II. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifatini oshirish va ilm-fanini rivojlantirish
Bunda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifatini oshirish va ilm-fanini rivojlantirish bo‘yicha tizimli va keng qamrovli ishlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov shaxsan mas’ul hisoblanadi.
2. 1 O‘quv-metodik bazani tahlil qilish, o‘qitishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va tatbiq etish
15.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalarini o‘tkazish va uning g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish.
1. Tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.
2. Tayyorlangan qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2020-yil 10-noyabr
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
16.
Kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish.
1. Respublikamizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibidan ishchi guruh shakllantirish.
2020-yil 1-dekabr
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. Kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini xorijiy universitetlar tajribasi asosida tahlil qilib takomillashtirish.
2021-yil yanvar — iyul
17.
Tabiiy fanlarni o‘qitish uchun laboratoriya jihozlari bo‘yicha yangi talablarni ishlab chiqish.
Oliy ta’lim muassasalarida tabiiy fanlarni o‘qitish uchun laboratoriya jihozlari bo‘yicha yangi talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2020-yil 1-oktabr
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov)
18.
Kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari dasturlarida fanlar bo‘yicha o‘quv laboratoriya ishlarini takomillashtirish.
1. Kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari dasturlarida fanlar bo‘yicha o‘quv laboratoriya ishlarini qayta ko‘rib chiqish.
2020-yil noyabr-dekabr
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norqulov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. O‘quv laboratoriya ishlarini alternativ imkoniyat sifatida tarmoq ishlab chiqarish laboratoriyalariga moslashtirish va 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab o‘quv jarayoniga joriy etish.
2021-yil mart — sentyabr
19.
Kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish usullarini yangi texnologiyalar asosida tashkil etish.
1. Kimyo va biologiya fanini o‘qitish usullariga yangi texnologiyalar asosida kimyoviy reaksiyalar va biologik jarayonlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni ishlab chiqish.
2021-yil 1-iyul
Oliy ta’lim muassasalarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy va professional ta’lim muassasalarida “virtual laboratoriya”larni o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish.
2021/2022 o‘quv yilidan
20.
Yo‘nalishlararo integrallashgan (universal) zamonaviy darsliklar, o‘quv adabiyotlarini yaratish.
Tanlov asosida mualliflar guruhini shakllantirgan holda oliy ta’lim muassasalari uchun kimyo fanidan (umumiy kimyo, organik kimyo, polimerlar kimyosi, polimerlar fizikasi, oziq-ovqat kimyosi, tibbiyot yo‘nalishlari uchun kimyo va boshqalar) va biologiya fanidan (bioinformatika, biomuhandislik, tibbiyot biofizikasi, gen muhandisligi va boshqalar) yo‘nalishlararo integrallashgan (universal) darsliklar yaratish.
2021/2022 o‘quv yili boshlanguniga qadar
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
21.
Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yagona elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Kimyo, biologiya, matematika va geologiya fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining “Yagona elektron kutubxonasi” portalini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish.
2021/2022 o‘quv yili boshlanguniga qadar
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov),
Fanlar Akademiyasi (Yuldashev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)