Ilmiy talqindan maqsad anglangan voqea-hodisalarni, xususiyat va belgilarni bilish, tushuntirish, izohlab berish hisoblanadi. Ushbu jarayonda bilim chegaralari kengayadi, yangicha dunyoqarash, ilm-fanda yangi katetoriyalar, pastulatlar, nazariyalar paydo bo‘ladi. Obyektdagi nomahlum belgilar aniqlanadi. Ilmiy talqinda tabiat va jamiyat qonunlarini ochib berish, talqin qilish muhim o‘rin tutadi. Qiziqish va tajribalarga, qiyoslash va ekeperiment-sinovlarga tayanish talqinning ilmiyligini, qimmatini oshiradi. Ba’zan tadqiqotchi taqlidiy taqliddan foydalanadi, ya’ni o‘zidan oldingi avtoritetlarga, ularning usullari va metodikasiga taqlid qiladi. Bu aslida ilm-fandagi vorisiylik tamoyiliga amal qilish hisoblanadi. Taqlidchilik ilmiy izlanishlarga kirishilayotgan ilk bosqichda ko‘zga tashlanadi. Lekin u uzoq davom etmasligi zarur, aks holda qaytarish, takrorlash, kompilyatsiya yuzaga keladi. Aslida ilmiy tadqiqot ilmiy talqin asosiga quriladi, chunki tushuntirish, izohlash, bayon qilish tadqiqotchi qo‘llaydigan asosiy usullardir.
Dogmatik talqin ilm-fan sohalarida qat’iy o‘rnatilgan, avtoritetlar ma’qullaydigan, erkin fikrlashga yo‘l qo‘yilmaydigai tushuntirish, izohlash usuli sanaladi. Ilm-fanda integratsiya kuchaygan hozirgi paytda dogmatik yondashuv ijodiy izlanishlarga g‘ov bo‘ladi, qotib qolgan xulosalarni takrorlashga olib keladi. Izlanishlarini real hayot muammolari bilan bog‘lay olmaslik, obyekt (predmet)ping real holatini yetarli o‘rganmaslik oxir-oqibat tadqiqotchidan buyurtmachi eshitishni xohlaydigan natijalarni chiqarishga majbur qiladi Ilm-faida biror yangi fikr aytish uchun, avvalo, dogmatik yondashuvdan voz kechish kerak. Dogmatik talqinda ba’zan transtsendentallik ko‘zga tashlanadi. Bunday yondashuv aql-u idrokni chalg‘itib, uni tajribadan, obyektiv borliqdan tashqaridagi muammolar bilan shug‘ullanishga yetaklaydi.
Ratsional talqin aql, idrok, bilimga asoslangan izohlash usuli bo‘lib, har qanday ilmiy asar, izlanish yoki eksperiment ratsional talqin qilingandagina jamiyat uchun foydali bo‘ladi. Ratsional talqin empirik tajribalarga, ijtimoiy hayotning xususiyatlariga, ilm-fanning gumanistik anhanalariga tayanadi. Har bir insonga xos fikr yuritish, obyekt (predmet)ning real holatini, uni takomillashtirish yo‘llarini aql-u idrok doirasida tushuntirish ratsional talqin xususiyatidir. Ilm-fan ratsional talqin tarafdori bo‘lsa-da, ba’zan unda irratsional yondashuv va postulatlar ham uchrab turadi. Keyingi paytlarda dunyoviy va diniy bilimlar o‘rtasidagi g‘ovlar olib tashlanib, ular sinteziga qaratilayotgan e’tibor irratsional talqinni kengaytirmoqda.
Badiiy talqin ham ilmiy, ratsional xususiyat kasb etishi mumkin. Badiiy asarlar va matnlarni ilmiy talqin qilish estetika va adabiyotshunoslik sohalarini boyitadi. Gohida sof ilmiy asar, matn ham badiiy talqin obyektiga aylanadi. Erkin talqin tayyor qoliplardan chetga chiqish, ularni atayin buzish, bayon etish usuli hisoblanadi. Erkin talqinda egotsentrizm uchraydi. Bu esa ibadiiy ijodda tez-tez uchrab turadi. Badiiy talqinda hayotiylikka asosiy belgi sifatida qaraladi, matndagi obrazlar, tasvirlarda hayot ifodasiga qarab ilmiy-nazariy xulosalar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |