1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari



Download 1,42 Mb.
bet6/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

3.Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
Ijtimoiy pedagogika o‘z tushunchalari va kategoriyalar majmuiga ega. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tushunchalariga quyidagilar kiradi: ijtimoiy muhit, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiylashuv, ijtimoiy moslashuv, qayta tarbiyalash, korreksiya va h.k.
Ijtimoiy pedagogika atamalarining mohiyatiga batafsilroq to‘xtalamiz. Eng avvalo, ijtimoiy muhit nima, degan savolga javob topish lozim.
Muhit turli fanlarning vakillari - sotsiologlar, psixologlar, pedagoglar tomonidan o‘rganiladi.
Ijtimoiy pedagogikada sotsium, ijtimoiy muhit insonning kamol topish jarayoni yuz beruvchi real borliq sifatida qaraladi.
Pedagoglar muhit ta’siri haqida gapirganda, eng avvalo ijtimoiy muhit va oila muhitini nazarda tutadilar. “Ijtimoiy muhit” tushunchasi ijtimoiy tuzum, hayotning moddiy sharoitlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlar tizimi kabi mezonlarni qamrab oladi. Ijtimoiy muhit jamiyat va dunyo bilan mavjud aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Shaxsning ijtimoiylashuvida muhit ulkan rol o‘ynaydi. U jamiyat, uning an’analari va ko’lami haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Aynan shu yerda inson hayotni biladi, ijtimoiy muloqot tajribasini o‘zlashtiradi.
Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyasi sifatida olimlar tomonidan faol o‘rganiladi, chunki tarbiya ijtimoiy hayotning abadiy va umumiy kategoriyasi hisoblanadi. Pedagogika tarbiyaga axloqiy fazilatlarning shakllanish izchil jarayoni sifatida qaraydi.
Ijtimoiy tarbiya - barcha ijtimoiy ta’sirlarni e’tiborga olgan holda shaxsning ijtimoiy kamol topishi uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan jarayon.
Ijtimoiy tarbiya tizim sifatida insonni shakllantiruvchi barcha omillarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy tarbiya - serqirra tushuncha. U oila va jamiyatda yuzaga kelgan axloqiy munosabatlarni o‘zlashtirish va qabul qilishda insonga yordam berishni, unga o‘z hayot yo‘lini tanlash va yangi sharoitga moslashishni o‘rgatishni anglatadi. Ijtimoiy tarbiya jarayoni oilada, maktabda, ijtimoiy ta’limning barcha bo‘g‘inlarida, mehnat jabhasida yuz beradi. Hozirgi zamon ijtimoiy tarbiyasining insonparvarligi o‘zaro munosabatlarni tazyiq o‘tkazish asosida emas, balki o‘zaro til topish asosida yo‘lga qo‘yish bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogika zamirida shaxsni tarbiyalash yotadi, shu tufayli ham ijtimoiy tarbiyaning vazifasi odamlar bilan ijobiy munosabatlarga kirishishga qodir bo‘lgan mustaqil, ijodkor shaxsni shakllantirishdan iborat.
Ijtimoiylashuv – madaniy qadriyatlar va ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirish, shaxsning o‘zini o‘zi kamol toptirish va o‘z imkoniyatlarini jamiyatda ro‘yobga chiqarish jarayoni.
Ijtimoiylashuv insonning jamiyatga moslashish jarayoni sifatida qaraladi. Jamiyat o‘zining har bir a’zosini o‘ziga xos bo‘lgan madaniyatga muvofiq shakllantiradi. Pedagogika ijtimoiylashuvga konkret jamiyat sharoitida moslashuv (ijtimoiy moslashuv) va mustaqillashuv (individuallikning shakllanishi) jarayonlarining birligi sifatida qaraydi. Ijtimoiylashuvning ko‘p sonli konsepsiyalari mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga birlashtirish mumkin: sub’yekt-ob’yekt va sub’yekt-sub’yekt yondashuvlari.
Sub’yekt-ob’yekt yondashuvi ijtimoiylashuv jarayonida insonning passiv rolini nazarda tutadi. Sub’yekt-sub’yekt yondashuvida inson faol pozitsiyani egallaydi va jamiyatga moslashibgina qolmasdan, o‘z yashash sharoitlari va o‘z-o‘ziga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiylashuv va ijtimoiy tarbiya inson hayotining turli bosqichlarida o‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish