1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi


Ijtimoiy muhit tarbiya mikroomili sifatida



Download 1,41 Mb.
bet42/79
Sana03.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#737468
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy p

4.Ijtimoiy muhit tarbiya mikroomili sifatida.
Ijtimoiy muhitga qo‘shnichilik, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalarini kiritish mumkin.
Qo‘shnichilik hududiy jihatdan bir-biriga yaqin yashaydigan kishilar guruhini o‘zida ifodalaydi. Ularni shaxslararo aloqalar, o‘z yashash joyiga muayyan munosabat, ayrim umumiy maqsadlar va qo‘shma faoliyat bir-biri bilan bog‘laydi. Kattalar uchun qo‘shnichilikning roli ularning yoshi va ijtimoiy maqomi bilan belgilanadi. Bolalar uchun qo‘shnichilik ijtimoiylashuvning qudratli omili hisoblanadi. Ular uchun muloqot - oila doirasidan chetga chiqish, yangi ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish. Qo‘shni tengdoshlar bilan munosabatlarda ular yangi leksika, yangi me’yor va stereotiplarni o‘zlashtiradilar. Bola ulg‘aygani sari, uning ijtimoiylashuvida tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatlari yanada muhimroq rol o‘ynaydi. Tengdosh qo‘shnilarning yo‘qligi yoki ular bilan til topishda qiyinchiliklar bu yoshda insonning ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kattalarning qo‘shnichilik aloqalari haqida gap ketganida, butunlay boshqacha manzaraga duch kelish mumkin. Shaharda kattalarning qo‘shnichilik munosabatlari yaxshi rivojlanmagan. Qo‘shnichilik munosabatlarining xususiyati va mazmuni oilalarning demografik tarkibi, oila a’zolarining yoshi va ijtimoiy-madaniy darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ijtimoiy tarbiyani amalga oshirishda pedagog o‘z tarbiyalanuvchilarining qo‘shnichilik munosabatlari xususiyatini bilishi muhimdir. Bu ularga qo‘shni tengdoshlar va yoshi katta bolalar o‘z tarbiyalanuvchilariga ko‘rsatayotgan salbiy va ijobiy ta’sirlarni inobatga olish imkoniyatini beradi.
Tengdoshlar guruhlari - yosh jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan bolalarning birlashmalari. Ularga yosh jihatidan har xil, lekin qadriyatlari bir bo‘lgan odamlar kirishlari mumkin. Tengdoshlar guruhlari ko‘pincha individual qiziqishlarning mushtarakligi, shaxsiy farovonlikka tahdid soluvchi vaziyat mavjudligi, formal tashkilot (sinf, otryad) mavjudligi kabi omillarga asoslanadi. Guruhda yuzaga keluvchi shaxslararo munosabatlar guruh a’zolarining o‘zaro aloqalari xususiyati va usullarida namoyon bo‘ladi. Eng avvalo lider ajratiladi. Boshqa rollar - lider favoriti, yordamchilar, bajaruvchilar va h.k.
Tengdoshlar guruhlari tarkibining tavsifi yosh, jins, ijtimoiy tarkib kabi belgilarni o‘z ichiga oladi. Yuridik maqomi va ijtimoiy tizimdagi o‘rniga ko‘ra tengdoshlarning guruhlari rasmiy, ya’ni davlat yoki jamoat tashkilotlari bilan bog‘langan va norasmiy, ya’ni o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lgan guruhlarga bo‘linadi. O‘z mavjudlik muddatiga ko‘ra guruhlar doimiy, vaqtinchalik, situativ bo‘lishi mumkin. Liderlik tipiga ko‘ra ular avtoritar va demokratik bo‘lishi mumkin.
So‘nggi yillarda tengdoshlar guruhlari yosh avlodning ijtimoiylashuvini belgilovchi asosiy omillardan biriga aylandi. Bunga bir qancha holatlar imkoniyat yaratdi. Ularning orasida urbanizatsiya, to‘liq bo‘lmagan va bir bolali oilalar sonining ko‘payishi, ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishini qayd etish mumkin.



Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish