1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


- Hujjatlar to‘g‘risida tushuncha, ularning turlari



Download 89,22 Kb.
bet26/40
Sana13.05.2023
Hajmi89,22 Kb.
#938239
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

26- Hujjatlar to‘g‘risida tushuncha, ularning turlari
Mulk shaklidan qat’i nazar korxona va tashkilotlar xo‘jalik faoliyati davomida o‘ziga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar harakatini kuzatib boradilar, shu bilan birga, tegishli mablag‘larga bo‘lgan talabni o‘zaro hisob-kitoblar yo‘li bilan amalga oshiradilar. Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning uzluksiz olib borilishidadir. Bu xususiyatni amalga oshirishda amalga oshirilgan yoki oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyasi birlamchi kuzatish jarayonidan o‘tkaziladi. Kuzatuv jarayonida korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganiladi. Тashkilotning to‘lov qobiliyati aniqlanadi va buning natijasida buxgalteriya hisobida ma’lumotlarni ifodalash uchun asos yaratiladi. Buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan har bir xo‘jalik operatsiyasi korxona mablag‘lari hisobiga o‘z ta’sirini o‘tkazib boradi, har bir mablag‘ning holatidagi o‘zgarish hujjatlar bilan asoslangandagina qonuniy deb hisoblanadi. Shuning uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilish bevosita hujjatlarga asoslanadi va buxgalteriya hisobi hujjatlar asosida tashkil qilingani uchun boshqa hisob turlaridan, shu jumladan, operativ va statistika hisobidan tubdan farq qiladi. Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyati va boshqa hisob turlaridan farqi amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalarining uzluksizligini ta’minlashdir. Bu vazifa bevosita hujjatlar yordamida amalga oshiriladi. Hujjatlar yordamida har bir xo‘jalik muomalasining qonuniyligi, buxgalteriya hisob schotlarida aks ettirish imkoniyati yaratiladi. Har bir buxgalteriya hisob schotlarida aks ettiriladigan xo‘jalik muomalasi hujjatlar bilan asoslangan bo‘lishi kerak, shundagina mablag‘lar harakatini to‘g‘ri hisob-kitob qilish imkoniyati yaratiladi. Demak, buxgalteriya hisobini yuritish hujjatlar asosi bo‘lib hisoblanadi. Hujjatlar bilan rasmiylashmagan xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish noqonuniy deb hisoblanadi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan „ Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ gi Qonunda belgilab qo‘yilgan (9-modda). Xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi uchun muomalalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich hisob hujjatlari va ularni o‘tkazishga doir farmoyishlari asos bo‘ladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilar:
— Korxona (muassasa)ning nomi.
Hujjat nomi va raqami, tuzilgan sana va joy.
— Xo‘jalik muomalasining nomi, mazmuni va miqdori o‘lchovi natura holida va pulda ifodalangan holda.
— Mas’ul shaxslarning shaxsiy imzolari.
„ Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularni o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda topshirilishida javobgardir“. „ Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ gi Qonunga asosan har bir buxgalteriya hisobi hujjatlari tegishli schotlarda o‘z ifodasini topishi kerak. Hujjatlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgandagina, ya’ni uning oldiga qo‘yilgan talablarga to‘liq rioya qilingandagina huquqiy jihatdan tan olinadi. Тo‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar yordamida korxona va tashkilotlarga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar harakatining holati aniqlanadi. Hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan xo‘jalik muomalalari yordamida korxona rahbari, mulk egasi o‘ziga taalluqli bo‘lgan mablag‘larning joylanishi va tashkil topishi ustidan to‘liq nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Hujjatlar yordamida moddiy javobgar shaxslarning ish faoliyati, ular zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning to‘liqligi nazorat qilinadi. Hujjatlar yordamida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilganligi ta’minlanadi.


Download 89,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish