Debet Schot Kredit O‘z navbatida, schotlar sintetik va analitik schotlargabo‘linadi. Sintetik schotlarda mablag‘larning harakati faqat pul o‘lchov birliklarida ko‘rsatilsa, analitik schotlarda mablag‘ning nomi, o‘lchov birligi, miqdori va summasi ko‘rsatiladi.
8- O‘zbekiston Respublikasida milliy buxgalteriya standartlari O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi bilan xalqning asrlar davomidagi orzusi amalga oshdi. O‘tgan qisqa vaqtda Mustaqil O‘zbekiston har tomonlama iqtisodiy islohotlarni ishlab chiqish, uni hayotga tatbiq qilish bilan dunyo davlatlari o‘rtasida o‘z iqtisodiy-sotsial tamoyillari bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bevosita Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil asosida olib borilmoqda. Iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish har bir sohada bozor iqtisodiyoti talablari asosida faoliyat ko‘rsatishni, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni talab qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni bevosita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, mulkka bo‘lgan munosabat-ning o‘zgarishi bilan bog‘liq holda olib borildi, axborot tizimiga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Axborotlar yig‘ish, ularni qayta ishlash, mavjud Tovar va moddiy qiymatlar to‘liqligini ta’minlashda, mablag‘lar harakatini tartibga solishda buxgalteriya hisobi alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‘tish buxgalteriya hisobida tegishli o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar respublika miqyosida buxgalteriya hisobi holatining milliy standartlarini ishlab chiqishni talab qildi. Bu talabni bajarish uchun respublikamizda „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ Qonun, „Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi haqida“ Nizom, „Auditorlik faoliyati to‘g‘risida“ Qonun, „Buxgalteriya hisobi schotlari rejasi“ qabul qilindi. Demak, mustaqillik sharofati bilan mustaqil yurtning mustaqil jahon andozalari talablariga javob bera oladigan Mustaqillik buxgalteriyasi shakllandi. Endigi vazifa xalqaro standartlarga mos holatda faoliyatni tashkil qilishdir. Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda 2010- yil 1-yanvar holatiga 23 ta buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHM S) qabul qilindi. BHMS № 0 „Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asoslar“ standartidir. Ushbu standartga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, ya’ni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organiga buxgalteriya hisobi milliy standartlarini takomillashtirish va ularni qayta ko‘rib chiqish vakolatini beradi. BHM S №1 „Hisob siyosati va moliyaviy hisobot“. Bu standart mulk shaklidan qat’i nazar (bank, budjet va sug‘urta tashkilotlari bundan mustasno) barcha xo‘jalik subyektlari o‘zining hisob siyosatini ishlab chiqish haqidadir. Hisob siyosati deb buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish uchun korxona rahbariyati tomonidan qo‘llaniladigan usullar yig‘indisiga aytiladi. Korxonada ishlab chiqilgan hisob siyosatiga o‘zgartirishlar faqatgina O‘zbekiston Respublikasida amaldagi Qonunlarga o‘zgartirishlar kiritilganda, hisob tizimida o‘zgarishlar olib borilganda yoki mulkdorlarning o‘zgartirilishi bilan amalga oshirilishi mumkin. BHM S №3 — bu „Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot“ standarti bo‘lib, unda faoliyatdan olingan daromad va zararlar moddalari ko‘rsatib beriladi. Standart mulk shaklidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashda qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan buxgalteriya hisobi milliy standartlarining 4- bandi „ Тovar va moddiy zaxiralari“ ga bag‘ishlangan. Unda tovar moddiy zaxiralarini baholash tartibi, xarajat turlari o‘z ifodasini topgan. Uzoq muddatli aktivlarning tarkibini hisobga olish turlari buxgalteriya hisobi milliy standartlarining 5, 7, 12- § larida yoritilgan. Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar kiradi.