1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]



Download 96,53 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi96,53 Kb.
#280952
Bog'liq
813-I 19.08.1999




[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni

GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR TO‘G‘RISIDA

I. UMUMIY QOIDALAR



1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishiga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda ularning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga monelik qilish, fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash hamda davlat xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilib qo‘yadi.

Oldingi tahrirga qarang.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonunchilik



O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

giyohvandlik (narkotik) vositalari — giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar;

psixotrop moddalar — psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;

Oldingi tahrirga qarang.

prekursorlar — prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun foydalaniladigan moddalar;



(3-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)

giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga o‘xshash, ular singari ruhiyatga faol ta’sir etuvchi, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;

preparat — moddalarning har qanday fizik holatdagi, tarkibida bitta yoki bir nechta giyohvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar bo‘lgan aralashmasi;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi — giyohvandlik vositalari, — psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), tranzit tarzida o‘tkazish, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, tashish, jo‘natish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, ulardan foydalanish va ularni yo‘q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish;

giyohvandlik (narkomaniya) — giyohvandlik vositalariga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bog‘liq kasallik;

zaharvandlik (toksikomaniya) — psixotrop moddalarga, shuningdek dorilik xususiyatiga ega bo‘lmagan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy, giyohvandlik vositalarga o‘xshash ruhiyatga faol ta’sir etuvchi moddalarga ruhiy-jismoniy qaramlik bilan bog‘liq kasallik.

Oldingi tahrirga qarang.

maxsus vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar.

(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

4-modda. O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar

O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar quyidagi ro‘yxatlarga kiritiladi:

Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida taqiqlangan giyohvandlik vositalari ro‘yxati (bundan buyon matnda I ro‘yxat deb yuritiladi);

Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan giyohvandlik vositalari ro‘yxati (bundan buyon matnda II ro‘yxat deb yuritiladi);

Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan psixotrop moddalar ro‘yxati (bundan buyon matnda III ro‘yxat deb yuritiladi);

Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan prekursorlar ro‘yxati (bundan buyon matnda IV ro‘yxat deb yuritiladi).

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va matbuotda e’lon qilinadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

II. GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA BO‘LIShI BILAN BOG‘LIQ FAOLIYAT

5-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi

O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishiga ushbu Qonunda belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar analoglarining muomalada bo‘lishi taqiqlanadi.

6-modda. Giyohvandlik vositalarining muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning asosiy turlariga bo‘lgan davlat monopoliyasi

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning asosiy turlari: giyohvandlik vositalarini olib kirish (olib chiqish), taqsimlash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi, ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang);

3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]

7-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash

O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida Nizom”ga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang);

3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]

8-modda. Litsenziya berishni rad etish asoslari

Quyidagilar litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

yuridik shaxsning litsenziya olish paytida hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning xavfsizligini ta’minlash uchun sharoitlar yo‘qligi;

Oldingi tahrirga qarang.

surunkali ruhiy holatining buzilganligi, giyohvandlik, zaharvandlik, alkogolizm tufayli dispanser hisobida turuvchi xodimlar mavjud bo‘lsa va ular o‘z xizmat vazifasi taqozosiga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lsa;



(8-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son)

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan xodimlar mavjud bo‘lsa va ular o‘z xizmat vazifasi taqozosiga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lsa;

yuridik shaxs litsenziya olish paytida taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.

Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang);

3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]

9-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish

Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:

litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;

litsenziyalovchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.

Litsenziyaning amal qilishini litsenziyalovchi organ o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishi mumkin.

Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.



(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang);

3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash]

91-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish va litsenziyani bekor qilish

Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda;

Oldingi tahrirga qarang.

yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib yuborilishi mustasno;



(91-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)

litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;

Oldingi tahrirga qarang.

litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni sud yoki litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;

(91-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)

ruxsat etilgan faoliyat turini amalga oshirish qoidalariga rioya etish yuzasidan majburiyatlar litsenziat tomonidan bir yil ichida takroran bajarilmaganda;

litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;

litsenziat tomonidan litsenziyada belgilangan faoliyat turiga rioya etilmaganda;

litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda.

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.

(91-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)

Tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziyani bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

(91-modda to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)

litsenziatning arizasiga binoan;

agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa;

litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziyani bekor qilish ushbu modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.



Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.



(91-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

III. GIYOHVANDLIK VOSITALARI, PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING MUOMALADA BO‘LIShI BILAN BOG‘LIQ FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI AMALGA OShIRISh ShARTLARI

10-modda. O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojlari

O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etilgan tartibda belgilanadi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga qarang.

11-modda. Ayrim giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishini cheklash

Oldingi tahrirga qarang.

I ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarining muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu Qonunning 21, 211, 27 — 29-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)

II va III ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishiga shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha tibbiy maqsadlarda, shuningdek ushbu Qonunning 26—29-moddalarida nazarda tutilgan maqsadlarda yo‘l qo‘yiladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur ro‘yxatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

[OKOZ:

1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.03.00 Olib kirishga cheklovlar va taqiqlar;

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.03.00.00 Tarifsiz tartibga solish / 10.03.04.00 Olib chiqishga cheklovlar, taqiqlar (ma’daniy boyliklar, qimmatbaho metallar va toshlar, tovarlar, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan buyumlar va boshqalar)]

12-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) xususiyatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirishga (olib chiqishga) litsenziya, shuningdek, olib kirish (olib chiqish) huquqi to‘g‘risida maxsus vakolatli organ tomonidan beriladigan sertifikat bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni maxsus vakolatli organ ruxsatisiz O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish taqiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu moddada belgilangan talablar buzilgan taqdirda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar qonunchilikka muvofiq musodara etiladi.



(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

13-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.



(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)

 LexUZ sharhi

Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablar to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1048, 11.07.2001-y.) ga qarang.

14-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni berish, realizatsiya qilish va taqsimlash

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni berish, realizatsiya qilish va taqsimlash maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berib yuborish, sotish, taqsimlash, hisobini yuritish shartlari to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1090, 29.12.2001-y.) ga qarang.

15-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, realizatsiya qilish, foydalanish uchun, shu jumladan tibbiy va boshqa maqsadlarda olish yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

16-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda, yuridik shaxslar tomonidan, mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.



(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1791, 16.04.2008-y.).

17-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni jo‘natish

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo‘natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarida jo‘natish taqiqlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



(17-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

18-modda. Yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqish faqat davlat ehtiyojlari uchun buyurtmaga muvofiq amalga oshiriladi va bu ish davlat ilmiy-tadqiqot muassasalariga mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan taqdirda topshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan yangi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.



(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

19-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash

II ro‘yxatga kiritilgan giyohvandlik vositalarini ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat korxonalari va muassasalari tomonidan, muayyan giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

III ro‘yxatga kiritilgan psixotrop moddalarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash maxsus vakolatli organ qaroriga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan, muayyan psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

IV ro‘yxatga kiritilgan prekursorlarni ushbu Qonunda belgilangan maqsadlarda ishlab chiqarish va tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining ehtiyojlari doirasida davlat korxonalari va muassasalari tomonidan, muayyan prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.



(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

20-modda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni idishga joylash-o‘rash va ularga belgi qo‘yish

Oldingi tahrirga qarang.

Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni idishga joylash-o‘rash va ularga belgi qo‘yish qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi shart.



(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning sirtqi o‘rovi mazkur o‘rov butligini buzmay turib ularni olish imkoniyatini istisno etishi shart.

Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning ichki o‘rovi ikkita qizil chiziq bilan belgilangan bo‘lishi shart.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning o‘rovi va ularga belgi qo‘yish ushbu modda talablariga muvofiq bo‘lmagan hollarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlanadi.

21-modda. Tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish

Oldingi tahrirga qarang.

Tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan, I ro‘yxatga kiritilgan o‘simliklarni yetishtirish uchun ruxsat davlat korxonalariga ilmiy maqsadlarda maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda hamda ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslarga sanoat maqsadlarida mazkur faoliyat turiga doir litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda beriladi.



(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)

Oldingi tahrirga qarang.

211-modda. Tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarning sanoat maqsadlarida yetishtirilishi va muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari



Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo‘lgan kannabis o‘simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etiladi.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan, sanoat maqsadlarida yetishtirilishiga va muomalada bo‘lishiga ruxsat etilgan kannabis o‘simligining navlari, ularning yetishtirilish va muomalada bo‘lish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

(211-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)

22-modda. Prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat xususiyatlari

Yuridik shaxslar IV ro‘yxatga kiritilgan prekursorlarni o‘z ishlab chiqarishida foydalanish uchun mazkur faoliyat turi uchun litsenziyasi bo‘lgan taqdirda, yillik ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda olishlari mumkin va olingan yoki buyurtma berilgan prekursor miqdori ushbu ehtiyojlardan oshib ketgan har bir holat to‘g‘risida maxsus vakolatli organni xabardor qilishlari shart.

IV ro‘yxatga kiritilgan prekursorlarning muomalada bo‘lishini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

23-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

ularning yaroqlilik muddati tugaganda;

giyohvandlik vositasi, psixotrop modda yoki prekursor ulardan foydalanish imkoniyatini istisno etuvchi kimyoviy yoki fizik ta’sirga uchraganda;

bemorlar vafotidan so‘ng ularning qarindoshlaridan foydalanilmay qolgan vosita yoki modda tariqasida qabul qilinganda;

ularning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki prekursorlarga mansubligini aniqlashning imkoni bo‘lmaganda.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga qarang.

Tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklar o‘sayotgan yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari yoki foydalanuvchilari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslar bu o‘simliklarni yo‘q qilib tashlashga majbur. Bundan bosh tortilgan taqdirda mazkur o‘simliklar ularning hisobidan yo‘q etiladi.

IV. GIYOHVANDLIK VOSITALARI. PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARDAN FOYDALANISh

24-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda foydalanish

II, III va IV ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiy maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda foydalanilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga nisbatan dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning ushbu Qonunga zid bo‘lmagan qismi tatbiq qilinadi.



(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.

25-modda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan tranzit tarzida o‘tayotgan yo‘lovchilarni davolash uchun foydalanish

O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit tarzida o‘tayotgan bemor II va III ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib o‘tishi mumkin.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tranzit yo‘lovchilarni davolash uchun tashish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida ushlanib qolgan va davolanishni davom ettirish uchun giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qo‘shimcha ravishda olishga muhtoj bo‘lgan taqdirda bunday vositalar yoki moddalarni berish O‘zbekiston Respublikasida yozib berilgan retsept asosida qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.



(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

26-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariyada foydalanish

Veterinariyada foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxati, shuningdek ulardan foydalanish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan “Veterinariyada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan foydalanish Tartibi”ga qarang.

27-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalanish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalanish uchun ruxsat yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga qarang.

28-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertizalar o‘tkazish maqsadida foydalanish uchun ruxsat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-iyundagi 288-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga qarang.

29-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan tezkor-qidiruv faoliyatida foydalanish

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ularni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish, boshqa tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

30-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni jismoniy shaxslarga berish

II, III va IV ro‘yxatlarga kiritilgan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni jismoniy shaxslarga tibbiy maqsadlarda berish bunday faoliyat turi uchun litsenziyalari bo‘lgan dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Dorixona va tibbiyot muassasalarida Tramadol dori vositasini saqlash, hisobini olib borish va berish qoidalariga (ro‘yxat raqami 996, 29.12.2000-y.) qarang.

31-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat to‘g‘risida hisobot

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan yuridik shaxslar o‘z faoliyatlari to‘g‘risida maxsus vakolatli organga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobot taqdim etadilar.



(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

32-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni inventarizatsiya qilish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan yuridik shaxslar o‘z tasarruflaridagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni har oyda inventarizatsiya qilishlari hamda tovar-moddiy qimmatliklar balansini tuzishlari shart.

Balansdagi tafovutlarga oid ma’lumotlar yoki balans ma’lumotlarining o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalariga nomuvofiqligi to‘g‘risida bu holat aniqlanganidan so‘ng uch kunlik muddat ichida ichki ishlar organlariga xabar qilinadi.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar miqdori va holatiga taalluqli barcha o‘zgarishlar maxsus daftarlarga qayd etiladi. Bunday daftarlarni yuritish va saqlash tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

V. GIYOHVANDLIK VOSITALARI. PSIXOTROP MODDALAR VA PREKURSORLARNING QONUNGA XILOF RAVIShDA MUOMALADA BO‘LIShIGA MONELIK QILISh

33-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-apreldagi 229-son “O‘zbekiston Respublikasi giyohvandlik vositalarini nazorat qilish davlat komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-noyabrdagi 382-son “Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil Markazini tashkil etish hamda narkotik moddalarning noqonuniy ishlatilishiga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qilish organlari bo‘linmalarini mustahkamlash to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga monelik qilish choralarini moliyalash davlat budjeti mablag‘lari va boshqa moliyalash manbalari hisobidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.



(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

34-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targ‘ibotining taqiqlanishi hamda reklamasining cheklanishi

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar targ‘iboti, ya’ni Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish, tayyorlash va ulardan foydalanish usullari, uslublari to‘g‘risidagi, ularni olish joylari haqidagi ma’lumotlarni tarqatishga qaratilgan faoliyat taqiqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

II va III ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar reklamasi faqat tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga mo‘ljallangan ixtisoslashgan bosma nashrlardagina amalga oshirilishi mumkin. Tarkibida Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bo‘lgan dori vositalarining namunalarini reklama maqsadlarida tarqatish taqiqlanadi.



(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)

35-modda. Tibbiy ko‘rikdan va tekshiruvdan o‘tkazish

Shaxs giyohvandlik bilan kasallangan, giyohvandlik vositalari ta’sirida mast holatda yoxud shifokor ko‘rsatmasi bo‘lmagani holda giyohvandlik vositasi yoki psixotrop modda iste’mol etgan deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lsa, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborilishi mumkin.

Shaxs o‘z tanasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib o‘tayotir deb hisoblashga asoslar bo‘lsa, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuborilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu moddada ko‘rsatilgan shaxslar tibbiy ko‘rikdan va tekshiruvdan o‘tkazish uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov organlari va sudning qaroriga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda yuboriladi.



(35-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Jinoyat-protsessual kodeksining XVII bobiga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Tibbiy ko‘rikdan va tekshiruvdan o‘tkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.



(35-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

36-modda. Giyohvandlikka yo‘liqqan shaxslar uchun kasb faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanishning cheklanishi

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlikka yo‘liqqan shaxslar shug‘ullanishi uchun cheklov belgilangan kasb faoliyati turlari ro‘yxati qonunchilik bilan belgilanadi.



(36-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Narkomaniya kasaliga chalingan shaxslar shug‘ullanishi cheklangan kasbiy faoliyat turlari Ro‘yxati (ro‘yxat raqami 1233, 15.04.2003-y.)

37-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni musodara etish

Qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lganligi uchun olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, shuningdek ularni ishlab chiqarish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan asbob va uskunalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda musodara etiladi yoki yo‘q qilinadi.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat natijasida olingan yoki bunday faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk qonunchilikka muvofiq musodara etiladi.



(37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.

38-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgan shaxslar ustidan ma’muriy nazorat

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgan shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganidan keyin ular ustidan qonunchilikka muvofiq ma’muriy nazorat o‘rnatilishi mumkin.



(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-apreldagi O‘RQ-532-sonli “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.

39-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, bartaraf etish va ochish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar o‘z vakolatlari doirasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni nazorat ostida yetkazib berish va nazorat ostida olish huquqiga qonunchilikda belgilangan tartibda egadir.



(39-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

40-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan yuridik shaxsni tugatish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin.

41-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishidan kelgan daromadlarni legallashtirishda ishtirok etayotgan yuridik shaxsni tugatish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi natijasida olingan daromadlarni legallashtirish maqsadida moliyaviy operatsiyani amalga oshirgan yuridik shaxs sudning qaroriga binoan tugatilishi mumkin.

42-modda. Ushbu Qonun talablari ijrosini tekshirish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi organlar mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatga oid tartib buzilganligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda prokuratura, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

(42-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)

tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklar yetishtirilishi ehtimoli bor yer uchastkalarini, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, berish, realizatsiya qilish, taqsimlash, olish, foydalanish va yo‘q qilish joylarini ko‘zdan kechirish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish va tayyorlash jarayonlarining belgilangan qoidalarga muvofiqligini tekshirish, zarurat bo‘lganda ekspertlik tadqiqoti uchun namunalar olish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olishga monelik qilish maqsadida xonalarni muhrlab qo‘yish;

nazorat vazifalarini bajarish uchun zarur tushuntirish va hujjatlar taqdim etishni talab qilish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat turlari uchun litsenziyalari bo‘lgan yuridik shaxslarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

tekshirishning boshqa choralarini amalga oshirish.

Oldingi tahrirga qarang.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov yoki prokuratura organlarining mansabdor shaxslari giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalasi bilan bog‘liq faoliyat amalga oshirilayotgan har qanday joyga kirishi va uni ko‘zdan kechirishi mumkin.



(42-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Oldingi tahrirga qarang.

43-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik



Giyohvandlik vositalari psixotrop moddalar va prekursorlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

(43-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 56, 105, 106-moddalariga va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127 va 246-moddalariga, XIX bobiga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

(VI bob O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-644-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 29-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son)

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999-yil 19-avgust,

813-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 210-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )

Download 96,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish