Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bugungi kungacha bir-necha bosqichlardan o’tdi va takomillashib bormoqda. Buning asosiy sabablari eng avvalo ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish va jahon standartlariga moslashish. Shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy siyosat bo’yicha samarali natijalarga erishishdir. Albatta, ijtimoiy-iqtisodiy siyosati har bir davlatning asosiy bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda mamlakat o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy sohaga alohida e’tibor qaratishi lozim. Har tomonlama qulayliklar yaratish, aholi farovonligini yaxshilash o’z o’rnida davlatning o’z oldiga qo’gan strategik maqsadlariga erishishida tayanch bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohani takomillashtirish hozirgi davrda mamlakatimizda, jahon standartlariga asoslanib va amaliy tajribadan o’tgan usullarni qayta tahlil qilish orqali amalga oshirilmoqda.
Xulosa qilinganda, mustaqillik yillarida “O ‘zbek modeli” siyosiy bashorat, taxmin va asossiz tajribalardan farqli o‘laroq, real ijtimoiy hayot tahlillariga asoslangan, rivojlanish qonuniyatlarini bosqichma-bosqich uyg'unlashtirgan, xalqning salohiyati va imkoniyatiga suyangan milliy dasturga aylandi. Bu dastur o‘z pragmatizmi va siyosiy realizmi bilan murosasiz ichki talablarga ega, davlatchilik to‘g‘risidagi umumiy va mavjud qarashlarni ba’zan inkor qiladigan, ba’zan siyosatchilar hazm qila olmaydigan qoliplarni buzish orqali yangi davr ta’limoti sifatida kirib keldi hamda “O‘tish davri” konsepsiyalarining zamonaviy transformatsiya fani ta’limotiga asos soldi. Bu ta’limot kishilik jamiyat qonuniyatlari inqirozi va ziddiyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayot bilan bog‘liq va bir butun yaxlit holda hal etishning samarali yondashuvlarini tadbiq etishga qaratilgan zaruriyat sifatida o'rganishni talab qiladi.
Albatta, islohotlar silliq va bir tekisda risoladagidek kechmaydi. Islohotlar bugunda ham davom etayapti. Muammolar yetarli, lekin, u fuqarolar hisobidan emas, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining ko’lamida namoyon bo‘lmoqda. Hali hech bir davlat qisqa bir davrda bu kabi ijtimoiy yuksalishlarga erishgan emas. Bosh maqsad jamiyatda tinchlikni saqlashga, farovonlikni ta’minlashga, hayotning sifat darajasini o'stirishga qaratilganligi bilan demokratik jamiyatning asoslari mustahkamlamoqda. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning ertangi kuniga umid va ishonchlarini orttirmoqda, o‘zlarini chuqur islohotlarga, yangilik va bunyodkorlikka moyil manfaatdor subyektga aylantirib bormoqda. Engi muhimi, o’tish davri qiyinchiliklari xalqning milliy xarakterini shakllantirdi, toblayapti, zamonaviy, davr talablariga mos, yangiliklarga o‘ch, izlanuvchan, sog’lom tafakkurli yangi avlod vakillari ulg’aymoqda. Bu, shubhasiz, o’tish davri istiqbolini kafolatlovchi ma’naviy omillardan bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘lidagi muqarrar jarayondir. U eng avvalo, tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning sifati va turini o‘zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishga undaydi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste’mol xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga bardoshligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o‘rtasida qulay muvozanatni ta’minlashga olib keladi. Kengroq ma’noda barqarorlashtirish, eng avvalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek u pul qadrsizlanishining oldini olish, to‘lov balansini bir me’yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan davlat siyosatidir.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis ketmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarini bilishda tarixiy-formasion, madaniylashish (sivilizasiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, sosial-iqtisodiy shakllarning o‘zgarishi kabi jihatlar bo‘yicha yondashuvlar mavjud.
Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlari iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy nazariyada ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.
Mulkchilik munosabatlari - shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o‘zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |