a) fizika yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash va o‘qitish sifatini oshirish
17.
Fizika ta’limida fanlararo integratsiyani ta’minlash.
Fizika ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilarining muayyan aniq sohalarda amaliy masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ta’lim dasturlarini fanlar (yo‘nalishlar)aro, integrativ prinsiplar asosida ixtisoslashtirilgan tartibda ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etish.
2021/2022 o‘quv yilidan
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
18.
Respublikada yuqori malakali fizik kadrlarni davlat granti asosida tayyorlash bo‘yicha mavjud mexanizmni takomillashtirish.
1. Fizik kadrlarni davlat granti asosida tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini oshirish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish.
2021-yil aprel
Davlat budjeti mablag‘lari
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. Respublika oliy ta’lim m?assasalarining magistraturasiga “Aniq va ta?iiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya)” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini to‘liq davlat granti asosida tasdiqlash.
2021/2022 o‘quv yilidan
19.
Respublika sanoat-ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik jarayonlari yechimini fizik metodla� va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlash.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Milliy universitetida “Tibbiyot fizikasi”, “Fizik-kimyo”, “Matematik fizika”, “Mikroelektronika” kabi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
2021/2022 o‘quv yilidan
Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov),
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi (Yunusov),
kadrlar iste’molchilari bo‘lgan tarmoq vazirlik va idoralar, xo‘jalik boshqaruv organlari
20.
Fizika yo‘nalishlari bo‘yicha yosh olimlar va o‘qituvchilarni xorijiy yetakchi universitetlar va ilmiy markazlarida magistratura, doktorantura hamda magistratura va doktoranturaga tayyorlov bosqichi dasturlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qitishni tashkil etish.
1. Xorijiy yetakchi universitetlar va ilmiy markazlar ro‘yxatini shakllantirish, ular bilan muzokaralar olib borish va tegishli kelishuvlarga erishish.
2021-yil iyun — avgust
“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, oliy ta’lim muassasalari budjetdan tashqari mablag‘lari
“El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar,
Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov)
2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asoslantirilgan takliflariga muvofiq respublika oliy ta’lim muassasalarining fizika yo‘nalishlari bo‘yicha yosh olimlar va o‘qituvchilarini nufuzli xorijiy yetakchi universitetlar va ilmiy markazlardagi magistratura, doktorantura hamda magistratura va doktoranturaga tayyorlov bosqichi dasturlari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish.
2021-yil sentyabrdan boshlab har yili
21.
Fizika fani o‘qituvchilarining tayyorgarlik darajasi, dars berish mahorati, fizika fanini o‘rgatish metodikasini bilish darajasini muntazam oshirib borish.
1. Fizika fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:
o‘qituvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish metodikasini kiritish;
bo‘lajak o‘qituvchilarni multimedia, axborot texnologiyalarni dars mashg‘ulotlarida faol qo‘llashni o‘rgatish bo‘limlarini ko‘paytirish, amaliy mashg‘ulotlar salmog‘ini oshirish.
2021-yil may — iyul
Oliy ta’lim muassasalari budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. Talabalar (maktab o‘quvchilari) uchun maktab dasturi mavzularini mustaqil o‘rganish bo‘yicha elektron resurslarni yaratish va ulardan foydalanish sharoitlarini, dasturiy platformalarini yaratish.
2021-yil maydan boshlab doimiy
22.
Oliy ta’lim muassasalarining fizika sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari maxsus fanlari bo‘yicha laboratoriya ishlarini “O‘zeltexsanoat” uyushmasi yoki uning tarkibiga kiruvchi korxonalarga tegishli laboratoriyalarda tashkil etish.
1. Oliy ta’lim muassasalarining fizika s�halari bo‘yicha bakalavriat va magistraturada mutaxassislik fanlari bo‘yicha laboratoriya ishlarini “O‘zeltexsanoat” uyushmasi yoki uning tarkibiga kiruvchi korxonalarga tegishli laboratoriyalarda tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzish.
2021-yil iyul-avgust
-
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi (Yunusov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. Fizika sohalariga taalluqli fanlar bo‘yicha laboratoriya ishlarini kelishilgan reja-jadval asosida Uyushma yoki uning tarkibiga kiruvchi korxonalarga tegishli laboratoriyalarda tashkil etish.
2021-yil sentyabrdan boshlab, doimiy
23.
Akademik litseylarning fizika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun takomillashtirilgan dasturlar asosida yangi darslik va muqobil adabiyotlar yaratish, moddiy-texnik, laboratoriya va o‘quv-metodik ta’minotini yangilash.
1. Akademik litseylar moddiy-texnik, laboratoriya va o‘quv-metodik ta’minotining amaldagi holatini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.
2021-yil may
Hisob-kitoblar asosida davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov),
Moliya vazirligi (Ishmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov)
2. Xatlov natijasi bo‘yicha akademik litseylarning moddiy-texnik, laboratoriya va o‘quv-metodik ta’minotini yangilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil avgust
3. Fizika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun takomillashtirilgan dasturlar asosida yangi darslik va muqobil adabiyotlar yaratish.
2021-2022-yillar davomida
24.
Etakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fizika sohalari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash.
1. Fizika sohasidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuzish.
2021-yil dekabr
Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar
2. Fizika sohalari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
2022-yil sentyabrdan boshlab
25.
Kasb-hunar maktablarida fizika fani dasturini ishchi kasblarning xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish.
1. Fizika fanlarining umumiy o‘rta ta’lim tizimi bilan uzviyligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirib o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha kasb-hunar maktablari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.
2021-yil av�ust
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov),
Xalq ta’lim vazirligi (Shermatov)
2. Fizika fanlarining o‘quv dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini monitoring qilish.