T/r
|
Tadbir nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Amalga oshirish muddati
|
Ijro uchun mas’ullar
|
I. Kambag‘allik darajasini qisqartirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar
|
1.
|
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari rahbarligida tuman iqtisodiyot, bandlikka ko‘maklashish markazi, moliya, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklari bo‘limlari vakillaridan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruh va shtabni tashkil etish.
|
Tuman hokimining farmoyishini qabul qilish.
|
2020-yil
25-iyun
|
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Boyovut tumani hokimligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2.
|
Mahalla kesimida kambag‘al oilalarning sonini va tarkibini aniqlash bo‘yicha mahalla faollari ishtirokida maxsus guruh tuzish (Mahalla fuqarolari yig‘ini raislari va 4 nafar faol mahalla fuqarosi, shu jumladan 2 nafar faol xotin-qizlar, jami 5 ta).
|
Tuman hokimining farmoyishini qabul qilish.
|
2020-yil
25-iyun
|
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Boyovut tumani hokimligi
|
3.
|
Mahallalarda haqiqiy sharoitni xatlovdan o‘tkazgan holda tuman pasportini shakllantirish.
|
Kambag‘allikka oid real ahvol, ya’ni mahallalardagi daromadi kam oilalarning soni, nogironligi bo‘lganlar, besh va undan ortiq farzandi bor oilalar, boquvchisini yo‘qotganlar, ishsizlar va migrantlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni toifalarga ajratgan holda tuman pasportini shakllantirish.
|
2020-yil
30-iyun
|
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Boyovut tumani hokimligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
4.
|
O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra har bir oilani toifalarga ajratish.
|
Xatlov natijalariga ko‘ra har bir oilani:
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga layoqati;
kasbiy ko‘nikmalarga muhtojligi;
yer resurslariga va uy hayvonlariga muhtojligi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qo‘shimcha yer va infratuzilmaga talabi;
tovar va xizmatlarni realizatsiya qilish imkoniyatlari;
ish bilan ta’minlashga muhtojligi;
tadbirkorlik va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan hamda mehnat qilish imkoniyati cheklangan kambag‘al oilalar a’z�larini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan toifalarga ajratish.
|
2020-yil
30-iyun
|
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Boyovut tumani hokimligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |