1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



Download 1,42 Mb.
bet53/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

10. Avesto necha qismdan iborat?
A) 4 ta.
B) 3 ta.
C) 6 ta.
D) 2 ta.
O‘zini o‘zi nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar:
1.O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanish tarixi?
2.Ijtimoiy pedagogika faniniga ilmiy-nazariy yondoshuvlar?
3.Ijtimoiy pedagogika faniga zamonaviy yondoshuvlar?
4.Zardushtiylik dini to’g’risida nimalar bilasiz?
5.Zardushtiylik dinida uchlik asosga tayangan axloqiy me’yorlar?
6.Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi haqida nimalar bilasiz?
7.Mustaqil holatda Zardushtiylik dini to’g’risida bilgan faktlringizni sanang.


9- MAVZU: JAMOADA IJTIMOIY TARBIYA TAJRIBASI
Reja:
1. Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoniga jamoaning ta’siri.
2. Jamoadagi psixologik muhit.
3. Jamoada konfliktlarni boshqarish.


Tayanch iboralar: Jamoa, psixologik muhit, shaxsning ijtimoiylashuvi, moslashuv, yoshlar birlashmalari.
Mashg‘ulotning maqsadi: Jamoada ijtimoiy tarbiya ishning asosiy yo‘nalishlari, pedagogning eng muhim fazilatlari haqida tasavvurni shakllantirish


1.Shaxsning ijtimoiylashuv jarayoniga jamoaning ta’siri.
Jamoa tarbiyani tashkil etishning muhim shakli, qudratli pedagogik vosita hisoblanadi. Shaxsni shakllantirish va kamol toptirish jamoada va jamoa orqali samarali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bu ijtimoiy tarbiyaning muhim qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Ayni hol tarbiya har bir tarbiyalanuvchiga pedagogning shaxsiy ta’siri bilangina cheklanmasligini tasdiqlaydi. U albatta jamoaning har tomonlama ta’siri bilan quvvatlanishi lozim.
Pedagogikada quyidagi muhim belgilarga ega bo‘lgan odamlar birlashmasi jamoa deb ataladi:
umumiy ijtimoiy muhim maqsad;
• umumiy qo‘shma faoliyat;
• mas’ul bog‘liqlik munosabatlari;
• umumiy rahbar organ.
Ushbu belgilardan tashqari, jamoa boshqa muhim xususiyatlar - psixologik muhit, jamoa a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar bilan ham ajralib turadi.
Jamoa - o‘zaro bog‘langan kishilar guruhlari va ayrim shaxslardan iborat murakkab tizim. Har bir kishilar birlashmasida amaliy va shaxsiy munosabatlarni ajratish mumkin. Amaliy munosabatlar ijtimoiy vazifalarni hal qilish bo‘yicha qo‘shma faoliyatga, jamoada o‘rnatilgan qoidalar va tartiblarga rioya etishga asoslanadi. Shaxsiy munosabatlar zamirida esa shaxsiy moyilliklar, simpatiya va antipatiyalar yotadi. Shaxsiy munosabatlar amaliy munosabatlar bilan bir vaqtda mavjud bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish jamoasi jamiyat bo‘g‘ini sifatida o‘zaro bog‘langan ikki funksiya - iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalarni bajaradi. Iqtisodiy funksiya shu bilan belgilanadiki, jamoa qo‘shma mehnat faoliyatini amalga oshiradi va buning natijasida boyliklar yaratiladi. Iqtisodiy funksiya jamoa faoliyatida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy funksiya jamoa a’zolarining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. Bu ehtiyojlar mehnat qilish, moddiy haq olish, jamoa a’zolari bilan muloqot qilish, boshqaruvda ishtirok etish va hokazolarda ifodalanadi.
Jamoaning shakllanish va rivojlanish jarayoni bir necha bosqichga bo‘linadi. Jamoani boshqarish uchun menejer hozirgi vaqtda jamoa rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini bilishi lozim. Birinchi bosqich jamoaning shakllanish jarayonini o‘zida ifodalaydi. Ushbu bosqichda odamlar bir-biri va rahbar bilan tanishadilar. Rahbar jamoani uning oldida turgan vazifalar bilan tanishtiradi, vazifalarni taqsimlaydi, ish rejimini belgilaydi, topshiriqlarning bajarilishini tashkil etadi. Mazkur bosqichda rahbar o‘z ko‘rsatmalarining bajarilishi ustidan nazoratga alohida e’tiborni qaratishi lozim. Bu kelgusida ish aniq va to‘g‘ri bajarilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, jamoa rivojlanish jarayonining mazkur bosqichida qattiq, shu jumladan axloqiy talablar faqat rahbar tomonidan qo‘yiladi.
Ikkinchi bosqich shu bilan tavsiflanadiki, jamoada shaxsiy xususiyatlar va qiziqishlar asosida kichik guruhlar shakllanadi. Ular jamoaning vazifalari va rahbarga turlicha yondashishlari mumkin. Eng ongli va tashabbuskor kishilar aniqlanadi va ulardan faollar guruhi tarkib toptiriladi. Bu guruh rahbarga jamoaning asosiy maqsadlariga erishishga yordam beradi. Rahbar faollarga tayanib vijdonli xodimlarni rag‘batlantirishi va ayni vaqtda intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasiz bo‘lishi, jamoaning jamoatchilik fikrini shakllantirishi lozim. Ushbu bosqichning o‘ziga xos xususiyati shu bilan belgilanadiki, unda rahbar jamoani faollar orqali boshqara boshlaydi.
Uchinchi bosqich shu bilan tavsiflanadiki, jamoaning barcha a’zolari bir-biriga va o‘z-o‘ziga belgilangan talablarni qo‘yadilar. Bu jamoa rivojlanishining oliy bosqichi hisoblanadi. Unga har bir rahbar intilishi talab etiladi. Birinchi bosqichda rahbar asosan avtoritar boshqaruv uslubini qo‘llasa, uchinchi bosqichda u demokratik boshqaruv uslubini qo‘llaydi va jamoa manfaatlarining ifodachisiga aylanadi. Endi u faqat jamoaning axloqiy va ijtimoiy hayotini tartibga soladi, uning rivojlanish yo‘llarini belgilaydi.
Jamoaning rivojlanish jarayoni uchinchi bosqich bilan tugamaydi. Bu jarayon muttasil davom etishi va jamoa ijodiy kuchlarining rivojlanishida, o‘zini o‘zi boshqarishda, ma’naviy-psixologik muhitning yaxshilanishida ifodalanishi lozim.
Jamoani shakllantirishda uning tarkibi ulkan ahamiyat kasb etadi. Bunda jamoa a’zolarining yoshi, jinsi, malaka va ma’lumot darajasi, psixologik xususiyatlari, mijozi, bilimi va tajribasini e’tiborga olish zarur. Bu sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni yaratishga ko‘maklashadi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish