1.2. Biznesda muvaffaqiyatga erishish shartlari
Mahsulot bozorga chiqishida quyidagi boshlang‘ich talablar qo‘yilishi kerak:
sifatli, qiziqarli potentsial foydalanuvchilarning mavjudligi,
o‘z vaqtida chiqarilishi,
xarajatlarning dastlabki byudjetga mos kelishi.
Ushbu talablarga javob berish uchun dasturlash qo‘shimcha faoliyatlar bilan o‘sib boradi:
talablarni ishlab chiqish,
rejalashtirish,
testlash,
konfiguratsiyani boshqarish,
loyiha boshqaruvi,
turli xil hujjatlarni yaratish.
2. Fanning maqsad va vazifalari;
Dasturiy ta’minot uchun talablar ishlab chiqish fanining maqsadi va vazifalari:
boshqaruv jarayonlari funksiyalarini amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan, dasturiy va texnik vositalar kompleksini o‘rganish;
dasturiy ta’minot uchun talablar ishlab chiqish bosqichlari va standartlari, dastur talablari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish uchun dasturlash tillari, dastur faoliyati va uni yaratish uchun operatsion tizim, dasturiy vosita va ilovalarni yaratish bosqichlari va ularni amaliyotga qo‘llash malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish;
talabalarni turli dasturiy maxsulotlarni loyihalash va ular uchun talablarni ishlab chiqish, masalalarini tahlil etishga, mustaqil fikrlashga, kelajakda o‘zlashtirgan bilimlarni ishlab chiqarishda va ilmiy-tadqiqot ishlarida qo‘llashni o‘rgatishdan iborat.
“Dasturiy ta’minot uchun talablar ishlab chiqish” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida.
Talaba:
dasturiy maxsulotlarni ishlab chiqishda ularga bo‘lgan va ularga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish shu bilan birgalikda dasturiy maxsulotlarga davlat tomonidan qo‘yilgan talablar va standartlarga mosligini o‘rganish;
dasturiy ta’minot tizimi va uning arxitekturasi;
ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot talablari tamoyillari kabi bilimlarga ega bo‘lishi;
Talaba:
dasturiy loyihalar bilan ishlash;
turli soxalarga daturiy ta’minot ishlab chiqishda ularning xujjatlari bilan ishlay olish;
dasturiy ta’minot uchun turli loyhalarni xisob kitobi va ularni amalga oshirish;
dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan turli vositalardan foydalana olish;
berilgan topshiriqlarni to‘g‘ri baholab yechim yo‘llarini axtarib topish ko‘nikma va malakalarini egallashi;
berilgan topshiriqlarni va loyihalarni to‘g‘ri baholab yechim yo‘llarini axtarib topish, belgilangan loyihaga dasturiy ta’minotni yaratish va shu bilan birgalikda dasturiy ta’minotga, tizimga, dastur ishlash muxitiga bo‘lgan talablarni ishlab chiqish, dasturiy ta’minot tuzilishini tushunish va tahlil qila olish, dasturiy ta’minotni belgilangan talablar asosida shakllantirish va uni ishlab chiqarish yoki boshqa talab qilingan faoliyat turlarida foydalanishga topshirish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |