1. Hisoblang: a 64 b 128 c 32 d 60



Download 0,74 Mb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi0,74 Mb.
#949846
  1   2   3
Bog'liq
6-sinf tayyor


1. Hisoblang:
A) 64 B) 128 C) 32 D) 60
2. Oxiri 7 raqami bilan tugaydigan son besh xonali sondan kichik va 9 987 dan katta ekani ma’lum. Shu sonni toping.
A) 9977 B) 9967 C) 9997 D) 1007
3. To‘g‘ri tortburchakning eni bo‘yidan 8 m qisqa, perimetri esa 32 m. Shu to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.
A) 50 B) 55 C) 16 D) 48
4. Men bir son o‘yladim. Agar u son 12 ga bo‘linsa va bo‘linmaga 450 qo‘shilsa, yig‘indida 510 hosil bo‘ladi. O‘ylagan sonimni toping.
A) 5 B) 15 C) 720 D) 320
5. Ikkita javonda 280 ta kitob bor. 1-javondan 2-javonga 20 ta kitob olib qo‘yilgan edi, ikkala javondagi kitoblar soni teng bo‘lib qoldi. Birinchi va ikkinchi javonda nechtadan kitob bo‘lgan?
A) 120; 160 B) 140; 140
C) 100; 180 D) 160; 120
6. Men bir son o‘yladim. Agar undan 42 ni ayirib, ayirmani 12 ga ko‘paytirsam, ko‘paytmada 1080 hosil bo‘ladi.O‘ylagan sonimni toping.
A) 122 B) 132 C) 142 D) 112
7.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
8. Tenglamani yeching: 81900: (1324—x) = 350
A) 1090 B) 1900 C) 1000 D) 1100
9. To‘g‘ri to’rtburchakning bir tomoni 7,25 m, ikkinchi tomoni esa undan 4 marta uzun. Shu to’g‘ri to’rtburchakning yuzi va perimetrini toping.
A) 210,25; 72,5 B) 210; 73
C) 210,5; 72,5 D) 210; 74
10. Samolyot 1 440 km ni 240 km/soat tezlik bilan, qolgan 510 km ni esa 170 km/soat tezlik bilan uchib o‘tdi.Samolyot butun yo‘lni necha soatda uchib o‘tgan
A) 6 B) 9 C) 12 D) 3
11.
A) 2,08 B) 20,9 C) 208 D) 2080
12. To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 35 sm, eni esa bo‘yining 60 % ini tashkil etadi. Shu to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri va yuzini toping.
A) 735; 112 B) 112; 735
C) 745; 102 D) 102; 745
13. Bankka 1000 000 so‘m pul qo‘yildi. Bank 1 yilda omonatchiga qo‘yilgan pulning 29 % i muqdorida foyda to’laydi.Omonatchi 1 yilda necha so‘m foyda oladi?
A) 29000 B) 290000 C) 29 D) 129000
14. Vatanimiz O‘zbekistonning maydoni 448,9 ming kv km. Bu maydonning taqriban 80 % ini tekislik tashkil qiladi. Maydonning tekislik qismi necha ming metrdan iborat?
A) 369,12 B) 591,1 C) 359,12 D) 359
15. O’quvchi birinchi kun kitobning 32 % ini, ikkinchi kun kitobning 24 % ini, uchinchi kun qolgan 88 betini o‘qidi. O‘quvchi 1- va 2- kun necha betdan o‘qigan?
A) 48; 64 B) 200; 100
C) 64; 48 D) 44; 56
16. Uch xonali 32* sonida yulduzcha (*) o‘rniga qanday raqamlarni qo‘ysak, to’g‘ri mulohaza hosil bo‘ladi? Barcha javoblarni toping.
1) 32* soni 2 ga bo‘linadi;
3) 32* soni 3 ga bo‘linadi;
2) 32* soni 5 ga bo‘linadi;
4) 32* soni 9 ga bo‘linadi.
A) 2;3;5;9 B) 2;4;0;9
C) 2;6;5;4 D) 2;4;5;4
17. 2 ga ham, 5 ga ham, 10 ga ham karrali sonlar qanday raqam bilan tugaydi?
A) 2 B) 0 C) 5 D) 10
18. 2017 soni kamida necha marta ketma-ket yozilsa, hosil bo‘lgan son 3 bo‘linadi?
A) 1 B) 2 C) 4 D) 3
19. yig‘indi: 3 ga va 9 ga bo‘linishi uchun yulduzcha (*) o‘rniga qanday raqam qo‘yish kerak?
A) 1 B) 2 C) 9 D) 4
20. 252 ning barcha tub bo‘luvchilari ko‘paytmasini toping.
A) 252 B) 126 C) 42 D) 112
21. 604 ning barcha tub bo‘luvchilari yig‘indisini toping.
A) 302 B) 604 C) 154 D) 153
22. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hajmi
1001 sm 3 bo‘lib, qirralari tub sonlarda ifodalanadi. Shu parallelepipedning barcha qirralari uzunliklarini toping
A) 1001; 1; 1 B) 13; 12; 3
C) 7; 11; 13 D) 13; 15; 1
23. Uchburchakning perimetri 59 sm. Uning tomonlari tub sonlarda ifodalanadi. Uchburchakning tomonlari uzunliklari qanday bo‘lishi mumkin?
A) 2;7;46 B) 9;17;23
C) 24;18;17 D)19;11;29
24. 500 ning barcha tub bo‘luvchilari ko‘paytmasini toping?
A) 500 B) 100 C) 10 D) 7
25. 56 ning barcha tub bo‘luvchilari yig‘indisini toping?
A) 56 B) 9 C) 7 D) 14
26. n ning qanday natural qiymatlarida: 17+n; sonlar eng kam sondagi tub ko‘paytuvchilarga ajraladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
27. Sonlarning umumiy bo‘luvchilari va eng katta umumiy bo’luvchisini toping: 6 va 15;
A) 1 va 3; 6 B) 2 va 3; 15
C) 1 va 3; 3 D) 3 va 15; 6
28.Toping? 1) EKUB (35, 55, 45);
2) EKUB (62, 74, 212).
A) 15;4 B) 25; 5 C) 35; 2 D) 5;2
29. 93 va 85 sonlarining eng katta umumiy bo‘luvchisini toping?
A) 17 B) 3 C) 5 D) 1
30. Bo‘linuvchi bo’luvchidan 6 marta katta, bo’luvchi esa bo’linmadan 6 marta katta. Bo‘linuvchi bo‘luvchi va bo‘linma nimaga teng?
A) 36; 6; 1 B) 6; 36; 1
C) 216; 36; 6 D) 6; 36; 4
31. EKUB (135, 90, 405) ni toping?
A) 15 B) 45 C) 90 D) 135
32. EKUK (225, 45, 270) ni toping?
A) 135 B) 1350 C) 270 D) 2700
33. EKUK (m, n) = 120, = 360 bo’lsa, EKUB (m, n) ni toping.?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
34. n ning qanday natural qiymatlarida
va 10 sonlarining eng kichik umumiy karralisi 60 bo’ladi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
35. a ning 1/3 < a < 1/6 qo‘sh tengsizlik to‘g‘ri bo’ladigan bir necha qiymatini toping. Bunday qiymatlar nechta?
A) 1 B) 2 C) 3 D) bunday qiymat yo’q
36. Velosipedchi birinchi soatda yo‘lning yarmini, ikkinchi soatda esa butun yo‘lning uchdan bir qismini bosib o’tdi. U ikki soatda yo‘lning qanday qismini bosib o‘tgan?
A) 1/6 B) 1/3 C) 4/6 D) 5/6
37. Bir to’g‘ri to’rtburchakning yuzi 6/14 m2, ikkinchisiniki esa 9/28 m2 To`g`ri to`rtburchaklardan qaysi birining yuzi katta?
A) 6/14>9/28 B) 6/14<9/28
C) 6/14=9/28 D)
38. C va D nuqta AB kesmani uchta bo‘lakka bo‘ladi. AC = 11/2 sm, CD= 15/4sm va DB=17/8sm bo‘lsa, AB toping?
A) B) C) D)
39. Qovunning massasi 7/8 kg, tarvuz qovundan 3/4 kg ga og‘irroq, qovoqning massasi esa tarvuz va qovun massalari yig‘indisidan 1/8 kg ga ortiq. Qovoqning massasi necha kilogramm ?
A) 19/8 B) 20/8 C) 21/8 D) 23/8
40. C vaD nuqta AB kesmani uchta bo‘lakka bo’ladi. Agar AB = 2 sm, AC =3/4 sm va DB=7/10 sm bo’lsa, CD ni toping?
A) 13/20 B) 11/20 C) 9/20 D) 2
41. Bir son ikkinchi sondan 7/10 ga ortiq. Ularning yig‘indisi 37/10 ga teng.Shu sonlarni toping?
A) 3,3 va 0,7 B) 1,5va2,2
C) 2 va 1,3 D) 0,7 va 8,4
42. 72 sonining natural bo`luvchilari nechta?
A) 10 B) 20 C) 15 D) 12
43. Agar a va b ixtiyoriy natural sonlar b o‘lsa, u holda 2a + 8 b ifoda qanday songa qoldiqsiz bo`linadi?
A) 10 B) 4 C) 2 D) 6
44. Berilgan 1; 2; 3; 15; 17; 23; 49; 64; 121; 304; 324; 1001 sonlari ichida nechta tub son bor?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 8
45. 1 782 753 soni qanday songa qoldiqsiz bo`linadi?
A) 2 B) 5 C) 9 D) 3
46.Yig`indini hisoblang?
1/3+1/2=?
A) 1/6 B) 5/6 C) 3/6 D) 2/5
47. Bir to’p atlasdan avval 1/5 m, so‘ngra 13/10 m mato qirqib olingandan keyin 1/2 m mato qoldi. To‘pda hammasi bo’lib necha metr atlas bo’lgan?
A) 17/10 B) 27/10 C) 2 D) 3
48. Go’sht qaynatilganda massasining 2/5 qismini yo‘qotadi. 5 kg go‘sht qaynatilganda uning massasi necha kilogrammga kamayadi?
A) 3 B) 2 C) 5 D) 2,5
49. Shirinliklarni tayyorlash uchun 16 kg shakarning 1/4 qismi ishlatildi. Qancha shakar qolgan?
A) 4 B) 10 C) 12 D) 16
50. Do’konga keltirilgan 600 kg unning 3/8 qismi tushgacha,tushdan keyin esa qolgan unning 3/5 qismi sotildi.qancha un sotilmay qolgan?
A) 250 B) 150 C) 300 D) 450
51. Uchburchakning perimetri 37,8 m.Uning bir tomoni perimetrining 2/9 qismiga, ikkinchisi esa 3/7 qismiga teng. Shu uchburchakning uchinchi tomonini toping?
A) 8,4 B) 16,2 C) 13,2 D) 12,2
52. Qaldirg‘ochning tezligi 2400 m/min, chug‘urchiqning tezligi qaldirg‘och tezligining 3/4 qismini, qirg‘iyning tezligi qaldirg‘och tezligining 7/10 qismini tashkil qiladi. Chug‘urchiq va qirg‘iyning tezligini toping?
A) 1680 va 1800 B) 1580 va 1800
C) 1800 va 1680 D) 1600 va 1400
53. Bog‘dan 75 kg gilos terib olindi va ular uchta savatga joylandi. Birinchi savatga hamma gilosning 1/3 qismi, ikkinchi savatga 2/5 qismi joylandi. Uchinchi savatga qancha gilos joylangan?
A) 20 B) 25 C) 30 D) 40
54. 10 m uzunlikdagi shoyi matosining 2/5 qismi qirqib olingandan so‘ng, necha metr shoyi matosi qolgan?
A) 4 B) 5 C) 2 D) 6
55. To‘g‘ ri to’rtburchakning bo‘yi 25 sm, eni esa bo’yining 3/5qismiga teng. Shu to’g‘ri to’rtburchakning perimetrini toping?
A) 40 B) 60 C) 80 D) 160
56. To‘rtta sonning yig‘indisi 120 ga teng. Birinchi son shu yig‘indining 2/5 qismini, ikkinchi son birinchi sonning 1/4 qismini, uchinchi son esa qolgan ikki son yig‘indisining 3/5 qismini tashkil qiladi. Shu sonlarni toping?
A) 48; 12; 36; 24 B) 30;30;30;30
C) 48; 52; 6; 14 D) 12; 36; 44; 48
57. «Yosh tabiatshunoslar» to‘garagi a’zosi Anvar tabiatni o’rganish maqsadida sayohatga chiqdi. U yo‘lning 5/14 qismini o‘tgandan keyin hisoblasa, qolgan yo‘l o‘tilganidan 12 km ko‘p ekan.Anvar yana qancha yo‘l yurishi kerak?
A) 42 B) 21 C) 27 D) 30
58. Sayyoh uch kunda d km yo‘l yurdi. 1 - kuni u yo‘lning 40 % ini, 2- kuni esa yo‘lning 1/3 qismini o‘tdi. U 3- kuni qancha yo‘l yurgan?
A) 4/12 B) 4/15 C) 8/15 D) 0,6
59. Avtomobil 468 km yo‘lni bosib o‘tdi. Bosib o‘tilgan yo`lning gorizontal (tekis) qismi uning 7/9 qismini, ko`tarilish qismi 2/13 qismini tashkil qilgan.Qolgan qismi esa qiyalikdan iborat bolgan. Qiya yo`l necha km ga eng?
A) 22 B) 42 C) 62 D) 32
60. To‘g‘ ri to’rtburchakning eni 25 dm ga teng. Bo‘yi esa enidan 2,1 dm uzun. Uning perimetrini ikki usul bilan hisoblang?
A) 10,42 B) 104,2 C) 52,1 D) 62,2
61. Sayyohlar ikki kunda 78 km yo‘lni bosib o’tishlari kerak.Ular birinchi kuni butun yo‘lning 7/13 qismini o’tdilar. Ular ikkinchi kuni qancha yo‘lni bosib o’tishlari kerak?
A) 42 B) 52 C) 36 D) 46
62. Poyezd 3 soat-u 45 minutda 225 km masofani o’tdi. U 1 soatda necha kilometr masofani bosib o‘tadi?
A) 60 B) 75 C) 90 D) 120
63. Poyezd 2 soat-u 15 minutda 270 km masofani bosib o‘tdi. U 1 soatda necha kilometr yo‘l bosgan?
A) 120 B) 240 C) 60 D) 480
64. To‘g‘ ri to’rtburchakning bo’yi 2/3 sm, eni esa bo’yining 3/13 qismiga teng. To‘g‘ri to’rtburchakning yuzi nimaga teng?
A) 2/39 B) 4/39 C) 32/39 D) 12/39
65. To‘g‘r to’rtburchak shaklidagi bog‘ning 2/3 qismiga olma, qolgan qismiga esa nok ekildi. Olmalar 900 yerga ekilgan bo’lsa, nok qancha yerga ekilgan?
A) 270 B) 225 C) 450 D) 900
66. «Oltin don» fermer xo‘jaligi 960 ga yerdagi bug‘doyni o’rib oldi. Bu esa butun yer maydonining 3/4 qismini tashkil qiladi. Fermer xo‘jaligining maydoni qancha?
A) 128 B) 256 C) 1280 D) 640
67. Shohimardon soyi bo‘ylab sayohatga chiqqan bolalar 4 863 km yo‘l yurishdi. Shunda o‘tilgan yo‘l manzilgacha bo‘lgan yo‘lning 1/3 qismiga teng ekani aniqlandi. Bolalar jami necha kilomer yo‘l yurishni rejalashtirishgan?
A) 19452 B) 1621 C) 3242 D) 1524
68. Ma’mura opaning yoshi 40 da. Qizining yoshi onasi yoshining 3/10 qismini va buvisi yoshining 6/31 qismini tashkil etadi. Buvining yoshini toping?
A) 60 B) 61 C) 62 D) 72
69. Yo‘lovchi 3 soatda 34 km masofani bosib o’tdi. U shunday tezlik bilan 7 soatda qancha masofani bosib o‘tadi?
A) 79 B) C) 80 D) 81
70. AB kesma uzunligining: 5/9 qismi 25 sm ga teng. AB kesma uzunligini toping?
A) 35 B) 45 C) 55 D) 60
71. To‘g‘ri to’rtburchak bo’yining 6/8 qismi 12 sm ga teng. Eni bo’yining 3/4 qismini tashkil etadi. Shu to’g‘ri to’rtburchakning perimetrini toping?
A) 30 B) 17,5 C) 28 D) 56
72. Xususiy tadbirkor Rasul ota xo‘jaligida bug‘doy ekish uchun 240 ga yer ajratildi. Bu esa xo‘jalik
ekin maydonining 3/4 qismini tashkil etadi. Xo‘jalikning umumiy ekin maydoni necha gektar?
A) 240 B) 180 C) 320 D) 300
73. Sayyohlar 1-kun belgilangan masofaning 5/24 qismini bosib o‘tishdi. 2-kun esa 1-kun o‘tilgan masofaning 0,8 qismi bosib o’tildi. Agar sayyohlar 2- kun 24 km yo‘lni bosib o‘tishgan bo’lsa, belgilangan masofa necha kilometr?
A) 30 B) 4 C) 144 D) 72
74. Bog‘dan uzilgan uzumlar 3 ta savatga joylandi. 1- savatga jami uzumning 1/3 qismi, ikkinchisiga 2/5 qismi, uchinchisiga esa qolgan 40 kg uzum joylandi. Bog‘dan jami necha kilogramm uzum uzilgan?
A) 75 B) 150 C) 250 D) 125
75. To‘g‘ri to’rtburchakning yuzi 64 sm ga, eni esa 8/15 sm ga teng. Shu to’g‘ri to’rtburchakning bo’yini toping?
A) 120 B) 60 C) 30 D) 10
75. Mototsiklchining tezligi 90 km/soat, velosipedchining tezligi esa 15 km/soat. Mototsiklchining tezligi velosipedchining tezligidan necha marta ko‘p?
A) 2 B) 4 C) 6 D) 9
76. Futbol jamoasining murabbiyi bolalardan birini darvozabon sifatida tanlashi kerak . Ismoil darvozaga tepilgan 15 ta to’pdan 6 tasini, Fuzail esa 18 tadan 7 tasini ushladi. Ulardan qaysi birining darvozabon bo’lishga imkoniyati ko‘p?
A) Ismoil B) Fuzail C) Ikkalasida teng D) Birortasida imkoniyat yo’q
77. Olimjon 3,5 soatda 28 km yo‘l bosishi mumkin. U shunday tezlik bilan yursa, 7 km masofani necha soatda bosib o’tadi?
A) 7/8 B) 56 C) 14 D)
78.Praporsiyaning ma`lum hadini toping;? x:18=68:18
A) 68/16 B) 68/24 C) 68 D) 34
79.Proporsiya tuzing 7x18=21x54
A) 7/18=21/54 B) 7+18=21+54
C) 7*18=24*54 D) 7-18=21-54
80. Ikkita to’g‘ri burchakli parallelepiped asoslarining yuzlari 7teng. Ulardan birining balandligi 6 sm, hajmi esa 72 . Agar ikkinchi to’g‘ri burchakli parallelepipedning balandligi 7,2 sm ga teng bo’lsa, uning hajmini toping?
A) 84,4 B) 86,4 C) 56,7 D) 23,4
81. Yuk avtomobili 480 km masofani soatiga 60 km tezlik bilan bosib o’tdi. Tezligi soatiga 80 km bo’lgan yengil avtomobil shu vaqt ichida necha kilometr yo‘l bosadi?
A) 61 B) 31 C) 640 D) 650
82. 4 , 12 va 20 sonlari uchligi uchun shunday bir to’rtinchi sonni topingki, natijada bu sonlar proporsiya tashkil qilsin.
A)60 B)80 C)100 D)120
83. Ikkita bo’yoqchi 19 m2 ga teng bo’lgan devorni ma’lum bir vaqtda bo’yadi. Shuncha vaqt ichida 133 m2 li devorni bo’yash uchun nechta ishchi kerak bo’ladi?
A)7 B)14 C)21 D)35
84. Kesma, uchburchak va tonna so‘zlaridan qaysi biri ortiqcha?
A)kesma B)uchburchak C)tonna D) hech biri
85. Proporsiyani hisoblang: x:6=7:2
A)42 B)7 C)21 D) 3
86. Piyoda 3 soatda 21 km yo‘l yurdi. Piyoda shunday tezlik bilan yursa, 5 soatda necha kilometr yo‘l bosadi?
A)21 B)35 C)42 D)56
87. Proporsiyaning chetki hadlari 56 va 24 ga, o‘rta hadlaridan biri esa 28 ga teng. Shu proporsiyaning ikkinchi o’rta hadini toping?
A)24 B)12 C)48 D)18
88. Proporsiyaning o‘rta hadlari 12 va 60 ga, chetki hadlaridan biri esa 120 ga teng. Shu proporsiyaning ikkinchi chetki hadini toping?
A)6 B)12 C)24 D)48
89.Proporsiyaning no`lum hadini toping? x:36=7:35
A) 72 B) 144 C) 36 D) 7.2
90. Uzunligi 56 m ga teng bo’lgan maktab koridorini bo’yash kerak. Koridorning 32 m lik qismini bo’yash uchun 7,25 kg bo’yoq sarflandi. Koridorning qolgan qismini bo’yash uchun yana qancha bo’yoq kerak bo’ladi?
A) B) C) D)
91. 15 ga yerga 2,7 t bug‘doy sepildi. 100 ga yerga sepish uchun qancha bug‘doy kerak bo’ladi? A)15 B)18 C)36 D)72
92. 4 ta ot 3 kunda 60 kg yem yeydi. 7 ta shunday ot uchun 8 kunga qancha yem g‘amlash kerak? A)120 B) 60 C)240 D)280
93. 5 ta nasos 3 soat davomida 27 m3 suvni kanaldan tortib chiqaradi. 4 ta shunday nasos 5 soatda necha kub metr suvni tortib chiqaradi? A)36 B)18 C)9 D)10
94. (Qadimiy masala.) 200 ta chittak 200 kunda 200 kg don yeydi. 20 ta chittak 20 kunda necha kilogramm don yeydi?
A)1 B)4 C)2 D)3
95. Uzunligi 56 m ga teng bo’lgan maktab koridorini bo’yash kerak. Koridorning 32 m lik qismini bo’yash uchun 7,25 kg bo’yoq sarflandi. Koridorning qolgan qismini bo’yash uchun yana qancha bo’yoq kerak bo’ladi? A) B) C) D)
96. Olma quritilganda o‘z massasining 84 % ini yo‘qotadi. 32 kg olma qoqi tayyorlash uchun qancha olma kerak bo’ladi?
A)100 B)150 C)200 D)250
97. Sayyohlar uch kunda ma’lum bir yo‘lni bosib o’tishdi. Ular 1- kun butun yo‘lning 3/8 qismini, 2 - kun qolgan yo‘lning 2/5 qismini, 3-kun qolgan 24 km yo‘lni bosib o‘tishdi. Butun yo‘l qancha?
A)90 B)80 C)70 D)64
98. 4 kg gilos uchun 20 000 so‘m to’landi. Agar shu gilosdan 97 kg olinsa, qancha pul to’lanadi?
A)46500 B)65500 C)485000 D)47000
99. 15 sm3 misning massasi 133,5 g. 22 sm3 misning massasi qancha bo’ladi?
A)195,4 B)100.4 C)104 D)195,8
100. 60 km/soat tezlik bilan ketayotgan «Matiz» yengil mashinasi Toshkentdan Gulistongacha bo‘lgan masofani 1,5 soat­da bosib o‘tdi. Shu masofani mashina 50 km/soat tezlik bilan qancha vaqtda bosib o’tadi? A)1,6 B)2 C)1,8 D)0,9
101. Sayyoh 4,5 km/soat tezlik bilan yurib, hamma yo‘lga 3,2 soat sarfladi. Shu yo‘lni 1.2 soatda o’tish uchun u qanday tezlik bilan yurishi kerak? A)13 B)12 C)10 D)9
102. Velosipedchi 24 km/soat tezlik bilan Toshkentdan Yangi yo‘lga 2,5 soatda bordi. U shu masofani: 3 soatda bosib o‘tishi uchun qanday tezlik bilan yurishi kerak?
A)20 B)25 C)30 D)40
103. Toshkent va Samarqand shaharlari orasidagi masofa 354 km. «Afrosiyob» poyezdi bu masofani 3 soatda o’tishi uchun qanday tezlik bilan yurishi kerak?
A)128 B)108 C)118 D)109
104. Yo‘lovchi 3,6 km/soat tezlik bilan yurib, hamma yo‘lga 2,5 soat sarfladi. U 5 km/soat tezlik bilan yursa, shu yo‘lga qancha vaqt sarflaydi? A)2.8 B)1.8 C)0.8 D)2.4
105. Manzura 11/41 kasrning surat va maxrajiga bir xil son qo‘shdi. Hosil bo’lgan kasrni qisqartirgandan keyin 3/8 hosil bo‘ldi. Manzura qanday son qo‘shgan?
A)3 B)4 C)5 D)7
106. Nigora 9 km yo‘lni 2/3 soatda bosib o’tadi. U 3/4 km yo‘lni necha soatda bosib o‘tadi? A)1/18 B)2/16 C)3/17 D)4/18
107. Samolyot 2,5 soatda 1 600 km masofani uchib o’tdi. U shunday tezlik bilan 3 200 km masofani qancha vaqtda uchib o‘tadi?
A)1 B)3 C)5 D)7
108. 18 ta ishchi ko‘p qavatli uydagi xonadonlarni 24 kunda ta ’mirlaydi. Shu ishni 12 ta ishchi necha kunda bajaradi?
A)16 B)26 C)36 D)54
109. C nuqta AB kesmani 3 : 5 kabi nisbatda ikki bo‘lakka bo’ladi. AB kesmaning uzunligi 48 sm. Har bir bo‘lakning uzunligi qancha? A)18:30 B)28:20 C)25:23 D)40:8
110. C nuqta KM kesmani 5 :4 kabi nisbatda ikki bo‘lakka bo’ladi. KM kesmaning uzunligi 90 sm. Har bir bo‘lakning uzunligi qancha? A)50:44 B)50:40 C)40:50 D)36:54
111. 240 g li konfetni: 2 : 3 kabi nisbatda bo‘ling.
A)144:96 B)120:120 C)96:144 D)200:40
112. To‘qiladigan ip paxta va kaprondan iborat bo’lib, ularning massasi 9 : 1 kabi nisbatda. 2 kg 500 g to’qiladigan ipda qancha kapron bor. A)225 B)250 C)225 D)215
113. Sovg‘ani o’rash uchun tasma 4:6 kabi nisbatda ikki bo‘lakka bo’lindi. Kichik bo’lakning uzunligi 24 sm. Tasmaning uzunligini toping. A)24 B)16 C)60 D)36
114. 6, 18, 12 sonlarining 4, 12, 8 sonlariga proporsional ekanini tekshiring. Proporsionallik koeffitsiyentini toping.
A)1 B)2 C)3 D)1.5
115. Arqon 5 : 7 : 13 kabi nisbatda uchta qismga bo’lingan. Arqon bo’laklaridan eng uzuni eng kaltasidan 1 m 44 sm ga uzun. Arqonning har bir bo’lagi uzunligini toping. A)80;112;208 B)90;126;234
C)64;108;204 D)125;563;25
116. U chta sonning nisbati 2:3:8 kabi, ularning yig‘indisi esa 67,6 ga teng. Shu sonlardan eng kattasi bilan eng kichigining ayirmasini toping.
A)31.2 B)3.12 C)3.21 D)3.41
117. 420 sonini: 4 va 10 sonlariga teskari proporsional bo’lgan ikkita qismga ajrating.
A)120;300 B)50;270 C)300;120 D)210;210
118. 540 sonini 3, 4 va 6 sonlariga teskari proporsional bo’lgan uchta qismga ajrating.
A)240;180;120 B)420;210;10
C)120;180;240 D)240;180;160
119. 122 sonini 1, 2, 3 va 5 sonlariga teskari proporsional bo‘lgan to’rtta qismga ajrating. A)30;20;12;60 B)60;30;20;12
C)1;2;3;5 D)20;30;40
120. 360 sonini 2/3 ; 4 va 1/2 sonlariga teskari proporsional bo‘lgan uchta qismga ajrating. A)144;24;192 B)84;56;40
C)46;54;50 D)120;120;120
121. Uchta traktor uchun 2 kunga 90 l yoqilg‘i kerak. 2 ta shunday traktor uchun 5 kunga qancha yoqilg‘i zarur bo’ladi?
A)120 B)240 C)150 D)250
122. 6 ta quyon uchun 40 kunga 90 kg yem g‘amlandi. 8 ta quyon uchun 80 kunga qancha yem g‘amlash kerak?
A)120 B)240 C)150 D)250
123. Eni 1,1 m bo’lgan 126 m drap matosidan 42 ta bir xil palto tikish mumkin. Eni 0,9 m bo‘lgan 110 m drapdan nechta shunday palto tikish mumkin?
A)10 B)20 C)30 D)40
124. 18 ta sigirga 35 kunga 7,56 t pichan kerak bo‘ladi. Shunday kunlik m e’yor bilan 12 ta sigirga 45 kunga qancha pichan kerak bo’ladi?
A)6.38 B)6.48 C)5.48 D)7.72
125. Turli uzunlikdagi xodalarning har biri arralanib, bir xil sondagi g‘o‘lachalarga bo’lindi. Natijada hosil bo‘lgan g‘o‘lachalar soni arralangan xodalar sonidan 25 taga ko‘p chiqdi. Dastlab xodalar nechta bo‘lgan?
A)2 B)3 C)4 D)5
126. Agar 400 g eritmada 32 g tuz bo’lsa, eritmada necha foiz tuz borligini toping.
A)8 B)18 C) 92 D)48
127. 5 % li eritma hosil qilish uchun 400 g tuzni qancha suvda eritish kerak? (litr)
A)8000 B)800 C)80 D)8
128. 800 g eritmada 50 g osh tuzi bor. 240 g eritmada qancha osh tuzi bor?
A)10 B)20 C)15 D)25
129. 1 kg suvda 250 g tuz eritilsa, eritmaning (namakobning) konsentratsiyasi qancha bo’ladi? A)15 B)20 C)25 D)30
130. Qotishmada 84% qalay, 10 % surma, 4 % mis va 2% vismut bor. 120 kg qotishmada shu metallardan vismutdan qancha bor ? A)2.4 B)240 C)120 D)4.8
131. Mototsiklchi 240 km yo‘l bosdi. U yo‘lning 40 % ini asfalt yo‘lda 20 km/soat tezlik bilan, qolgan qismini oldingi tezligidan 20 % kam tezlik bilan tuproq yo‘lda bosib o’tdi. Mototsiklchi butun yo‘lni qancha vaqtda bosib o‘tgan?
A)9 B)4.8 C)13.8 D)14
132. Yuzi 240 m2 bo’lgan basketbol maydonchasi sport maydonchasining 15 % ini tashkil etadi Sport maydonchasining yuzi butun maktab maydonining 32 % ini tashkil etadi. Maktab maydonining yuzini toping.
A)240 B)1600 C)3200 D)5000
133. Bug‘doy tortilganda 81% i un, 2% i manniy yormasi va 17 % i kepak chiqadi. 3,5 t bug‘doydan kepak olinadi?(kg)
A)5.95 B)59.5 C)595 D)5950
134. Bodringni tuzlashda: katta bodringlar uchun 8 % li, o’rtachalari uchun 7 % li va maydalari uchun 6 % li namakob (tuzli eritma) ishlatiladi. 10 kg li namakob tayyorlash uchun qancha tuz kerak bo‘ladi? (kg) A)0.6 B) 0.8 C)0.1 D)0.7
135. Narxi b so‘m bo’lgan mahsulot avval 25 % ga, so‘ngra yana 20 % ga arzonlashdi, keyin esa 20 % ga qimmatlashdi. Mahsulotni dastlabki narxda sotish uchun narxni necha foizga qimmatlashtirish kerak?
A)18 B)8 C)28 D)38
136. Ikki do‘konda bir xildagi konfetlar bir xil narxda sotilardi. Birinchi do‘kon dastlab narxni 10 % ga, bir oydan so‘ng yana 20 % ga oshirdi. Ikkinchi do‘kon esa bir yo‘la 30 % ga oshirdi. Hozir bu do‘konlardagi konfetlarning narxi bir xilmi?
A)ha B) yoq
137. Sol daryoda 6 soat davomida 12 km masofaga oqib bordi. Bu sol 24 km masofaga necha soatda oqib boradi?
A)6 B)3 C)10 D)12
138. 100 m3 havoda 20 m3 kislorod bor. Bo‘yi 20 m, eni 6 m va balandligi 2,5 m bo‘lgan sport zalida necha kub metr kislorod bor? A)20 B)60 C)40 D)80
139. 1 dona ananasning narxi 20 % ga arzonlashgandan keyin 20 000 so‘m bo’ldi Ananasning dastlabki narxini toping
A)25000 B)20000 C)24000 D)48000
140. Birinchi son 20 % ga, ikkinchi son
esa 25 % ga orttirildi. Unda shu ikki sonning ko‘paytmasi necha foizga ortadi?
A)20 B)30 C)40 D)50
141. Temiryo‘lning bir qismida 8 m uzunlikdagi eski relslar 12 m uzunlikdagi yangi relslarga almashtirildi. Agar 240 ta eski rels olib tashlangan bo’lsa, uning o’rniga yangi12 metrlik relsdan nechtasini qo‘yish kerak? A)80 B)120 C)160 D)200
142. C nuqta AB kesmani 4 : 3 kabi nisbatda ikki bo’lakka bo’ladi. AB kesmaning 56 sm. Har bir bo‘lakning uzunligi qancha?
A)24;32 B)28;28 C)20;36 D)32;24
143. 42 sonini: 2:19 kabi nisbatda bo’ling
A)4;38 B)20;22 C)2;40 D)38;4
144. Tasma 8 : 3 kabi nisbatda ikki bo‘lakka bo‘lindi. Katta bo‘lakning uzunligi 64 sm. Berilgan tasmaning uzunligi qancha?
A)80 B)88 C)90 D)92
145. 120 sonini: 4:5:3 kabi nisbatda bo‘ling. Kattasini toping? A)30 B)40 C)50 D)120
146. Arqon 2:4:10 kabi nisbatda uchta qismga bo‘lingan. Arqon bo‘laklaridan eng kichigi eng kattasining uzunligidan 1 m 20 sm ga qisqa. Kichik Arqonning uzunligini toping. A)240 B) 60 C)30 D)15
147. Uchburchakning perimetri 240sm. Agar uchburchakning tomonlari 5, 12 va 13 sonlariga to’g‘ri proporsional bo‘lsa, uning o’rtacha tomonni toping toping.?
A)40 B)96 C)104 D)120
148. 36,8 sonini 3 va 7 sonlariga teskari proporsional bo‘lgan ikkita qismga ajrating? A)25.76;11.04 B)25;33 C)32;25 D)3;7
149. 122 sonini 1, 2, 3 va 5 sonlariga teskari proporsional bo‘lgan to’rtta qismga ajrating. Shu sonlardan kichigini toping?
A)20 B)60 C)30 D)12
150. U chta tovuq 3 kunda 9 ta tuxum qo‘yadi. 6 ta tovuq 6 kunda nechta tuxum qo‘yadi? A)24 B)12 C)36 D)72
151. 42 sonini 4 va 3 sonlariga teskari proporsional qismlarga ajrating.
A)24;18 B)20;22 C)12;30 D)18;24
152. Yukni 2,5 tonnali 4 ta mashina bilan 3,2 soatda tashish m o‘ljallangan. Ikki tonnali 2 ta mashina bilan shu yuk qancha vaqtda tashib bo‘linadi?
A)2.56 B) 1.28 C)6.4 D)0.64
153. Kitobning narxi 15 % ga arzonlashtirildi. Dastlabki narxi: 20 000 so‘m bo‘lgan kitob endi necha so‘mdan sotilmoqda?
A)20000 B)10000 C)17000 D)7500
154. Avtomobil yozda har 100 km ni bosib o‘tish uchun 8 l, qishda esa 8,8 l benzin sarflaydi. Qishki norma yozgisidan necha foizga ko‘p? A) 10 B)20 C)30 D)40
155. Zargar buyum yasash uchun oltin va kumushdan 5 : 8 kabi nisbatda qotishma tayyorladi. Agar u oltindan 40 g olgan bo‘lsa, qotishmaning massasini toping.
A)40 B)20 C)64 D)104
156. Yer maydoni xaritasida masshtab
1:1000 deb ko‘rsatilgan. Xaritadagi ikki nuqta orasidagi masofa 3 sm Haqiqiy masofalarni hisoblang.(m)
A)0.3 B)00.3 C)3 D)30
157. 1:200 masshtabda uzunligi 8 m li kesmani tasvirlang. A)4 B) 0.4 C)0.04 D)40
158. Toshkent va Namangan shaharlari orasidagi masofa 244 km. 1:2 000 000 masshtabli xaritada bu masofa qancha(mm) bo‘ladi? A)122 B)1.22 C)0.122 D)12.2
159. Xaritada 5,4 sm uzunlikdagi kesmaga 54 km li masofa mos keladi. Agar xaritada ikki shahar orasidagi masofa 12,6 sm bo‘lsa, ular orasidagi masofa aslida necha kilometr? A)126000 B)126 C)1260 D)12600
160. Chizmaning masshtabi 1:500. Chizmada bo‘yi 80 sm, eni esa 60 sm bo’lgan to’g‘ri to‘rtburchak shaklidagi sport maydonining haqiqiy uzunliklari qancha bo‘ladi?
A)14 B)1400 C)2800 D)700
161. 1 : 200 masshtabli chizmada uyning bo`yi 40 sm.Uyning haqiqiy bo’yi qanchaga(m) teng? A)40 B)20 C)80 D)160
162. to’g‘ri to’rtbuchak shaklidagi yer maydonining tarhi tasvirlangan.Zarur o‘lchashlarni bajarib, yer maydonining yuzini toping. A) 1000 B) 32 C)320 D)0.32
163. Xaritaning masshtabi 1:10 000 000. Agar yerdagi masofa 100 km bo‘lsa, xaritadagi kesmaning uzunligi qancha bo‘ladi?(m)
A)1 B) 0.1 C)0.01 D)10
164. 1:500 000 masshtabli xaritada ikki qishloq orasidagi ma- sofa 24 sm ga teng. Bu masofa 1 : 200 000 masshtabli xaritada qancha bo’lishini toping.(sm)
A)5 B)60 C)0.5 D)0.05
165. Bug‘doy sepish m e’yori 1 gektarga 0,24 tonnani tashkil qiladi. 1 : 10 000 masshtabli tarhda bo’yi 12 sm va eni 10 sm bo’lgan to’g‘ri to’rtburchak shaklidagi maydonga sepish uchun qancha bug‘doy kerak bo‘ladi?(tonna) A)24 B)28,8 C)12 D)36
166. Zig‘ir urug‘i sepish m e’yori 1 gektarga 0,5 sr ga teng. Tarhda uzunligi 40 sm, eni 30 sm bo‘lgan to’g‘ri to’rtburchak shaklidagi maydonga sepish uchun qancha zig‘ir urug‘i kerak bo’ladi? Masshtab 1 : 10 000.
A)300 B)600 C)1200 D)2400
167. 1 : 3 masshtabda bajarilgan chizmada to’g‘ri to’rtburchakning bo’yi 24 sm, eni esa 19,2 sm ga teng. Xuddi shu to’g‘ri to’rtburchakning 1:12 masshtabdagi chizmadagi bo‘yi va enining uzunligi qancha bo‘ladi? A)6 va 7.5 B)3 va 4.5
C)7.5 va 6 D) 6va 4,8
168. Afrika qo‘riqxonalarida dunyodagi eng baland jirafalarni uchratish mumkin. U lar­ning bo’yi 12 m gacha yetadi. rasmdagi jirafaning bo’yi 4 sm ga teng. Jirafa rasmda necha marta kichraytirilgan? A)100 B)200 C)300 D)400
169. Xaritaning masshtabi 1 :1 500 000. Xaritada 25.6 sm li kesma ko‘rinishida tasvirlangan haqiqiy masofani mototsiklchi 2 soat-u 40 minutda bosib o‘tdi. Uning tezligi qanday bo‘lgan?(km/h) A)72 B)144 C)288 D)70
170. Sport zalining tarhi tomonlari 50 sm va 30 sm bo‘lgan to’g‘ri to’rtburchak shaklida. Agar tarhning masshtabi 1:120 bo‘lsa, zalning o‘lchamlari (bo‘yi va eni)ni aniqlang.
A)48 va 36 B)24 va 48
C) 72 va 48 D) 36 va 60
171. Ikki shahar orasidagi masofa 500 km. Xaritada bu masofa 25 sm bo’lsa, xarita qanday masshtabda chizilgan?
A)1:5000 B) 1;50000 C)1:5000000 D)1:5
172. Bog‘ to’g‘ri to’rtburchak shaklida bo’lib, uning chizmadagi bo‘yi 30 sm, eni 40 sm. Chizma 1 : 1 000 masshtabda bajarilgan bo’lsa, bog‘ning aslidagi perimetrini toping.
A)180 B)1400 C)900 D)450
172. 60 km masofaga chizmada 30 sm to’g‘ri keladi. Masshtabi. A)1:100000 B)1:20000
C)1:2000 D)1:200000
173. Hasharot rasmda 6 sm qilib ko‘rsatilgan. Uning haqiqiy kattaligi 0,5 sm. Hasharot rasmda necha marta kattalashtirilgan?
A)12 B)13 C)14 D)15
174. Yuzi 5 ga bo’lgan maydonning tomonlari 25 sm va 20 sm bo’lgan to’g‘ri to’rtburchak shaklidagi tarhini chizish uchun qanday masshtab kerak? A)1:1000000 B)1:100000 C)1:10000 D)1:1000
175. Xonaning tarhi tomonlari 5 sm va 3 sm bo‘lgan to’g‘ri to’rtburchak ko‘rinishiga ega. Agar tarhning masshtabi 1: 600 bo‘lsa, xonaning bo’yi va enini aniqlang.
A) a=6 b=30 B) a=60 b=20
C) a=30 b=18 D) a=6 b=18
176. Tarhning masshtabi 1 : 4000. Agar yerdagi masofa 20 m bo‘lsa, ularga tarhda to’g‘ri keluvchi kesmalarning uzunliklari qanday bo‘ladi? (sm) A)2 B) 8 C)0.5 D)1
177. Tegirmonda tortilganda bug‘doydan 60 %, arpadan esa 70 % un chiqadi. 6 sr bug‘doy va 5 sr arpa tegirmonda tortildi. Qaysi dondan kamroq un chiqqan?
A)arpa B)bugdoy C)teng D) hech biridan
178. Poyezdning tezligi 60 km/soat. Masshtabi 1:1 000 000 bo‘lgan xaritada 60 sm li kesma sifatida tasvirlangan haqiqiy masofani shu poyezd necha soatda bosib o‘tadi? A)3 B)4 C)5 D10
179. Avtomobilning tezligi 80 km/soat. Masshtabi 1:1 000 000 bo‘lgan xaritada 12 sm li kesma sifatida tasvirlangan haqiqiy masofani avtomobil necha soatda bosib o’tadi? A)4 B)3 C)2 D)1,5

1 80. kvadrat ko‘rinishidagi yer maydonining tarhi tasvirlangan.Zarur o’lchashni bajarib, yer maydonining haqiqiy perimetri va yuzini toping.


A)P=160 S=160m2 B) P=80 S=6400m2
C) P=80 S=1600m2 D) P=400 S=10000
181. Sirdaryoning uzunligi 4237 km ga teng. U ni yuzlar xonasigacha yaxlitlang. Agar xaritaning masshtabi 1:5000 000 bo’lsa, daryoning xaritadagi uzunligi taxminan qanchaga teng? A)80 B)168 C)84 D)42
182. Toshkent teleminorasining suratdagi balandligi 15 sm ni tashkil qiladi. Teleminoraning asl balandligi 375 m. Teleminora suratda necha marta kichiklashtirib tasvirlangan?
A)2500 B)25000 C)250 D)25
183. Toshkent va Termiz shaharlari orasidagi masofa 700 km. Bu masofa xaritada 70 sm ga to‘g‘ri keladi. Xaritaning masshtabini toping.
A) 1:10 000 000 B) 1:1 000 000
C) 1:100000 D) 1:10000
184. Yuzi 20 gektar bo’lgan ekin m aydonining o‘lchamlari 50 sm va 40 sm li to’g ‘ri to‘rtburchak shaklidagi tarhini chizish uchun masshtabni qanday tanlash kerak?
A)1:1000 B)1:100 C)1:200 D)1:10000
185. Nisbatlardan qaysi biri 6 km ning 800 m ga nisbatini ifodalaydi?
A) 400:3; B) 3:400; C) 2:15; D) 15 : 2;
186. Qaysi nisbatlar proporsiya tashkil qiladi?
1) 26:5,2 va 39:7,8; 3) 10,5:3 va 31,5:9;
2) 7,5:2,5 va 2,5:1,5; 4) 1:2 va 1,6:3,5.
A) 1; 3; B) 1; 2; C) 3; 4; D) 2; 4.
187. Proporsiyaning noma’lum hadini toping:
22,5 : x = 45:6.
A) 2,5; B) 6; C) 3; D) 4,5.
188. Piyoda soatiga 4 km tezlik bilan ketmoqda. Shunday tezlik bilan u 2 soat-u 45 minutda necha kilometr yo‘l bosadi?
A) 9,4 km; B) 8,6 km;
C) 10 km; D) 11 km.
189. Mashina soatiga 72 km tezlik bilan 3 soat 20 minut yurdi. U shu masofani 2 soat-u 40 minutda o‘tishi uchun qanday tezlik bilan yurishi kerak?
A) 96 km/soat; C) 90 km/soat;
B) 85 km/soat; D) 100 km/soat.
190. Ikki shahar orasidagi masofa 480 km. Xaritaning masshtabi 1 : 1 000 000. Xaritada bu shaharlar orasidagi masofa qancha bo‘ladi? A) 4,8 sm; B) 24 sm;
C) 96 sm; D) 48 sm;
191. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bog‘ning 1:200 masshtabli chizmadagi o‘lchamlari 50 sm va 60 sm ga teng. Bog‘ning yuzini toping. A) 1,2 ga; B) 0,6 ga; C) 6 ga; D) 1 ga.
192. To‘g‘ ri to‘rtburchakning yuzi 33 ga, perimetri esa 28 sm ga teng. Shu to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlarini toping.(sm)
A) 3,11 B) 14,2 C) 4,7 D) 4,11
193. Sayyohlar guruhidagi erkaklar sonining ayollar soniga nisbati 3:4 kabi. Quyida keltirilgan sonlardan qaysi biri guruhdagi sayyohlar soniga teng bo‘la olmaydi?
A) 28 B) 21 C) 23 D) 35.
194. Kunduzi havo temperaturasi +12 °C bo‘ldi. Kechasi temperatura 15 °C ga pasayib, ertalab 6 °C ga ko‘tarildi. Ertalab havo temperaturasi qancha bo‘ldi?
A)3 B)21 C)7 D)33
195. Ko‘cha temperaturasi -7 °C, uy temperaturasi esa +26 °C. Uy temperaturasi ko‘cha temperaturasidan necha gradus farq qiladi? A)21 B)33 C)-33 D)19
196. ko‘paytma nechta nol bilan tugaydi? A)18 B)19 C)20 D)21
197. Koordinata to‘g‘ri chizig‘ida sanoq boshi O nuqtadan: A(6); B(-7); nuqtagacha bo‘lgan masofani toping.
A)-1 B)13 C)-13 D)1
198. Tenglamani yeching =0
A)5 B)6 C)7 D)8
199. Eng kichik: ikki xonali; besh xonali butun sonni yozing.
A)99;99999 B)-10;-99999
C)-99;-99999 D)-99;-10000
200. Quyidagi sonlarni: a) o‘sib borish tartibida joylashtiring:
1) -4; 10; -5; 3; -7; -10;
A)10;-10;-7;-5;-4; 3 B)3;-4;-5;-7;10;-10
C)-10;-7;-4;-5;3;10 D)-10;-7;-5;-4;3;10
201. Ifodaga qarama-qarshi sonni toping:
(28 - 3,5): 1,4 + 7,2 • 2
A) -32,5; B) 17,5; C) -15; D) mavjud emas.
202. Koordinata o‘qida - 2/3 son qaysi butun sonlar orasida joylashgan?
A) 0 va 1; B) -0,9 va 0;
C) -1 va 0; D) -2 va -1.
203. Berilgan -2,3 sonining moduli nimaga teng? A) -2,3; B) 2,3; C) -13; D) 13.
204. Ifodaning qiymatini toping:
|-81| +|-19| - 50.
A) 40; B) 150; C) -150; D) 50.
205. Ushbu 4; -1; - 4 va 1 sonlaridan qaysi biri koordinata to‘g‘ri chizig‘ida boshqalariga nisbatan o‘ngroqda joylashgan?
A) 4; B) -1: C) -4; D) 1.
206.Ifodaning qiymatini toping:
|-2,8|+|-1,4|+|-3,6|
A) 5; B) -5; C) 1,4; D) 7,8.
207. |x| = 3 tenglik o‘rinli bo‘ladigan x ning barcha qiymatlarini toping: A) 3 va -3; B) -3;
C) 3; D) bunday qiymatlar yo‘q.
208. Tenglamani yeching |x| - 4 = 0
A) 4 B) -4 C) -4,5 D) +4
209. Ifodaning qiymatini toping:
(-4,5) + ((-7) + 7)
A) -18,5 B) -4,5 C) 0 D) 4
210. Koordinata o‘qida C nuqtaga a + 7, D nuqtaga esa a + (-1) son mos keladi. CD kesmaning o‘rtasiga qaysi son mos keladi?
A) a+3 B) 3 C) 2a+6 D) -3
211. Qaysi holda -0,01; 0,001 va -0,101 sonlari o‘sib borish tartibida joylashtirilgan?
A) -0,01; -0,101; 0,001;
B) 0,001; -0,101; -0,01;
C) -0,101; -0,01; 0,001;
D) 0,001; -0,01; -0,101.
212. Bekatda avtobusdan 8 kishi tushdi va unga 5 kishi chiqdi. Avtobusdagi yo‘lovchilar soni qanchaga o‘zgardi?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 13
213. Ifodaning qiymatini toping?
(-3,7) + ((- 6 ) + 6 )
A) -3,7 B) – 15,7 C) 8,3; D) 9,3
214. -3 soni - 8 ga o‘zgardi. Hosil bo‘lgan son hisob boshidan qaysi tomonda bo‘ladi? Hisob boshidan hosil bo‘lgan songacha bo‘lgan masofa nechaga teng?
A)chapda:4 B)chapda: 5
C)o’ng:11 D)chapda:11
215. Qish kunlarining birida tunning birinchi yarmida temperatura - 8 °C ga, ikkinchi yarmida esa - 6 °C ga o‘zgardi. Shu tunda temperatura necha gradusga o‘zgargan?
A) -2 B) 2 C) -14 D) 14
216. Ifodaning qiymatini toping
(-92 + (- 8 )) + (-2 + (- 8 ))
A) -100 B) 100 C) 110 D) - 110
217. Agar: a = -34, b = 17, c = -16; bo‘lsa, a+b+c ifodaning son qiymatini toping.
A) -23 B) -33 C) 67 D) -35
218. Bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini hisoblang:
- 3+ (-3)+ (-3) +(-3)+ (-3) +(-3) + (-3) + (-3) + (-3) +(-3)
A) -24 B) -37 C) -30 D) -33
219. Yig‘indini hisoblang:
-1 + 2 + (-3) + 4 + (-5) + 6 + (-7) + 8+ (-9) + 10;
A) 5 B) -5 C) -45 D) 55
220. Boboning bir qadami uzunligi 60 sm ga teng. Nabiraning bir qadami bobosi qadamining 2/3 qismiga teng. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bog‘ning enini bobo 150 qadamda, bo‘yini nabirasi 175 qadamda o‘tadi.Bog‘ning perimetrini toping.
A)6300 B) 320 C) 620 D) 720
221. Qulay usul bilan hisoblang
-2,1 + (-0,4) + (-7,9) + (-4,6)
A) 1 5 B) 16 C) -16 D)-15
222. Havo temperaturasi ertalab +4 °C bo‘lib, kun davomida 6 °C ga pasaydi. Kechga borib havo temperaturasi necha gradus bo‘lgan?
A) -2 B) 10 C) 2 D)-10
223. Amallarni bajaring: -9 + (-28) - (-27)
A) -2 B) 10 C) 2 D) 10
224. Tenglamani yeching: -5 + x = -30
A) -23 B) -35 C) - 25 D)25
225. Yig‘indini toping:
(-51 + 40) + (-78 + 47).
A) 42 B) -42 C) -11; D) -31
226. Yig‘indini toping
(200+(-206)) + (46+(-51))
A) -9; B) -11; C) -20; D) 20
227. Tenglamani yeching
(2- x) : (- 2,5) = (- 0,8) : 2
A) 4 B) 3 C) 10D) 20
228. Ushbu davriy o‘nli kasrni qisqa ko‘rinishda yozing 3,108108108...
A) 3,1(08) B) 3,(108) C) 3,10(8) D) 3,(5)
229. Yuzi: 3,24 sm2; teng bo‘lgan kvadratning perimetrini toping.
A) 7,2sm B) 3,6sm C) 4sm D) 2sm
230. Ko‘paytirishni bajaring: (-25) • 3 • 4.
A) 75; B) 100; C) -100; D) -300.
231. Hisoblang:
(-3 )3 :(-3)2+ (-2)3 : (-1)4 - (-1 )8 : (-1 )7.
A) 10; B) -10; C) -11; D) 12.
232. Amallarni bajaring:
(-12) ٠5+(-54) :3 - (-84 :(14)
A) -84; B) -78; C) 90; D) -24
233. Qavslarni oching
—2(a - 3b + 6)
A)-2a+6b-12 B) -2a-6b-12
C) 2a+6b+12 D) -2a+6b+12
234. Qavslarni oching va hisoblang:
(219 + 511)- (—89 + 219)
A)200 B)400 C)600 D)800
235. Qavslarni ochib, ifodaning qiymatini hisoblang:
(20 — (—6)) — (15 — (—12))
A)0 B)1 C)-1 D)2
236. Qulay usul bilan hisoblang:
18 • 52 — 18 • 37 — 18 • 13
A)18 B)36 C)72 D)9
237. Tenglamani yeching
—6,7x + (—3,5 — 3,3x) = 6,5
A)0 B)1 C)-1 D)2
238. ulay usul bilan hisoblang:
25 • 69 — 25 • 37 — 25 • 12
A)125 B)500 C)1000 D)250
239. Ifodani soddalashtiring va uning koeffitsiyentini toping:
1,3x - 4,2x + 5,3x
A)2,4x B)1,2 C)2,4 D)4,8
240. Ifodaning son qiymatini toping:
-0 ,2a, bunda: a = -0,08;
A)0,16 B)0,016 C)16 D)1,6
241. Poyezdning tezligi 60 km/soat. Uning t soatda o’tgan masofasini toping. U t= 2/3 soatda qancha yo‘l bosadi?
A)10 B)20 C)30 D)40
242. Avval qavslarni ochib, so‘ngra hisoblang
(325 + 219) — (125 + 119)
A)300 B)200 C)100 D)400
243. Ifodani soddalashtiring va koeffitsiyentini ajratib ko‘rsating:
—1,6xy • (—0,5)
A)0,6 B)0,5 C)0,4 D)0,8
244. Qavslarni oching va o’xshash hadlarni ixchamlang:
—(—7a + 5) — 4,5a + 2,8;
A)2,5a-2,2 B)2,5a-1,2 C)10,5a-2,2 D)1,5a-1,2
245. Tenglamani yeching
5(x — 1) + 7 = 3(x + 1 ) + 1
A)1 B)2 C)3 D)4
246. Tenglamani yeching
—9 • (2x — 7) + 17 • (x — 1) = 0
A)44 B)46 C)48 D)50
247. Ikkita ketma-ket kelgan natural sonlar yig‘indisi 821 ga teng. Shu sonlarning kichigini toping
A)411 B)409 C)410 D)212
248. Berilgan 1; 2; —1; 3; 0,5 sonlaridan qaysi biri ushbu tenglamaning ildizi bo’ladi:
4(2x + 3) = 7(x + 2)?
A)1 B)2 C)3 D)4
249. To‘g‘ ri to’rtburchakning qo‘shni tomonlari yig‘indisi 26 sm ga teng. Bo‘yi enidan 1,6 marta ortiq. Shu to’g‘ri to’rtburchakning bo’yi va enini toping.
A)16:10 B)13:13 C)10:16 D)8:18
250. U chta shkafda jami 253 ta kitob bor. Birinchi shkafda ikkinchisiga qaraganda 11 ta ortiq, uchinchisiga qaraganda 6 ta kam kitob bor. birinchi shkafda nechtadan kitob borligini toping A)75 B)92 C)70 D)86
251. Ikkita ketma-ket kelgan toq sonlar yig‘indisi 452 ga teng. Shu sonlarning kichigini toping. A)113 B)225 C)227 D)226
252. Uchburchakning perimetri 80 sm. Uning bir tomoni ikkinchisidan 4 sm uzun, uchinchisidan 3 sm qisqa. Shu uchburchakning katta tomonini uzunlikini toping? A)23 B)27 C)30 D)31
253. To‘g‘ ri to’rtburchakning perimetri 28 sm ga teng. Bo‘yi enidan 1,8 marta uzun. Shu to’g‘ri to‘rtburchakning yuzini toping.
A)18 B)180 C)45 D)360
254. Tenglamani yeching
(5 - 3x) - (7 - 2x) = - 3 - 2x;
A)3 B)6 C)-1 D)2,5
255. Biror natural son o’ylandi. Agar unga 5 qo‘shilsa va yig‘indi 4 ga bo’linsa, 0 chiqadi. Qanday son o‘ylangan?
A)1 B)-1 C)-5 D)-4
256. Ikki sonning ayirmasi 7 ga teng. Ularning biri ikkinchisidan 7 marta katta. Shu sonlarni kattasini toping. A)49/6 B)1 C)-1 D)7/6
257. Muyassar bir son o’yladi. U ni 5 ga ko‘paytirib, 4 ga bo‘ldi. Natijadan 10 ni ayirdi. Hosil bo’lgan sonning 30 % ini3 ga bo‘lgan edi, 8 chiqdi. Muyassar o‘ylagan sonni toping. A)70 B)72 C)90 D)18
258. U chta shkafda jami 328 ta kitob bor. Birinchi shkafda ikkinchisiga qaraganda 17 ta kam, ammo uchinchisiga qaraganda 10 ta ko‘p kitob bor. birinchi shkafda nechtadan kitob bor? A)124 B)97 C)87 D)107
259. Tenglamani yeching
2,5(4 - 2x) - 5(1 - 3x) = 5
A)0 B)1 C)-1 D)2
260. Agar nom a’lum natural sonni 3 ga ko‘paytmasidan 5 ayirilsa va ayirma 8 ga bo’linsa, so‘ngra chiqqan bo’linmaga 23 qo‘shilsa hamda yig‘indi 2 ga ko‘paytirilsa, 56 hosil bo‘ladi. Noma’lum sonni toping.
A)7 B)8 C)9 D)10
261. Men bir son o‘yladim. Agar undan 42 ni ayirib, ayirmani 12 ga ko‘paytirsam, 1 080 hosil b o‘ldi. Men o’ylagan sonni toping.
A)122 B)112 C)142 D)132
262. Uchburchakning perimetri 62 sm. Uning bir tomoni ikkinchisidan 5 sm uzun, uchinchisidan 4 sm qisqa. Shu uchburchakning kata tomonini uzunliklarini toping. A)16 B)62 C)25 D)21
263. (Al-Xorazmiy masalasi.) Sondan uning uchdan biri va to’rtdan biri ayirilsa, 15 qoladi. Sonning o’zini toping.
A)18 B)36 C)72 D)144
264. —8,4 — 7,5x = 12,5x + 11,6
A)1 B)-2 C)-1 D)0
265. Agar nom a’lum natural sonni 3 ga bo’lishdan chiqqan bo‘linmaga 5 qo‘shilsa, so‘ngra yig‘indi 4 ga ko‘paytirilsa, hosil bo’lgan ko‘paytmadan 29 ayirilsa va ayirma 5 ga bo‘linsa, 3 hosil bo’ladi. N om a’lum sonni toping. A)18 B)12 C)6 D)32
266. N om a’lum son 8 ga bo’linib, bo’linmaga 450 qo‘shilganda yig‘indida 500 chiqdi. Noma’lum sonni toping.
A)200 B)100 C)300 D)400
267. Biror natural son o‘ylandi. U son 4 ga bo‘linsa va bo’lin- maga 6 qo‘shilsa, 24 hosil bo‘ladi. Qanday son o‘ylangan?
A)70 B)72 C)86 D)96
268. Tenglamani yeching:
3(x + 1) = 5(x + 1) + 4.
A) 2 ; B) —3; C) 1; D) —1.
269. Tenglamani yeching:
—2x + 3 = 3x + 8.
A) 1; B) —1; C) 0; D) 2.
270. Ikki sonning yig‘indisi 140 ga teng. Birinchi sonning 8 % i ikkinchi sonning 6 % iga teng. Shu sonlarni toping.
A) 60; 80; B) 75; 65; C) 50; 90; D) 70; 70
271. U chta ketma-ket kelgan butun sonlar yig‘indisi —3 ga teng. Shu sonlarni toping.
A) -3, 0, 3; B) -2, -1, 0;
C) -1, 1, 2; D) 10, -1, 2.
272. Sonlar qatorining o’rta arifmetigi toping:
5,9; 6,1; 4,85; 5,3; 4,9; 5,35.
A)5,4 B)4,4 C)5,5 D)5,6
273. Sonlar qatorining modasini toping:
3,5; 2,6; 3,5; 1,3; 2,6; 3,5; 1,2
A)2,6 B)1,2 C)1,3 D)3,5
274. Sonlarning o’zgarish kengligini hisoblang,
32,3; 27,1; 45; 27,1; 43,6; 32,3.
A)18,9 B)17,9 C)16,5 D)0
275. Futbol jamoasi ishqibozlari soni 1- o‘yinda 18 000 nafar,2- o‘yinda 15 200 nafar, 3- o‘yinda 16 900 nafar va 4- o‘yinda 17 500 nafar bo’ldi. Futbol jamoasi ishqibozlari sonining o‘zgarish kengligini toping
A)2800 B)1600 C)10000 D)18000
276. Tog‘dagi ko‘lga 4 ta yo‘l olib boradi. Ko‘lga necha xil usulda borish va kelish mumkin? A)4 B)24 C)12 D)16
277. Nodira, Mubinabonu, A’zamxon va Otabek o‘zlaridagi yashil, ko‘k, qizil va sariq sharlarni bir-birlariga berishmoqchi. Buni necha xil usulda bajarsa bo‘ladi?
A)4 B)24 C)36 D)72
278. 4 nafar o’quvchidan 2 nafarini «Bilimlar bellashuvi»da qatnashish uchun tanlab olishmoqchi. Buni necha xil usulda bajarish mumkin? A)6 B)4 C)2 D)8
279. Samandar uyidan maktabgacha avtobus, metro yoki yengil mashinada borishi mumkin. U maktabdan chiqib buvisinikaga bormoqchi. Maktabdan Samandarning buvi- sinikiga avtobus va yengil mashinada borsa bo’ladi. Sa­mandar avval maktabga, so‘ngra u yerdan buvisinikiga necha xil yo‘l bilan borishi mumkin? A)1 B)3 C)4 D)6
280. 3, 6, 7, 9 raqamlaridan ularni takrorlamasdan mumkin bo‘lgan barcha to’rt xonali sonlarni tuzing. Bu sonlar orasida nechtasi: 4 ga bo’linadi?
A) 6 B) 24 C) 1 D) 256
281. Nozimaxonda Alisher Navoiyning 5 ta asari bor. Nozimaxon ularni kitob javoniga terib qo‘ymoqchi. Buning necha xil usuli bor? A) 1 B) 32 C) 120 D) 125
282. Tekislikda hech qaysi uchtasi bitta to’g‘ri chiziqda yotmaydigan 4 ta; nuqtaning har birini har biri bilan tutashtiruvchi nechta to’g‘ri chiziq bor? A) 9 B) 8 C) 7 D) 6
283. Telefon stansiyasi mijozlarining uy telefon raqamlari 7 xonali sonlardan iborat va 224 sonidan boshlanadi. Shu stansiya nechta mijozga xizmat ko‘rsatishi mumkin?
A) 210 B) C) 10 D)
284. To‘g‘ri chiziqda 5 ta turli nuqtalar olindi. Uchlari berilgan nuqtalardan iborat nechta turli xil kesma hosil bo‘ladi?
A) 7 B) 8 C) 9 D) 10
285. 2 ta bo’sh joy bor. 3 nafar kishidan 2 nafarini shu joyga necha xil usulda o‘tqazish mumkin? A) 3 B) 4 C) 8 D) 16

286. Matematika xonasidagi rasmlarda tasvirlangan uchburchak va to’rtburchaklarning soni 15 ta. Ularning tom onlari soni 53 ta. Rasmlarda nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak chizilgan?


A) 5,10 B) 8,7 C) 7,8 D) 10,5
287. Ko‘chadagi uylar 1 dan 60 gacha nomerlangan. Shu uylar nomerlarida 5 raqami necha marta ishtirok etgan?
A) 14 B) 16 C) 5 D) 10
288. 3 ta turli xatni 3 ta turli konvertga necha xil usulda joylashtirish mumkin?
A) 256 B) 6 C) 9 D) 3
289. Uchburchakning bir burchagi 100° ga, qolgan ikkita burchagi esa o‘zaro teng. Shu burchaklarni toping. A) ; B)
C) D)
290. Uchburchakning bir burchagi 40° ga teng. Ikkinchi burchagi esa undan 2,5 marta katta. Shu uchburchakning uchinchi burchagini toping. Bu uchburchak qanday uchburchak bo‘ladi?
A) B) C) D)
291. Teng tomonli uchburchakning tomoni uzunligi 6,6 sm ga teng. Uning perimetrini toping. A) 16,25 B)19,8 C) 4,56 D)3,3
292. Uchburchakning bir tomoni 8,9 sm ga teng. U ndan ikkinchi tomoni 1,8 sm qisqa, uchinchi tomoni esa 3,6 sm uzun. Shu uchburchakning perimetrini toping.
A) 27,25 B)28,5 C) 17,5 D)37,5
293. Teng yonli uchburchakning asosi 14,6 sm ga, yon tomoni esa 16,4 sm ga teng. Uning perimetrini toping.
A) 47,4 B)37,4 C) 45,6 D)45,8
294. Uchburchakning bir burchagi 72° ga teng. Ikkinchi burchagi esa undan 2 marta kichik. Shu uchburchakning burchaklarini toping. Bu uchburchak qanday uchburchak bo‘ladi? A) B)
D) teng tomonli
295. Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi 52° ga teng. Asosidagi burchaklarini toping. A) B) C)64 D)
296. Teng tomonli uchburchakning perimetri 65,7sm ga teng. Uning tomonlari uzunligini toping. A) 42,9 B)21,9 C) 11,8 D)20,8
297. Teng tomonli uchburchakning tomoni uzunligi 14,3 sm ga teng. Uning perimetrini toping. A)43 B)42,9 C) 41,6 D)42,6
298. Teng yonli uchburchakning asosi 74,7 sm ga teng. Yon tomoni asosidan 1 marta kichik. Shu uchburchakning perimetrini toping. A)191,9 B)189,9 C) 190,9 D)180,9
299. Uchburchakning bir burchagi ikkinchisidan 50° ga kam, ikkinchi burchagi esa uchinchisidan 40° ga ortiq. Shu uchburchakning kichik burchagini toping. Bu qanday uchburchak bo‘ladi.
A) B)
D)
300. Uchburchakning perimetri 41,5 sm ga teng. Uning bir tomoni ikkinchisidan 3,8 sm uzun, uchinchisidan esa 2,4 sm qisqa. Shu uchburchakning kichik tomonini toping.
A)7,2 B)8,2 C) 12 D1,5
301. Asosi 5,2 sm, balandligi 4,5 sm bo’lgan uchburchak chizing. Uning yuzini hisoblang. Endi berilgan kattaliklarni ikki baravar orttiring, asosi 10,4 sm va balandligi 9 sm bo‘lgan uchburchakning ham yuzini hisoblang. A)11,746,8 B)46,8:11,7
C) 23,4:93,6 D)14,4:88,5
302. Uchburchak bir burchagining gradus o’lchovi ikkinchi burchaknikidan 2 marta katta, uchinchi burchakniki esa birin-chi burchaknikidan 1,5 marta katta. Shu uchburchakning katta burchakini toping.
A) 40 B) 80 C) 90 D) 100
303. To‘g‘ ri burchakli uchburchakning katetlari: 24 sm va 16 sm; bo‘lsa, uning yuzini toping. A) 192 B)182 C) 172 D) 202
304. Uchburchak tomonlari uzunliklari 3, 4, 5 sonlariga proporsional, perimetri esa 108 sm ga teng. Uchburchak katta tomon uzunliklarini toping.
A) 27 B)36 C) 108 D) 45
305. Teng yonli uchburchakning asosi 2,4 dm ga teng. Uning yon tomoni asosining 2/3 qismiga teng. Shu uchburchakning perimetrini toping.(dm)
A)5,6 B)3,6 C) 56 D)11,2
306. Tenglamani yeching:
2x + 5,3 = 4x — 5,5
A)10,8 B)2,7 C) 1,8 D)5,4
307. Uchburchakning asosi 24 sm ga teng, balandligi asosidan 1,2 marta kichik.Shu uchburchakning yuzini toping(sm)
A)120 B)240 C) 360 D)480
308. Uchburchakning balandligi 24 sm, asosi esa balandligidan 1,5 marta katta. Shu uchburchakning yuzini toping.(sm)
A)332 B)432 C) 248 D)346
309. Tenglamani yeching:
4x — 1,6 = 6 x — 7,6
A)1 B)2 C) 3 D)4
310. Uchburchakning bir burchagi ikkinchisidan 35° ortiq, uchinchisidan esa 11° kam. Shu uchburchakning burchak­larini toping. A)68 B)79 C) 38 D)49
311. Tenglamani yeching:
4,7x — 1,8 = 3,2 + 2,2x
A)1 B)2 C) 3 D)4
3 12. rasmda tasvirlangan teng yonli
uchburchakning yuzin toping. Bunda

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish