II. Chora-tadbirlarni amalga oshirish va mas’ullarni biriktirish
5.
Aholining turli qatlamlarini tadbirkorlik va kasbiy ko‘nikmalarga o‘rgatish.
Kasb-hunarga o‘qish istagini bildirgan yolg‘iz va ko‘p farzandli ayollar, ishsizlar, yoshlarga kundalik hayotda ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar, xususan, tikuvchilik, pazandachilik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlarda kasbga o‘rgatish kurslarini tashkil etish.
2020-yil
1-iyul
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Markaziy bank,
Boyovut tumani ���okimligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
Mahalla guzarlarida kasbga o‘qitish dasturini ishlab chiqib, talabgorlar ro‘yxatini shakllantirish.
2020-yil
5-iyul
Kasb-hunarga tayyorlash markazlarini tashkil etish.
Aholining turli qatlamlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish va ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda targ‘ibot ishlarini amalga oshirish maqsadida:
2020-yil
10-iyul
har bir hududda ishsiz aholini ilg‘or biznes tashabbuslari bo‘yicha tajribaga erishgan tadbirkorlarni jalb qilib, mahorat saboqlari
va trening kurslarini tashkil etish;
2020-yil
iyun ― dekabr
tadbirkorlik loyihalari tashabbuskorlariga ko‘maklashish, buning uchun zarur asbob-uskuna va jihozlar ko‘rgazmalarini tashkil etish.
2020-yil
15-iyul,
15-oktabr
6.
Lalmi va foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni tiklash, zarur infratuzilmalarni yaratish.
Lalmi va foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlar joylashuvini massivlar, konturlar bo‘yicha aniqlash hamda aniqlangan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun talab qilinadigan infratuzilma (suv, elektr energiyasi, artezian qudug‘i, tomchilatib sug‘orish tizimi, yo‘l va boshqalar) xarajatlarini hisob-kitob qilish, manbaini aniqlash.
2020-yil
15-iyul
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Boyovut tumani hokimligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
G‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining g‘alladan bo‘shaydigan yer maydoniga takroriy ekinlar ekishga xohishi bo‘lgan ehtiyojmand oilalarga yer maydonlarini ajratish va takroriy ekinlar ekilishini va olingan hosil sotilishini tashkil etish.
2020-2021-yillar davomida
7.
Kambag‘al oilalarga tomorqadan unumli foydalanish, uy hayvonlari, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari urug‘lari va ko‘chatlar yetkazib berish.
Kambag‘al oilalarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari va boshqa manbalar hisobidan:
aholi tomorqa maydonlarini sug‘orish ta’minoti muammoli hududlarda artezian quduqlarni qazish va sho‘rlanish yuqori bo‘lgan hududlardagi kollektor tarmoqlarini tozalash va drenaj quduqlarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;
lalmi yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun zarur infratuzilma (suv, elektr, artezian qudug‘i) yaratish;
mevali daraxtlar va sabzavot ko‘chatlari hamda urug‘lari;
chorva, parranda va boshqa uy hayvonlari xarid qilish uchun mablag‘ ajratilishini ta’minlash.
2020-2021-yillar davomida
Sirdaryo viloyati hokimligi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Boyovut tumani hokimligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
8.
Tumandagi kichik sanoat zonalarini kengaytirish, yangilarini tashkil etish va ish o‘rinlarini yaratish.
Yangi kichik sanoat zonalari tashkil etish uchun infratuzilmasi mavjud bo‘sh bino va yer maydonlarini aniqlash.
2020-yil
1-avgust
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Boyovut tumani hokimligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
Aniqlangan hududlarga energiya tejamkor uskunalardan iborat bo‘lgan zamonaviy loyihalarni joylashtirish hamda doimiy yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlash.
2020-2021-yillar davomida
9.
Biznes loyihalar ishlab chiqish va kredit ajratishda ko‘maklashish.
Tumanning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, biznes rejalar uchun tanlov e’lon qilish.
2020-yil iyun-iyul
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Markaziy bank,
Boyovut tumani hokimligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
Tanlovda aniqlangan eng maqbul loyihalar ro‘yxatini shakllantirish.
2020-yil
10-avgust
G‘olib tadbirkorlar taklifiga binoan tijorat banklari tomonidan bank kredit mablag‘larini ajratish.
2020-2021-yillar davomida
10.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish hamda mehnat qilish imkoniyati cheklangan kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
Ushbu toifadagi kambag‘al oilalarni davlat tomonidan manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
2020-2021-yillar davomida
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Moliya vazirligi,
Boyovut tumani hokimligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 395-son qaroriga 2-ILOVA
2020-2021-yillarda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining
MANZILLI RO‘YXATI