rivojlantirishga qodir mavjudotga ham aylandi. Inson tafakkuri va tili vositasida jamiyatni yuzaga keltirdi va uni taraqqiy ettirib bugungi kun darajasiga olib keldi. Jamiyatning taraqqiyotiga esa ilm-fan, olimlar, ularning kashfiyotlari sabab bo‘ladi. Shu bois ilm vakillari, ziyolilar hamisha jamiyatning yetakchilari, darg‘alari hisoblanadilar.
Darhaqiqat, inson tug‘ilib, o‘zini anglashi va tili chiqishi bilan olamni, atrofini o‘rab turgan voqelikni tanishga, o‘rganishga harakat qila boshlaydi. Inson o‘ziga noma’lum bo‘lgan narsani bilish bilib olish uchun, avvalo, uni idrok etishga harakat qiladi. Idrok etish bir-biri bilan uzviy aloqador, ajralmas bo‘lgan tushunchalar haqida ma’lumot olish, buning uchun ularni farqlash, qiyoslab ko‘rishni taqazo etadi. Shu bois bolaning atrofini o‘rab olgan voqelik-hodisalar, shaxs, narsa-buyumlar bilan tanishish uchun beradigan dastlabki savoli bu nima? bu kim? bo‘ladi. Bola tanishish maqsadida berilgan ushbu savoldan so‘ng qanday? qanaqa? savollari orqali predmet, voqea-hodisalarni bir-biridan farqlay boshlaydi.
Bu oddiy bilish, tanishish jarayoni bo‘lib, u muntazam rivojlantirib borilsa, asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda ilmiy bilishga o‘sib boradi. Oddiy qiziqishdan kelib chiqadigan ushbu savollar bola katta bo‘lgan sari uni qiziqayotgan narsa-buyum, hodisa-voqelikni chuqurroq o‘rganishga, mavjud sir-asrorlarni anglab yetishga yetaklaydi. Bunda ta’limning o‘rni nihoyatda katta bo‘lib, maktab ta’limi o‘quvchilarni fan asoslari bilan tanishtiradi, o‘quvchiga o‘zi qiziqqan sohani anglab olish, qiziqishlarini intilishga aylantirish uchun poydevor yaratadi. O‘quvchining sevimli fanining paydo bo‘lishi, muayyan soha bo‘yicha mutaxassis bo‘lishga xohish-istagining yuzaga kelishida o‘qituvchi-murabbiylari, shuningdek, ota-onalarining ham o‘rni nihoyatda katta bo‘ladi. Ular o‘quvchining keyingi yo‘lini tanlab olishi va shu yo‘lda sobitqadamlik bilan ketishida etalon vazifasini bajaradilar. O‘quvchi, bola muayn sohani tanlab olib, shu soha bo‘yicha mutaxassis bo‘lishga qaror qilgach esa, endi bo‘lg‘usi mutaxassis sifatida ushbu voqea-hodisa, tushunchalarning bir-biri bilan bog‘liqligi, o‘xshashligi va nimalar bilan farqlanishini aniq tasavvur eta olishi kerak bo‘ladi.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar muayyan o‘quv fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular shu fan sohasi haqida tasavvur shakllantirishga yo‘naltirilgan vositalar hisoblanadi. Ularda mazkur fan doirasida o‘rganilgan, aniqlangan, muayyan xulosalarga kelingan jihatlar yoritiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir fanda, shuningdek, yana qaysi jihatlar noma’lumligi, qaysi obyektlar o‘rganilishi kerakligi, yana nimalarni bilish ushbu fanni rivojlantirishga xizmat qilishi masalalari jamiyatda doimiy diqqat-e’tiborda turadi.
Fanning rivoji shu masalalar bo‘yicha muntazam tadqiqot ishlarining olib borilishi, ushbu tadqiqot ishlarining avloddan-avlodga kuchayib borishi bilan belgilanadi. Tadqiqotlar olib borilmayotgan sohalar esa rivojlanmaydi, aksincha, yo‘qolishga mahkum bo‘lib qoladi. Aynan tadqiqiy faoliyatlar ilmni, ilmlilikni yuzaga keltiradi. Ilm bilan shug‘ullangan, ilm yo‘lidan ketgan insonlar esa olimlar, ya’ni ilm egalari bo‘lib yetishadilar. Tabiatni asrash va jamiyatni rivojlantirishda aynan olimlarning yetakchilik qilishlarining sababi shunda.



Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish