1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


- Buxgalteriya balansi to‘g‘risida tushuncha



Download 89,22 Kb.
bet9/40
Sana23.05.2022
Hajmi89,22 Kb.
#607619
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
Bog'liq
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

9- Buxgalteriya balansi to‘g‘risida tushuncha
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish mulk samaradorligi bilan bog‘liqdir. Har bir mulk egasi o‘z faoliyati davomida korxona ichidagi va undan tashqarida bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarni olib boradi. Amalga oshirilgan har bir iqtisodiy munosabat mulk harakati bilan o‘lchanadi va tartibga solinadi. Mulk egasining o‘z mulkiga bo‘lgan munosabati, birinchi navbatda, uning to‘liqligini ta’minlash, mulkning joylanishi, tashkil topish manbalari bilan o‘lchanadi. Balans yordamida mulk va uning tashkil topish manbalari tahlil qilinib, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talab o‘rganiladi. Balans so‘zi muvozanat, ikki tomonning tengligi ma’nosini bildiradi. Lekin iqtisodiy tushuncha bilan balansga ta’rif berishda mablag‘lar harakati bilan mulkiy munosabatlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Korxona va tashkilotlarda xo‘jalik faoliyatini boshqarish korxona mablag‘larining holatiga, ulardan foydalanish darajasiga, mablag‘larning aylanish tezligiga bog‘liqdir. Iqtisodiy jihatdan olganda balansni xo‘jalik mablag‘larining joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha bir-biriga tengligini ta’minlaydi, deb aytish maqsadga muvofiqdir. Mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar ularning turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi schotlarida o‘z ifodasini topadi va har oyning oxirida har bir mablag‘ning oy davomidagi o‘zgarishi, oy oxiriga bo‘lgan qoldig‘i hisob-kitob qilinadi. Demak, buxgalteriya hisobi schotlari mablag‘ turlari bo‘yicha mulk egasiga yetarli ma’lumotlarni beradi. Lekin bu ma’lumotda mablag‘larning joylanishi ularning moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha taqsimlanganligini ko‘rsatib beradi, ammo ularning qaysi manbalar hisobiga tashkil qilinishi ham mulkdor uchun zarurdir. Korxona va tashkilotlar mulk shaklidan qat’i nazar tegishli faoliyat ko‘rsatish jarayonida turli manbalardan foydalanadilar va bu mablag‘lar holati ishlab chiqarish jarayonida bir turdan ikkinchi bir turga aylanadi. Buxgalteriya hisobida har bir mablag‘ning harakati uning turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi va hisobot davrining oxirida mablag‘lar holati bo‘yicha to‘liq ma’lumot olish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobida ifoda qilingan mablag‘lar harakati bo‘yicha mablag‘larning joylanishi va tashkil topish ma’lumotlarini umumlashtirish maqsadida balans tuziladi. Balans yordamida, birinchidan, korxona va tashkilotning o‘ziga taalluqli mablag‘lari, qarzga olingan mablag‘lari, vaqtinchalik foydalanishga olingan mablag‘lari to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin, ikkinchidan, balans mablag‘lar holatini nazorat qilish imkoniyatini bersa, uchinchidan mablag‘ turlarini o‘rganish uchun asos bo‘ladi. Korxona va tashkilot mablag‘larini joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha o‘rganishda balans alohida ahamiyatlidir. Buxgalteriya balansi yordamida korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy holatini baholash imkoniyati yaratiladi. Buxgalteriya balansini tuzish, undagi iqtisodiy ma’lumotlarni umumlashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi va tartibga solinadi. Buxgalteriya balansida korxona va tashkilotlarning mablag‘lari joylanishi va tashkil topish manbalari bo‘yicha tartibga solinadi.


Download 89,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish