b) fizika sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish
26.
Oliy ta’lim tizimida fizika ta’limi va fani (fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar) rivojlanishini tanqidiy tahlil qilish.
1. Oliy ta’lim tizimida fizika ta’limi va ilm-faning rivojlanish holatini o‘rganish va tahliliy materiallar tayyorlash.
2021-yil may
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. Tahliliy materiallar asosida 2021 — 2023-yillarda oliy ta’lim tizimida fizika fanlarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil avgust
3. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va tizimli amalga oshirish.
2021 — 2023-yillar
27.
Oliy ta’lim muassasalarida fizika ilmiy maktablarini shakllantirish va fizik kadrlarning ilmiy salohiyatini oshirish.
1. Fizika fanlarini o‘qitishda dunyoda yuz berayotgan yangiliklar asosida fan dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi hamda mavjud muammolarga tez va to‘g‘ri yechim topishga yordam beruvchi ilmiy maktablarni shakllantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish.
2021-yil iyun
Oliy ta’lim muassasalari budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
O‘zbekiston Milliy universiteti (Madjidov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida O‘zbekiston va xorijda faoliyat olib borayotgan vatandosh olimlardan iborat “Fiziklar kengashi”ni tashkil etish.
2021-yil dekabr
3. Fizika ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining iqtidorli talabalari uchun oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritgan mashhur olimlar nomidagi stipendiyalarni joriy etish.
2021/2022 o‘quv yilidan
28.
“Fizika”, “Biotibbiyot fizikasi”, “Fizika va astronomiya” kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan talabalarning ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish, talabalarning ilmiy faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasini rivojlantirish.
1. Oliy ta’lim muassasalarining “Fizika”, “Biotibbiyot fizikasi”, “Fizika va astronomiya” kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari va fizika bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlarini magistraturaga fizika mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida qabul qilish.
2021-yil sentyabr
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. Fizika yo‘nalishida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida fizika fani bo‘yicha ko‘p bosqichli (tuman — viloyat (shahar) — oliy ta’lim muassasasi) o‘z olimpiadasini o‘tkazish va 1 — 3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul qilish.
2022/2023 o‘quv yilidan
3. Fizika fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, fizika fanlari bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 foizi miqdorida ustama haq to‘lab berilishini ta’minlash.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab
29.
Fizika fanlarini raqamli texnologiyalar asosida yoshlar o‘rtasida ommalashtirish.
1. Yoshlar o‘rtasida fizika fanlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning fizika, elektronika sohasidagi iqtidorini rivojlantirish va metodik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Internet tarmog‘ida “Yosh fiziklar portali”ni tashkil qilish va uning doimiy faoliyatini ta’minlash.
2021-yil oktyabr
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sadikov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
2. Yoshlarimizni fizika faniga qiziqtirish uchun O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ta’sischiligidagi “Qiziqarli fizika” ilmiy-ommabop jurnalining multimedia dasturini yaratish va amaliyotga joriy etish.
2021-yil dekabr
30.
Oliy ta’lim bilan ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash borasida respublika iqtisodiyot soha vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazish. Sohaga oid muammolarni o‘rganish natijasida ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish.
1. Muntazam ravishda seminarlar o‘tkazish, fizika sohasi yangiliklari bilan tanishtirib borish.
2. Magistratura talabalarining ilmiy ishlari mavzularida ma’ruzalarini eshitish.
3. Yosh olimlar va doktorantlarni ishlab chiqarish tashkilotlariga (“Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Jizzax akkumulyator zavodi kabi), ilmiy ishlab chiqarish birlashmalariga, xorijiy davlat ilmiy-tadqiqot muassasalariga tajriba almashish, soha ilmiy konferensiyalarida ishtirok etish uchun yuborish.
2021 — 2023-yillar
Oliy ta’lim muassasalari budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
ishlab chiqarish korxonalari
31.
Yarimo‘tkazgichlar fizikasi hamda yarimo‘tkazgichli mikroelektronika yo‘nalishlarida ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyasini rivojlantirish.
1. Yarimo‘tkazgichlar fizikasi hamda yarimo‘tkazgichli mikroelektronika fanlari o‘qitiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini tuzish.
2021-yil iyul
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
2. Yarimo‘tkazgichlar fizikasi hamda yarimo‘tkazgichli mikroelektronika fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari doirasida maxsus kurslar o‘qitilishini tashkil etish.
2021-yil sentyabr
32.
Talabalar, yosh olimlar va doktorantlar uchun seminar-treninglar tashkil etish va bo‘lajak iqtidorli yosh olimlarni fizika tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy faoliyatga jalb etish.
1. Fizika yo‘nalishi bo‘yicha seminar-treninglarni muntazam tashkil etish.
2. Iqtidorli talabalarni fizika fani bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb etish.
3. Oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash mavzusida sanoat korxona vakillari ishtirokida qo‘shma amaliy seminar-treninglar o‘tkazish.
4. Talabalar, yosh olimlar va doktorantlar tomonidan yaratilgan ishlanma va ixtirolarni rag‘batlantirish mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
2021 — 2023-yillar
Sheriklik shartnomasi asosida
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
ishlab chiqarish korxonalari
33.
Oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-o‘quv markazlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
1. Ilmiy-o‘quv markazlarning ilmiy tadqiqot uslublarini o‘rgatish, eksperimentlarni amalga oshirish va boshqa ko‘rsatilayotgan xizmatlardan foydalanish shartlari va tartibini ishlab chiqish.
2021-yil aprel
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. Ilmiy-o‘quv markazlarining namunaviy nizomini ishlab chiqish.
2021-yil may
3. Ilmiy-o‘quv markazlarning ichki va tashqi buyurtmachilar bilan ishlash tartibini ishlab chiqish hamda ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarini belgilash.
2021-yil may
4. Ilmiy-o‘quv markazlarida foydalaniladigan laboratoriya qurilmalari va jihozlariga talablarni shakllantirish.
ehtiyojdan kelib chiqib
5. Ilmiy-o‘quv markazlaridagi laboratoriya qurilma va jihozlarini, montaj qilish, servis xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish uchun mutaxassislar bilan ta’minlash mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
2021-yil iyul
34.
“O‘zbekiston fizik-talabalari va yosh olimlarining assotsiatsiyasi” bilan birgalikda yuqori sinf maktab o‘quvchilarini ilm-fanga, iqtidorli talabalar va doktorantlarni sohaga oid ilmiy tadqiqotlarga faol jalb etishga sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash.
1. Oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bazasida maktablardagi yuqori sinf o‘quvchilarini ilm-fan sohasiga qiziqishini oshirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.
2021-yil may
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)
2. Oliy ta’lim muassasalaridagi talaba va doktorantlarning ilmiy loyihalardagi ishtirokini oshirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilish.
2021-yil sentyabr
35.
Har xil chuqur sathli yarimo‘tkazgi�larning optik, sig‘imli, rezonansli va boshqa xususiyatlarini eksperimental tadqiq qilish.
1. Tadqiqot loyihasini ishlab chiqish va iste’molchi korxonalarning ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash.
2021-yil may
Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
2. Loyiha mavzusini tanlovda e’lon qilishga taqdim etish.
2021-yil iyul
3. Tadqiqot mavzusini tanlovda e’lon qilish.
tanlov shartlariga ko‘ra
4. Tanlovda qatnashish uchun loyihani taqdim etish.
tanlov e’lon qilingach bir oy muddatda
5. Eksperimental tadqiqotlarni amalga oshirish.
tanlov natijalariga ko‘ra
36.
Yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi oliy ta’lim muassasalariaro faoliyat yuritadigan konstruktorlik-tajriba byurosi hamda Belarus “Mikro-, opto-, o‘ta yuqori chastotali elektronika” innovatsion-sanoat klasteri bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
1. Konstruktorlik-tajriba byurosi va “Mikro-, opto-, o‘ta yuqori chastotali elektronika” innovatsion-sanoat klasteri bilan hamkorlikda amalga oshiradigan ishlari uchun zarur asbob-uskunalar ro‘yxatini tuzish.
2021-yil avgust
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov),
O‘zbekiston Milliy universiteti (Madjidov)
2. Konstruktorlik-tajriba byurosi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va jihozlash (mebel, zarur asbob-uskunalar).
2022-yil dekabr
37.
Ishlab chiqarish korxonalarining ehtiyojiga muvofiq yarimo‘tkazgichlar fizikasi, mikroelektronika, materialshunoslik va muqobil energiya manbalari sohasida ilmiy ishlanmalarni tayyorlash.
1. Ishlab chiqarish korxonalarining ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha Ishchi guruhni tuzish.
2021-yil mart
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
O‘zbekiston Milliy universiteti (Madjidov)
2. Doktorantlar va izlanuvchilarni tarmoq muammolarini o‘rganish bo‘yicha jadvalni ishlab chiqish.
2021-yil aprel
3. Yarimo‘tkazgichlar fizikasi, yarimo‘tkazgichli mikroelektronika, materialshunoslik, geliofizika va muqobil energiya manbalari tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.
2021-yil dekabr
38.
Fizika sohasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni oshirish choralarini ko‘rish.
1. Oliy ta’lim muassasalarida fizika sohasi bo‘yicha ilmiy salohiyatni tahlil qilish.
2021-yil aprel
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
2. Fizika sohasi bo‘yicha doktoranturaga qabul parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib borish.
2021-yil dekabr
39.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo instituti, Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi va boshqa fizika yo‘nalishidagi ilmiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish.
1. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo instituti, Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi va boshqa fizika yo‘nalishidagi ilmiy muassasalar faoliyati samaradorligini tanqidiy o‘rganish va baholash.
Bunda, quyidagilarga alohida e’tibor qaratish:
tashkilotlarni transformatsiya qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, amaliy xarakterdagi loyihalar bajarilishini yo‘lga qo‘yish;
iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga yo‘naltirilgan ishlanmalarni tijoratlashtirish asosida ilmiy mahsulotlar hajmi va innovatsion mahsulotlar turlarini kengaytirish.
2021-yil may
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
O‘zbekiston Milliy universiteti (Madjidov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
2. Quyidagilar yuzasidan taklif kiritish:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Biofizika va biokimyo instituti, Nanotexnologiyalarni rivojlantirish mar�azi va boshqa fizika yo‘nalishidagi ilmiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish.