Ommaviy kommunikatsiya vositalari - texnika vositalari (matbuot, radio, kinematograf, televideniye, kompyuter tarmoqlari) bo‘lib, ularning yordamida axborotni tarqatish amalga oshiriladi. Ming yil muqaddam inson to‘rt kommunikatsiya vositasi - og‘zaki nutq, musiqa, tasviriy san’at va yozuvga ega bo‘lgan. Ommaviy kommunikatsiya vositalari barcha yoshdagi odamlar ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirishlari va ularda siyosat, iqtisod, mafkura, huquq va maorif sohalarida qadriyatlar va mo‘ljallarni shakllantirish bilan bog‘liq.
Axborot texnologiyalari haqida gapirganda masalaning texnik va didaktik jihatlarinigina emas, balki shaxsning o‘sishi va kamol topishiga ta’sir etuvchi omillarni ham e’tiborga olish zarur. Ushbu muammoning muhim elementlaridan biri insonning informatsion madaniyati hisoblanadi.
Axborotlashtirish sohasida taniqli mutaxassislardan biri E.P.Semenyuk taklif qilgan ta’rifga ko‘ra, "informatsion madaniyat — bu inson madaniyatining elementidir”.
Quyidagilar informatsion madaniyat mezonlari hisoblanadi:
• o‘zining axborotga bo‘lgan ehtiyojini aniq ta’riflay olish;
• kerakli axborotni izlashni samarali amalga oshirish;
• axborotni qayta ishlash va yangi axborot yaratish ko‘nikmasi;
• axborotni to‘g‘ri tanlash va baholash;
• kompyuter savodxonligining mavjudligi.
XXI asrda bilimli inson bo‘lish axborot texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirishni talab etadi. Kishilar faoliyati ularning xabardorligi, axborotdan samarali foydalanish qobiliyati bilan belgilanadi. Axborot oqimlarida erkin mo‘ljal olish uchun har qanday soha mutaxassisi kompyuterlar yordamida axborot olish, uni qayta ishlash va undan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Axborot haqida jamiyatning strategik resursi sifatida gapirilmoqda. U davlatning rivojlanish darajasini belgilaydi. Axborotlashtirish jamiyat rivojlanishning industrial tipidan informatsion tipga o‘tishini ta’minlaydi. Axborot bozori iste’molchilarga barcha zaruriy axborot mahsullari va xizmatlarini taqdim etadi, ularni yaratishni esa informatika industriyasi ta’minlaydi.
Ommaviy axborot vositalariga ijtimoiylashuv omili sifatida yondashganda shuni e’tiborga olish lozimki, ularning xabarlari ta’sirining bevosita ob’yekti ayrim individ emas, balki konkret gazeta, jurnal o‘quvchilari, radiostansiya tinglovchilari, muayyan telekanal tomoshabinlari, kompyuter tarmoqlari foydalanuvchilarini tashkil etuvchi odamlar yirik guruhlarining ongi va xulq-atvoridir.
Submadaniyat. Submadaniyat (lot. - “ost” va “madaniyat”) - muayyan kishilar guruhlarining yashash va fikrlash uslubiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik belgilar majmui. Submadaniyat shakllanishining ijtimoiy bazasi aholining yoshga doir va ijtimoiy qatlamlari, kasbiy guruhlar, diniy uyushmalar, ommaviy norasmiy oqimlar (xippi, feministlar va b.), jinoiy guruhlar va tashkilotlar, muayyan mashg‘ulot havaskorlari (ovchilar, baliqchilar, turistlar va b.) bo‘lishi mumkin. Submadaniyatning muhim belgilaridan biri uning tashuvchilarini ajratish imkoniyatini beruvchi alohida lahja - jargon hisoblanadi.
Har qanday submadaniyat, u qaysi maqsadni ko‘zlamasin, mavjud ijtimoiy va madaniy tartibga hamda aholining muayyan ijtimoiy tuzilmasidagi yetakchi qarashlarga qarshi turadi.
|
Submadaniyatlarga xos bo‘lgan xulq-atvor va o‘zaro munosabatlar me’yorlari mazmun jihatidan va ularning ta’siriga ko‘ra sezilarli darajada farq qiladi.
Hozirgi davr submadaniyatlari o‘zining rang- barangligi bilan ajralib turadi. Submadaniyatlarning qiziqish va ta’sir doirasi kengayib borayotgani va ularning izdoshlari qatoriga yoshlar tobora ko‘proq qo‘shilayotgani hozirgi davrga xos bo‘lgan xususiyatlar hisoblanadi 5.4-rasm.
|
Masalan, so‘nggi yillarda gotik submadaniyat jahon bo‘ylab tarqala boshladi. U o‘lim va hayot mazmuni haqidagi o‘rta asrlarga xos bo‘lgan qarashlarga asoslanadi va qora rangdagi liboslarni kiyishda, qadimgi ramzlarni tasvirlashda, shunga mos musiqani tinglashda ifodalanadi. Submadaniyatlar qatoriga so‘nggi yillarda yoshlar orasida keng tarqalayotgan emo madaniyatini, Yaponiyada rivojlanayotgan anime madaniyatini ham kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |