1. Ifodali o‘qish san’atining shakllanishida xalq og‘zaki ijodining ro‘li



Download 39,59 Kb.
bet6/7
Sana29.11.2022
Hajmi39,59 Kb.
#874829
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ifodali-o-qishda-nutq-a-zolarining

Ritm haqida umumiy ma'lumot.

Ritm grekcha ( rhuthmos–ritmos) so'zidan olingan bo'lib, vazifadosh, ohangdosh degan ma'nolarni anglatadi. Ritm ifodali o'qishda katta o'rin tutadi.


Badiiy adabiyotda, ayniqsa, she'riyatda misradagi kichik bo'laklarning bir-biriga monand ravishda takrorlanib kelishi ritmni hosil qiladi.masalan, barmoq tizimidagi she'rlarda ritm, turoq, qofiya, radiflar yordamida va misralardagi hijolarning bir tekisda takrorlanishidan maydonga keladi. Aruz tizimiga mansub she'rlarda esa, ritm, cho'ziq va qisqa hijolarning bir xil tartibda takrorlanishidan hosil bo'ladi. Erkin she'rlarda har bir satr zinapoya shaklida bo'laklarga bo'lib yoziladi va ularni o'qiganda mazmunga qarab, ritm saqlanadi.
Poeziyada ritmni bir-necha ichki turlarga bo'lib ko'rsatish mumkin. Masalan, band (strofa) ritmi, alleterasion ritm, anafora ritmi, intonasion ritm, ijrochilik pauzalariga bog'liq bo'lgan ritmlar va boshqalar. Biz bulardan band ritmi, alleterasion ritm va anafora ritmi haqida fikr yuritish bilan cheklanamiz.
Band ritmi. O'zbek poeziyasida band qurilishi bilan bog'liq ritm band ritmi deb ataladi. Bandlarning qofiyalanish tartibi har-xil bo'lib, ular o'ziga xos ritm hosil qiladi. Masalan, Masnaviy:
Vodiylarni yayovkezganda, - a
Bir ajib his bor edi menda...-a
Chappar urib gullagan bog'in, -b
O'par edim Vatan tuprog'in. –b
Odamlardan tinglab hikoya –v
O'sar edi shoirda g'oya...-v


Alliterasion ritm. Bir xildagi ohangdosh tovushlarning takrorlanishi natijasida hosil bo'ladi:
Bu yo'llar ko'p qadim yo'llardir,
Uzala tushgan cho'l kabi sokin.
Ustidan shabada esmagan tiniq ko'l kabi,
Og'zi qon bir bo'ri yo oqsoq bir it:
Hayqirsa, uvlasa,
Har tongda bir dong deb bong ursa dovullar...


Anafora ritmi – poetik asarlarning misralari boshida yoki prozaik asarlardagi gaplarning oxirida bir xil tovush, ohangdosh so'z yoki iboralarning takrorlanib kelishidan hosil bo'ladi.
Masalan,
Ko'm-ko'k
Ko'm-ko'k
Ko'm-ko'k...

Ko'klam quyoshdan ko'kargan qirlar


Po'lat yag'rinlarni ko'targan yerlar ko'm-ko'k.
Qora zulfing firoqida parishon ro'zg'orimbor,
Yuzungning ishtiyoqida ne sabru qarorim bor.
Labing bag'rimni qon qildi,
ko'zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi men andin
Bir so'rorim bor...

Anafora ritmi – bir necha gapning sintaktik jihatdan bir xilda bog'lanib kelishidan ham paydo bo'ladi:


Menikidir kelajak, chaman


Menikidir maktab, ijod, fan,
Menikidir sog', aql, badan,
Ko'nglim to'lin oy kabi ravshan.

Temp va ritm bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, badiiy matnni ifodali o'qishda ularga qat'iy amal qilingandagina muallif maqsadiga to'la tushunish mumkin.
Ritm soʻzi muayyan izchillik, ketma-ket­lik asosida takrorlanib, almashinib ke­lishni anglatadi. Masalan, uydagi derazalarni xayolga keltiring. Deraza, devor, deraza, eshik, devor, deraza shaklida almashib keladi. Bitta uyga ikkita deraza oʻrnatilishi mumkin, lekin bitta uyga kirgani bir joyga ikkita eshik qoʻyilmaydi. Ana shu mantiqli, izchil tartib ritmdir.
Sheʼriyatda ham ritm bor va bu sheʼrning muhim xususiyatlaridan biridir. Dilmurod Quronov, Zokirjon Mamajonov va Mashhura Sheraliyeva ‎muallifligidagi “Adabiyotshunoslik lugʻati”da adabiy asardagi ritmga shunday tushuntirish berilgan:
“Badiiy nutqning nasriy va sheʼriy shakllari ritm jihatidan farqlanadi.
Nasriy nutq ritmi umuman inson nutqining ritmikligidan kelib chiqadi, undagi oʻzgarishu tovlanishlar esa matnning konkret boʻlagidagi tasvir predmetining mazmun-mohiyati, unga muallif munosabati bilan bogʻliq holda yuzaga keladi.
Nasrdagidan farqli oʻlaroq, sheʼriy nutq ritmi maxsus hosil qilingan, muayyan oʻlchov asosida tartibga solingan. Sheʼriy ritmning oʻlchov birliklari oʻzaro qism-butun aloqasidagi nutqiy boʻlaklar (boʻgʻin, turoq, misra, band) boʻlib, ular ritmik boʻlaklar yoki ritmik birliklar deb yuritiladi…
Misra yakunida keluvchi qofiyalar ritmik jihatdan misrani taʼkidlab koʻrsatishga, sheʼrning ohangdorligi, musiqiyligi, taʼsirdorligini oshirishga xizmat qiladi. Sheʼrni oʻqish davomida qofiya misraning tugaganidan darak beradi, pauza bajarayotgan ajratish funksiyasini taʼkidlaydi. Shunga oʻxshash, qofiyalanish tartibi bandning shakllanib boʻlgani, tugaganini taʼkidlaydi. Masalan, toʻrt misrali a-b-a-b tarzida qofiyalangan sheʼr oʻqilayotgan boʻlsa, oʻquvchi keyingi bandlarda ham shu xil tartibni kutadi, tartib nihoyalanganida banddagi tugallanganlikni his qiladi…
Xullas, ritm sheʼriy nutqning emotsionalligi, musiqiyligining asosi, poydevoridir”.
Demak, ritm sheʼrdagi toʻxtam, boʻgʻin va turoqlarning izchilligidir. Bu izchilik va bir xil tartibga misra va bandlarda ham rioya qilish kerak. Ritmning buzilishi ohangning buzilishiga olib keladi. Ohangi buzilgan sheʼr xususiyatini, taʼsir kuchini yoʻqotadi. Masalan:
Derazamning oldida bir tup
Oʻrik oppoq boʻlib gulladi…
Shu parchadagi boʻlib soʻzini olib tashlab, oʻqib koʻraylik:
Derazamning oldida bir tup
Oʻrik oppoq gulladi…


Download 39,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish